O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
1. Resurslar iarxining o'zgarishi. 
Resurslar narxi - tayyor mahsulot narxidan farq qilib, 
yalli xaklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, resurslar 
narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko'payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa 
xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi. 
Resurslar taklifining ko'payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar 
kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi aloxdda 
resurslar taklifi o'zgarishining yalpi taklifga ta'sirini qarab chiqamiz. 
Yer resurslari 
— yangi yerlarning ochilishi, sug'orish, yangi texnik takomillashuvlar tufayli 
ko'payish mumkin. Yer resurslari taklifining ko'payishi yerga bo'lgan sarflarning kamayishiga olib 
keladi va shu orqali mahsulot birligaga to'g'ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya 
qurilmalari shahobchalarining kengayishi, intensiv dehqonchilikni qo'llash tufayli yer resurslarining 
kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi. 
Ishchi kuchi (Mehnat) resurslari. 
Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va 
xizmatchilarga ish haqi to'lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o'zgarmay 
qolganda, ish haqining o'zgarishi mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli 
ta'sir ko'rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining ko'payishi ish haqining pasayshpiga, 
ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi. 
Kapital. 
Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o'stirib borsa, yalpi taklif o'sish tamoyiliga 
ega bo'ladi. Masalan, agar jamiyat o'z daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar 
sotib olishga yo'naltirsa, yalpi taklif o'sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda 


ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi tayushf ko'payadi. Korxona o'zining eski, sifati past 
bo'lgan qurilmalarini, yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol 
bo'la oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif 
qisqaradi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish