O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202
monetar yondoshuv 
deb ataladi. U pulning qadrsizlanish 
darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin 
kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondoshuvning 
kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investitsiya faoliyatining 
to'xtab qolishiga olib keladi. 
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy 
o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham 
berishga asoslangan yondoshuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul kredit siyosati tovar 
bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab 
olib boriladi. 
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondoshuvga 
ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, istiqbolga 
ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag'batlantirish, eng muhim 
bo'g'inlarni aniqlash (neft energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali 
iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondoshuvdir. 
Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki 
tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi. 
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat 
asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llab quvvatlash siyosati 
bilan birga qo'shib olib borilishi zarur. 
Ana shu yondoshuvlar negazida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari 
quyidagilardan iborat bo'ladi: 
• ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik; 
• boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay 
sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish; 
• davlat budjeti va korxonalar moliyaviy ahvolinin barqarorligini ta'minlash; 
• pulning qadrsizlanishini to'xtatish; 
• to'lov balansi va davlat valuta rezervlarining holatini yaxshilash 
• muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida ahol turmush darajasini yaxshilash. 
Budjet intizomiga rioya qilish va uning, kamomadini cheklash barqarorlashtirishning hal 
qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashtirishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini 
mustahkamlash, valuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi. 
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valutani mustahkamlash umummilliy vazifa 
hisoblanadi. Shu sababli milliy valutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin almashinuvini 
ta'minlash uchun respublikada bir qator dasturlarni amalga oshirish ko'zda tutiladi. 
Birinchidan, milliy valutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga erishish. 
Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida respublikada ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o'ringa ega bo'ladi. 
Ikkinchidan, yetarli barqaror valuta zahiralariga ega bo'lish. Bunga respublika eksport 
imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga 
aylantirish va ularning jahon bozoridagi mavqyeini oshirish orqali erishiladi. 
Uchinchidan, ishlab topilgan 
har 
bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan har bir 
so'mning foyda bilan qaytishiga erishish. Buning uchun qatyiy moliya-kredit siyosatini izchillik 
bilan o'gkazshp zarur. 
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflatsiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat o'tkazish. 
Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida 
pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. 
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish 
vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtisodiyotning 
tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta 
qurish, shuningdek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga 
solishpi talab qiladi. 
Respublikada bozor munosabatlariga o'tish jarayonida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy 


islohotlar demokratik, adolatli va fuqarolik jamiyatini barpo etitn vazifasiga bo'ysundiriladi. 
Davlatchilikdagi demokratizm qonunlarning qay darajada yaxshiligi, huquq va erkinliktar qanchalik 
keng berilgani, ijtimoiy kafolatlar kuchi bilan belgilanadi. Vatanparvarlik esa aholiga ijtimoiy 
yordam ko'rsatish va kishilarni ijtimoiy himoyalash mexanizmida o'z aksini topadi. 
Shunday qilib, Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotda yangi bozor 
munosabatlariga asos soladi, iqnisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon etshp uchun 
sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma'naviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlaydi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish