Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari
birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Davlat sarflari soliq tushumlari
hisobiga
amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatdagi soliqlarning o'sishini
taqazo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo'lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq
hajmining o'sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o'sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o'zgarmay qolgan
taqdirda ham, aholining o'sgan qismini ijtimoiy ne'matlar va hizmatlar bilan ta'minlash qo'shimcha
mablag'larni zarur qilib qo'yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush
darajasining ortishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi soniniig o'sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof
muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko'p miqdordagi moddiy ne'matlarni ishlab
chiqarish va iste'mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo'shimcha xarajatlarning
o'sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muxit muammosini hal qilishda asosiy rol (davlat
zimmasiga
tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan
ijtimoiy sugurtani rivojlantirish, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy ta'minot, tekin meditsina
yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat
mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta'minlash xarajatlari hajmining o'sishi.
Hozirgi davrda davlatning soliq siyosatini O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Ko'mitasi
va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to'lovlari soliq undirishning obyektlari,
soliq to'lash tarti6i, soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar, soliq to'lash bilan bog'liq ravishda kelib
chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O'zbekiston
Respublikasining soliq
to'g'risidagi Qonunlari bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyati soliq yordamida tartibga solish quyidaga umumiy prinsiplari asosida
amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo'lmagan holda soliq undirishning
majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning progressiv shakllari uchun
soliq normalarining rag'batlantiruvchi rolini ta'minlash;
- soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator prinsiplarga asoslanadi. 1.
Naflilik prinsipi xar xil
kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga
qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Soliq summasining (K) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq
stavkasi (K.) deyiladi yoki,
R
R= -------- 100%
D
2. To'lovga layoqatlilik prinsipi soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari
darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli
taqsimlanishini taqozo qilish zarur.
3. Adolatlilik prinsipi - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha
teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to'lashi zarur.
Soliq bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib
va sharoitlar asosida
o'rnatiladi. Soliq imtiyozlarning amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan:
- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini balgilash;
- soliq to'lashdan alohida shaxs yoki ma'lum guruxlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod
qilish;
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma'lum miqdorga
kamaytirish).
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o'rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o'sib
boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo'linadi.
1. Agar soliqning o'rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o'sib borsa, progressiv soliq
xisoblanadi.
2. Daromaddar o'sib borish bilan o'rgacha stavkasi pasayib
boruvchi soliqlar regressiv
soliqlar deyiladi.
3. Proporsional soliq o'rtacha soliq stavkasi daromad hajmita bog'liq bo'lmagan holda
o'zgarishsiz qolishini taqazo qiladi.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga
solishning vositalaridan biri rolida ham chiqadi.
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo'shilish
usuli (to'g'ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: