2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmanshg rivojlanishi.
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyanipg mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari. qiyosiy
ustunlik nazariyasi.
4. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
5. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari.
1-§.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari
va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Hozirga davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri -
turli mamlakatlar va xo'jalik regionlari o'rtasidagi o'zaro bog'liklarning o'sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo'jaligida har bir o'zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida
mamlakatnipg eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro
monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o'ziga tortadi.
Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog'liqchik
obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday
rivojlangan bo'lishidan qat'iy nazar, jahon xo'jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to'la qonli
iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bo'lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har
xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm
dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo'jalik
tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin:
rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodida mavjud bo'lmagan
mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo'yicha ham o'z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam,
o'rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi
industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya
Arabistoni, Quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKBI), shu jumladan eng
kambag'al mamlakatlar (Chad, Bayengladesh, Efiopiya), har xil regional itifoqlar va internatsional
guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o'zaro iqtisodiy bog'liqlikning har xil jixatlari
orqali tortiladi. Hozirgi xo'jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynalminallashuvining
kuchayishi hamda fan-texnika revolutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya
vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o'z-o'zini ta'minlash orqali samarali
amal qilish mumkin emas.
Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlarga to'g'ri keladiki, bu davrda ishlab
chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi
migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan
guvoxlik beradiki, xo'jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya'ni u milliy chegaradan o'sib chiqadi va obyektiv
ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo'yadi.
Milliy xo'jaliklar va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo'jaligi
asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: