O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi


Windows XP operatsion (amaliy) tizimi



Download 0,61 Mb.
bet5/12
Sana14.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#797948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqil ish raximovdan 3

Windows XP operatsion (amaliy) tizimi
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.

  1. Mustaqil ish.

Mavzu: Xizmatchi dasturlar, ularning turlari va vazifalari.

Reja: 1. Xizmatchi dasturlar.


2.Xizmatchi dasturlarning turlari.
3. Xizmatchi dasturlarning vazifalari.
Servis dasturiy ta’minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy maxsulotlar jamg‘armasidan iborat.
Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo‘lish mumkin:
foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar;
ma’lumotni qayta ishlovchilar;
disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib, xar biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muxitida bajaradi. qobiq foydalanuvchiga sifat jixatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir - chikirigacha bilishdan ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida takdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi:
disklarga xizmat ko‘rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivni yaratish va yangilash;
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
kompyuterni virusdan ximoya qilish.
Virusga karshi ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy - apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
EXM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EXMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash.
Axborot tizim xisoblash muxiti diagnostik va nazorat qilishning maxsus dasturlari.
Windows muxiti xizmatchi dasturlari «Pusk» tugmasida joylashgan bo‘lib, «programmы» bo‘limidagi standart dasturlar sirasiga kiradi. Standart dasturlar ichida aloxida «slujebno‘e» bandida joylashgandir. Ular sirasiga
Vosstanovlenie sistemы
Defragmentatsiya diska
Indikator resursov
Master obslujivaniya
Ochistka diska
Proverka diska
Svedeniya o sisteme
Sistemnыy monitor
Tablitsa simvolov amallari kiradi.

«Vosstanovlenie sistemы» Sistemani tiklash xizmatchi dasturi kompyuterni oldindan belgilangan kun xolatiga qaytarib, shu belgilangan kundan beri qilingan xavfsiz o‘zgartirishlardan voz kechadi. Uni muloqot oynasi quyidagicha:
Diskdagi axborotlar tartibsiz joylashishi bizga ma’lum. Chunki xajmi xar-xil bo‘lgan axborotlarni diskka yozish va uchirish diskda xar-xil joylarida bo‘sh joylarni qolishiga va diskdagi axborotlarni bir qismi bir joyda, qolgani boshka joyda saqlanishiga olib keladi. Bu esa kompyuter tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu kamchilikni to‘g‘rilash uchun axborotlarni yaxlit saqlanishiga erishi kerak bo‘ladi. Buning uchun «difragmentatsiya diska» xizmatchi dasturidan foydalanamiz.
yoki aksincha «moy kompyuter» dasturi oynasida defragmentatsiya qilinishi lozim bo‘lgan diskni ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi va chiqqan muloqot oynasidan «svoystva « amalini tanlanadi. So‘ng ekranda diskka xos axborotlar bilan birgalikda servis xizmatini bajaruvchi oyna xam nomoyon bo‘ladi. Bu Oynadan «Vыpolnit defragmentatsiyu» amalini tanlashimiz mumkin. Yuqoridagi Pusk tugmasi orqali kirish yoki servis bo‘limidan defragmentatsiya qilish bu axamiyatsiz. Aslida pirovard natija bir xil.O‘ng tomonda siz defragmentatsiya uchun
disk tanlash maydonini ko‘rib turibsiz. Disk tanlangandan so‘ng Enter tugmasi bosiladi va shu bilan defragmentatsiya jarayoni boshlanadi. Defragmentatsiya jarayonida boshqa dasturlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Chunki dasturlar ishlaganda disklarda qandaydir yozuvlar o‘zgarishi xosil bo‘ladi. Bu defragmentatsiya ishiga xalaqit beradi. Defragmentatsiya bu fayllar fragmentlari ya’ni bo‘laklarini alohida-alohida emas, balki bir bo‘lak bo‘lib saqlanishiga xizmat qiladi va bu kompyuter ishlashini tezlashtiradi. qo‘yida defragmentatsiya dasturi oynasi misol keltirilgan.
Demak defragmentatsiya alohida-alohida ajralib, disk bo‘ylab sochilib ketgan fayl fragmentlarini qaytadan bir joyga to‘plab, fayllarga murojaat qilish tezligini oshiradi. Bu bilan u kompyuterni ishlash tezligini ham oshiradi.
«Indikator resursov» dasturi kompyuterda ishlayotgan dasturlarni sistema resurslaridan foydalanishi xaqida ma’lumot berib turadi. Hamma dasturlar qatori uning o‘zi ham, kompyuter ishini yengillatish uchun ushbu resurslarni ma’lum qismidan foydalanadi. «Master obslujivaniya» bu dastur yordamida kompyuter ishini, faoliyatini optimallashtirish mumkin. U yordamida jadval tuzilib, xizmatchi dasturlarni o‘sha jadval bo‘yicha foydalanuvchini ishtirokisiz xizmat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Aytaylik, jadval tuzib xar kuni kechqurun soat 1000 dan boshlab diskni defragmentatsiya qilishni xoxlasangiz, marxamat «Master obslujivaniya» dasturiga kiring bu siz uchun juda qulay. Chunki kechqurun komyuteringiz bo‘sh va u o‘z-o‘ziga xizmat qilishi mumkin.
Mana «Master obslujivaniya» dasturining ish jarayoni. Jadval bo‘yicha yoqilib keraksiz fayllarni qattiq diskdan o‘chirish, qattiq diskdagi xatolarni tekshirish,
doimiy murojaat qilinadigan dasturlarni ishga tushishini tezlatish ya’ni defragmentatsiya amallarini birin ketin ishga tushirib, oldindan belgilangan vazifalarni bajaradi va kompyuterni sozlab, o‘z ishini yakunlaydi. Faqat bir narsani yodda tutish kerakki «Master obslujivaniya» dasturidan foydalanish uchun kompyuterni yoniq qoldirish lozim.
«Naznachennыe zadaniya» bu dastur foydalanuvchiga dasturlarni bajarish uchun jadval tuzishga yordam beradi. Bu dasturlar xizmatchi dasturlar yoki boshqa dasturlar bo‘lishi mumkin.
Bu «Naznachennыe zadaniya» dasturi yordamida dasturlarni bajarish jadvalini tuzishga kirish.
«Dalee» (olg‘a) tugmasi bosilishi bilan ekranda yangi muloqot oynasi ya’ni quyida ko‘rsatilgan rasmdagi oyna-bajarilishi lozim dasturlarni tanlash oynasi namoyon bo‘ladi.
Bu muloqot oynasi yordamida jadval bo‘yicha qaysi dasturni ishlatish kerakligi tanlanadi. Oynada oldindan o‘rnatilgan Windows tizimi yordamchi dasturlari sirasiga kiruvchi dasturlar mavjud. Foydalanuvchi ular orasidan ixtiyoriysini tanlab va keyingi oyna yordamida, ushbu dasturni qachon, qaysi payt bajarish lozimligi ko‘rsatiladi.
Shunday qilib tanlangan dastur siz tayinlagan vaqtda ishga tushadi. Aytaylik bu dastur biror-bir antivirusdir yoki boshqa bir hizmatchi dasturdir bu foydalanuvchiga havola. Xizmatchi dasturlardan «Ochistka diska» dasturi bilan tanishamiz. Bu dastur diskda keraksiz fayllar xisobidan bo‘sh joylar hosil qiladi. Demak keraksiz, vaqtinchalik fayllarni o‘chirishda yordam beradi. Nomidan kelib chiqib diskni tozalaydi degan xulosaga kelsak ham bo‘ladi. Mana bu «Ochistka diska» ya’ni diskni tozalash dasturini boshlang‘ich oynasi. Bu oynada keraksiz fayllarni qaysi diskdan o‘chirirish lozimligini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Xozirda bizda s: diskni tanlangan xolati ko‘rsatilgan. «Temporary Internet Files» papkasi qattiq diskda Web saxifalarini tez ko‘rish uchun saqlaydi. «Temporary Internet Files» uchun sizning o‘rnatilgan holatlar o‘zgartirishsiz qoladi.
''Downloaded Program Files'' papkasida Internetdan bir necha sahifalarni ko‘rish orqali avtomatik qabul qilinuvchi axborotlar, ActiveX elementlari va boshqalar vaqtinchalik saqlanadi. «Korzina» o‘zida foydalanuvchi o‘chirgan fayllarni saqlaydi. Bu fayllar hali to‘la o‘chirilgan emas. qachonki «Korzina» tozalangungacha o‘zida ushbu fayllarni o‘zida saqlab turadi.
Bir qancha dasturlar vaqtinchalik ma’lumotlarni TEMP papkasida saqlaydi. Dastur ishini yakunlashidan oldin bu ma’lumotlar o‘chiriladi. Agar bu vaqtinchalik fayllarga xafta oralig‘ida murojaat qilinmagan bo‘lsa, ularni o‘chirish mumkin. «PC Health» kompyuterni doimiy to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. U xar qachon o‘rnatilgan faylladan nusxalar olib qo‘yadi. Ushbu parametr keraksiz nusxalarni o‘chiradi. Kqo‘yida «Ochistka diska» dasturini qo‘shimcha amallari aks etgan oyna keltirilgan. «Komponentы Windows» Windowsni fodalanil- mayotgan komponentlarini o‘chirib qo‘shimcha joy bo‘shatish. «Ustanovlenno‘e programmы» foydalanilmayotgan dastur larni o‘chirib joy hosil qilish. «Vosstanovlenie sistemo‘» diskni FAT32 da tasvirlab, aks etdirib bo‘sh joy olishga erishish. Kattiq diskddagi mavjud hatolarni tekshirish uchun «Proverka diska» dasturidan foydalanish.Diskni tekshirish dasturidan qattiq diskddagi mantiqiy va fizik nosozliklar, hatolarni tekshirishda foydalaniladi. Bu dastur Scandisk dasturidir. Scandisk dasturi tekshirgandan so‘ng hatoliklar tuzatilishi mumkin. Aslida bu toifadagi dasturlar juda ko‘p. Ulardan eng taniqligi Norton Disk Doctor dasturi bo‘lib uni komyupetrga o‘rnatish uchun maxsus o‘rnatish paketi bo‘lishi lozim. Windows muhitida o‘zining xizmatchi dasturlari sirasiga kiruvchi Scandisk dasturi mavjud. Bu dastur ba’zan foydalanuvchining ixtiyorisiz ishga tushib (kompyuter tarmoqdan noto‘g‘ri o‘chirilgan paytda) nosozliklarni bartaraf etadi.
Eslatma.
Diskni tekshirish uchun, shuningdek Pusk tugmasini bosilib, Programmы, Standartnыe va Slujebnыe komandalari tanlanib, so‘ng Proverka diska tanlanadi. Diskni kompyuter yoqilishi bilan tekshirish. Pusk tugmasini bosing va Programmы, Standartnыe va Slujebnыe komandalarini tanlang va so‘ng Proverka diska dasturi ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosing. Proverka diska dasturi Avtozagruzka papkasiga qo‘shilgan bo‘lsa, u holda dasturgacha bo‘lgan yo‘l boshqacharoq, Programmы, Avtozagruzka, so‘ng Proverka diska dasturi ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosing.
Svoystva komandasini tanlang.
Yarlыk sahifasidagi Ob’ekt maydonidagi dastur manzilidan keyin bir yoki bir necha parametrlar kiritilishi mumkin.
quyida ushbu parametrlar ko‘rsatilgan.
Bajariladigan amalllar
Komandalar parametri
Tekshiriladigan diskni tanlash.
x: (x:- disk nomi)
Hamma lokal qattiq disklarni tekshirish.
(a
Avtomatik ishga tushish va dasturdan chiqish.
(n
Aniqlangan hatoliklarni tuzatish holatidan voz kechish.
(p
Eslatma
D: diskni avtomatik tarzda ishga tushuvchi va dasturdan chiquvchi holat bilan tekshirish uchun, Ob’ekt maydoniga ushbuni kiriting:
c:/windows/scandskw.exe d: /n
Mavjud hamma disklarni avtomatik tuzatishlar bekor qilingan holatda tekshirtirish uchun, Ob’ekt maydoniga ushbuni kiriting:
c:/windows/scandskw.exe d: /n
quyida Scandisk dasturi ya’ni «Proverka diska» dasturining ishchi oynasi ko‘rsatilgan. Bu alohida parametrlarsiz «Proverka diska» amali tanlangan xolatdagi ko‘rinishi. Yuqoridagilardan farqli o‘laroq «Proverka diska» dasturiga kirish uchun «Moy kompyuter» dasturi oynasidan Lokalno‘y disk S: yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, sichqonchani o‘ng tugmasini bosiladi, chiqqan muloqot oynasidan «Proverka diska» amali tanlanadi. Birinchi maydon disklarni tekshirish uchun tanlash maydoni. Bu maydondan kompyuterga ulangan disklar ko‘rsatiladi va ularni qay birini tekshirtirish foydalanuvchiga havola. Keyingi maydon tekshirish holatlarini tanlash maydoni. Standartnaya - bu fayl va papkalarda uchraydigan xatolarni tekshirtirish uchun (mantiqiy xatolarni) ishlatiladi. Polnaya - mantiqiy hatolarni va shu bilan birga disk sirtini (fizik xatolarni) tekshiradi. Ispravlyat oshibki avtomaticheski - holati diskdagi hatolarni avtomatik tarzda tuzatadi. Agar ushbu xolat faol bo‘lmasa diskda uchragan xatoliklar haqida axborot berilib tuzatish yoki tuzatmaslik haqida so‘raydi.



  1. Download 0,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish