O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 127,91 Kb.
bet9/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)

2.2. Shoirlik mushohadasi. Shoirlik buyuk san’atdir, bu san’atni egallagan san’atkor shoirlarimiz adabiyotimizda talaygina. Taniqli shoirimiz, so‘z latofatini bekam-u ko‘st namoyon eta oladigan so‘z san’atkori, xalqimizning sevimli farzandi Erkin Vohidov o‘z ijodi bilan kitobxonlar mehrini qozondi. Ijodkorga nisbatan berilgan “she’r dardida bemor”, “cho‘g‘i ado bo‘lmaydigan”35 kabi ta’riflar zamiridagi ehtirom, beqiyos ijod namunalaridan kuchli ta’sirlanish, shoirning iste’dodiga qoyil qolgandagina beriladigan ta’riflardir. “She’r dardida bemor” deganda chinakam iste’dod sohibi, yozadigan ijod namunalarini yurak qo‘ri bilan yaratadigan shoirlargagina beriladigan ta’rifdir. She’ri umrining mazmuniga aylangan shoirgina she’r dardida bemor bo‘ladi, bunday shoirlarning cho‘g‘i ado bo‘lmaydi, olovli satrlar ketidan, olovli satrlar yozilaveradi. Ijodkorning o‘zi shoirlarga qarata yozgan satrlariga diqqat qilsak:
Shoir bo‘lsang,
Bo‘lsin qalbing
Elga qurbon bo‘lgudek,
Shoir bo‘lsang,
Bo‘lsin xalqing
Senga qalqon bo‘lgudek
Shoir bo‘lsang,
Qalamingni
Nayza qilib tutolsang
Yurakdagi alamingni
Oq qog‘ozga to‘kolsang
Shoir bo‘lsang,
Qalb chirog‘ing
Yonib tursa to abad.
Bu dunyodan
Ketar chog‘ing
Yig‘lab qolsa she’riyat36
Haqiqiy shoirda vataniga, xalqiga qurbon bo‘la oladigan qalb bo‘lmog‘i darkor, va bu xalqni shunday sevmoq, unga chin dildan xizmat qilmoq kerakki, o‘sha xalq seni shoir deb tan olsin, yozganlarini sevib o‘qisin, vaqti kelganda shoirni olqishlasin, unga qalqon bo‘lsin. Vaqti kelsa she’rlarini shoir qurol qilib undan haqiqat uchun foydalansin, bu satrlar hattoki kuch bo‘lib ma’lum jabhalarda o‘zini ko‘rsata olsin. Yurakdagi alamli haqiqatlarni oq qog‘ozga hayiqmay ifoda etmoq, ijodkor qalbidagi chirog‘i hamisha yonib turmog‘i darkor. Shoir ijodi shunchaki quruq so‘zlardan iborat bo‘lmasligi lozim, shundagina haqiqiy ijodni anglagan qalblar, she’riyat ahli, asl shoirning qadr-qimmatini e’zozlaydi. Buning uchun esa ijodkorda Alloh bergan ilhom, so‘z san’atini yaratuvchi va anglovchi talant, iste’dod bo‘lishi talab qilinadi. Shu o‘rinda iste’dod va ilhom tushunchalariga batafsil to‘xtalishimiz lozim.
Iste’dod – bu mumkin bo‘lmaganini mumkin qilish, hukmron estetik prinsplarga yangilik kiritish, she’riyat mana bundoq bo‘ladi deb, yangicha nuqtai nazar bilan chiqib shunga odamlarni ishontirish demakdir. Gorkiy “istedodning 99 foizi mehnat” degan ekan va mehnat qilishlikka katta urg‘u bergan. E.Vohidov “…o‘sha kamtarin bir foiz ya’ni tug‘ma iste’dod kerakligini, shundagina iste’dod jo‘shishi” ni “Shoiru, she’ru shuur” asarida aytib o‘tgan va bu mavzudagi fikrlarini batafsil keltirgan. She’rning yozilishida iste’dodning o‘rni juda muhim iste’dod insonga Olloh tomonidan berilgan ne’mat bo‘lib, iste’dodi baland inson har bir jabhada o‘zini namoyon etadi. Kimgadir shoirlik, yozuvchilik iste’dodi beriladi,yana kimdir, yetuk shifokor, rassom, quruvchi, kashfiyotchi bo‘lishi mumkin bu qatorni sanasak uzoq davom etaveradi. Har qanday sohada o‘z iste’dodi bor odam, avvalo, qalb amriga quloq tutmog‘i, o‘ziga berilgan iste’dodni, qobiliyatni rivojlantirmog‘i, darkor shundagina u o‘zini namoyon etadi. Fikrimiz dalili sifatida shoirimiz mulohazalarini keltirsak:
“Barcha iste’dodlar kabi shoirlik iste’dodi ham tug‘ma bo‘ladi va bolalikdan o‘zini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning o‘zidek ayon. Tug‘ma iste’dod egasi bo‘lmagan, she’riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar- umr bo‘yi havaskorlar bo‘lib qoladi. Iste’dod – bu avvalo did, yaxshi did egasi bo‘lish qobiliyati deguvchilar ham bor. Iste’dod – bepoyon tushuncha, u ta’rifga siqqanda edi, uni ma’lum xususiyatlar doirasida chegarlash mumkin bo‘lganda edi, odamlar yo‘q iste’dodni tarbiyalab bor qilgan bo‘lardilar”.37
Iste’dod o‘zini bolalikdan albatta namoyon etadi, qaysi sohada iste’dodi borligini bilib, ota-onalar va o‘qituvchilar bolani shunga qarab yo‘naltirsa kelajakda farzandlarimiz o‘z sohasida yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Ijodkor fikrlarini davom ettirib, iste’dod haqida ikkita zarur xulosa qiladi: Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham- gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqdirki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasi chamanzorning bo‘yi va tarovati bor. Iste’dodli odamlarning boshini qo‘yish, hamkor qilish qiyin. Iste’dodsiz odamlar bir-biri bilan topishib oladilar va katta kuchga aylanishlari mumkin. Negaki, iste’dod doimo har xil iste’dodsizlik esa bir xil bo‘ladi.
Ijodkor tomonidan berilgan ikkita xulosaning birinchisiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Iste’dodni qimmatbaho gavhar donasiga o‘xshatmoqda ijodkor, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhardir deydi shoir, ya’ni iste’dod sohibi ko‘plab tengqurlari ichida ham xuddi gavhar donasi yanglig‘ ajralib, nur taratib turadi va o‘zini qaysidir tomonlari bilan e’tiborga tushadi. Iste’dodni - gavhar donasiga, zilol irmoqqa, va gulga o‘xshatadi. Zilol irmoqning qudrati shunday balandki, u irmoq bo‘lsa-da daryolar, dengizlarga tenglasha oladi. Iste’dodni gulga o‘xshatilishi ajoyib o‘xshatish, uning ochilmagan g‘unchasida butun boshli chamanzorning tarovat mujassamdir. Ikkinchi xulosa juda ajoyib to‘xtamdir, ya’ni iste’dod hech qachon bir xil, o‘xshash bo‘lmasligi, har bir iste’dodning o‘ziga xosligi, o‘zgacha olam ekanligi bor haqiqat. Iste’dodsizlikni esa doim bir xil bo‘lishini aytmoqda, bir xil va o‘xshash xarakter egalari tez til topishishi ayon haqiqat.
Shunday iste’dodlar borki, tug‘iladi ammo o‘zini namoyon etolmasdan, o‘zini rivojlantira olmasdan qolib ketadi. Maktabda o‘qib yurgan kezlarimda bir ustozimdan eshitgan iste’dod haqidagi fikr yodimdan tez-tez o‘tadi. “Har bir insonga Olloh tomonidan qandaydir iste’dod beriladi, ammo vaziyatlar, oilaviy muhit, zamon zayli bilan ularning ba’zilari namoyon bo‘ladi, ba’zilari esa yuzaga chiqmasdan so‘nadi” - degan edilar, chindan ham har bir inson o‘zidagi iste’dodni payqashi kerak, u xoh, shoirlik iste’dodi bo‘lsin, xoh boshqa.
Adabiyotshunos No‘monjon Rahimjonov Erkin Vohidovning ijodiy jarayoni, tarixiy mavzuga qo‘l urishi haqida shunday qarashlarni ilgari surganligini ko‘ramiz: “har bir avlodning o‘zi suygan, ma’naviy-falsafiy kuch-quvvat olguvchi, hamisha topinib, talpinib yurguvchi ona tarixi bor. Qaysi bir avlod uning ostonosiga bosh urib borsa, peshonasida oftob charaqlaydi. Toleyi yorug‘likka chulg‘anadi. Qalbiga, shuuriga, tafakkuriga nur yog‘iladi”.38
Erkin Vodovning tarixiy mavzudagi she’riy asarlari, eng murakkab bir davrda yaratilgan bo‘lsa-da, uning mazmun mohiyati bugun ham kuch-quvatini, badiiy poetik talqinini yo‘qotgan emas. Tug‘ma istedod - Olloh tomonidan berilgan bo‘lib, uni inson o‘z mehnati bilan rivojlantirib boradi. Tinimsiz mehnat har qanday ta’lantni o‘stiradi, rivojlantiradi. She’riyat, adabiyot iste’dodli yoki majnunsifat kimsalarning qismatidir degan bobolarimizdan qolgan bir hikmat ham borki, u behudaga aytilmagan. Iste’dod ijod uchun juda muhim bo‘lib, usiz chinakam mukammal asarlar yaratilishi mushkul. Shu o‘rinda iste’dod so‘zining tub ma’nosiga to‘xtalsak, iste’dod bu – talant, ya’ni nihoyatda zo‘r qobilyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur va tafakkur, xotira, kuzatuvchanlikning benihoya o‘sganligida, kishining bilimlarni o‘zlashtirishida, o‘z bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishida namoyon bo‘ladi. Ijodkorning ijod mahsuli chinakam go‘zal iste’dod bilan yozilgan bo‘lsa, buni payqash qiyin emas. Erkin Vohidovning iste’dod haqidagi qarashlari ham nihoyatda qimmatli.
Shoir yozadi: “Iste’dodning o‘zi qolipga sig‘maydigan, turli-tuman tabiatli va aql bilan anglash qiyin bo‘lgan sirdir. Barcha iste’dodlar kabi shoirlik iste’dodi ham tug‘ma bo‘ladi va bolalikdan o‘zini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan haqiqatning o‘zidek ayon. Tug‘ma iste’dod egasi bo‘lmagan, she’riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar umr bo‘yi havaskor bo‘lib qoladilar…”39.
Iste’dodsiz kishi adabiyot olamida erkin nafas olishga qiynaladi, shuningdek, ular tomonidan yozilgan ijod mahsulining ham umri qisqa bo‘ladi va bunday asarlar zavolga yuz tutadi. Yana shunday ijod ahli ham borki, ularga tug‘ma iste’dod Olloh tomonidan berilgan, ammo bu iste’dod yuzaga chiqishi uchun uni tarbiyalash zarur, shundagina u yuksaklarga parvoz qiladi. Ijodkor nafas oladigan havo adabiy muhitdir. Bu havo toza va musaffo bo‘lmog‘i kerak.
Alloh bergan talantni hamma ham anglayvermaydi, buni anglamoq va tinimsiz mehnat natijasida rivojlantirmoq lozim. Bu borada ilmning hikmati ham katta albatta, har birimiz bilimlarni chuqur o‘rganishga intilmog‘imiz, imkoniyatlarimizni va maqsadlarimizni ilmga yo‘naltirmog‘imiz lozim. Shundagina bizda yashiringan qobiliyatni, salohiyatni yuzaga chiqishi boshlanadi. “Ilm- ikki dunyo saodatining kaliti” – deganlarida bobolarimiz nimani nazarda tutganlar? Biz bilim sabab dunyoni anglaymiz, o‘zligimizni, bu dunyoda yashashdan maqsad nima ekanligini, yashaganda ham qanday yashamoq lozimligini, halol nima-yu, harom nimaligini ham shu ilm sabab anglaymiz. Har bir inson to‘plagan bilimlari natijasida ikki dunyo saodatiga erishmoq uchun nima qilmoq lozimligi xususida xulosa chiqaradi va shunga qarab ish tutadi. Ijodkorning ilmi kuchli bo‘lsa, u yaratgan asarlar ham kuchli mazmun mohiyatga ega asarlar bo‘lib yaratiladi.
Ijod jarayonning yuzaga chiqishida ilhomning o‘rnini ham alohida takidlash joiz. Ayniqsa, she’r va shoir uchun bu juda muhim. Talant tarbiyasi suhbatida badiiy iste’dodning eng muhim jihati bo‘lgan ilhomga alohida to‘xtalib, ta’rif berib o‘tadiki, uning zamirida achchiq hayotiy haqiqat mujassamlashganligini guvohi bo‘lamiz. Men ilhom deb atalgan holatning tabiati haqida ko‘p o‘ylaganman. Bu g‘ayrioddiy noyob holat. Shoir ilhom onlarida haqiqiy shoir bo‘ladi. Boshqa vaqtda u o‘zgalarga o‘xshab fikr qiluvchi oddiy odam. Shoir ilhom onlarida bitgan satrlariga keyin o‘zi hayron bo‘lishi mumkin… Har qancha dunyoviy fikrlasam ham ilhom holatining ilohiy ekaniga ishongim keladi… Ilhom uzluksiz izlanish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilish natijasidir. Shu ma’noda u ongli jarayon. Iste’dodning to‘qson to‘qqiz qismi mehnat, degan so‘zni men shunday tushunaman. Ilhom tuyg‘ularning shoir qalbidan toshishi, shoir hayolida tug‘ulgan she’riy niyatning yetilishi va vujudni larzaga solishidir. Fikr va tuyg‘ular esa izlanishdan dunyoga keladi.
“Shoiru, she’ru shuur” asarida shunday mulohazalar mavjud: “Ilhom tashbeh qidirmaydi. Shoir o‘z she’ri bilan yonganda tashbehning o‘zi keladi. Topilgan obrazlar, o‘xshatish, istioralar asosiga qurilgan she’r har qancha yorqin, har qancha chiroyli bo‘lmasin, yasalgani bilinib turadi. Qofiya fikrga bo‘ysunishi kerak bo‘lganidek tashbeh she’rning ruhiga bo‘ysunishi kerak”.40 Ilhomning kelishini ilohiy jarayon deb ishongim keladi degan fikrlarida chindan jon bor, chunki u kutmagan vaqtda, kutilmagan vaziyatlarda keladi, o‘sha vaqti tug‘ilgan g‘oya yoki asar qog‘ozga tushirilmog‘i darkor. Yana bir ijodkor aytgan edilar “Ilhomning vaqti bo‘lmaydi, u selday keladi” bu behudaga aytilmagan chunki selni bilamiz u qish va asosan bahor faslida birdan to‘polon bilan jarliklarni to‘ldirib kelib qoladi. Ilhom ham shunday to‘s-to‘polon bilan ijodkor ongiga quyilib keladi va uni qog‘ozga tushirmoq uchun ijodkor ahli beixtiyor qo‘liga qalam oladi va quyilib kelgan satrlarni qog‘ozga qoralaydi.
Ilhom to‘g‘risida iste’dodli shoirimiz Abdulla Oripov shunday deydi: “Odam ilhomni “qanot qoqib kelgan farishta” deb o‘ylaydi. Bekor gap! Men uchun ilhom – iztirob. Ilhom – fojia ham. Qalbni qo‘zg‘atgan narsani ilhom deb atasa bo‘ladi. Qiziq nimaga uni go‘zal qilib “ilhom” deydilar? Axir u odamning qalbini tilib, uni muvozanatdan chiqaradi. Ana shu ilhom bo‘ladi!”41
Har bir ijodkorning ma’lum bir hodisa yoki tushunchalar haqidagi mulohazalari o‘zgacha bo‘ladi. Abdulla Oripov uchun ilhom iztirob, fojia ekan. Bu hayron qoladigan ta’rif. Ilhom haqidagi fikrlarga yana e’tibor qaratamiz. Ilhom – olami malokutdandur. Ruhning bir nodir zarrasidir. Shunday ekan, Ruh hamma odamlarda bo‘lganidek, uning zarur zarrasi ilhom ham barchada mujassamdir. Ilhomning asl ildizi har qanday odamda rohatlanish, huzur qilish, lazzatlanish tuyg‘ularini ato qilish bilan bog‘liqdir. “Dilning lazzati ruhiyatdadirkim, dilni aning uchun yaratgandir. Ruhimizning zarrasi – ilhom ekan, u har bir insonda bor, har bir sohada, jabhada ilhom mavjud. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “ilhom” so‘zida qanday ta’rif berilganligiga diqqat qilamiz: “Ilhom – ishontirish, ruhlantirish. Ijodiy zavq jo‘sh urgan holat ko‘tarinki ijodiy ruh. Ilhombaxsh – (bag‘ishlovchi, beruvchi) Ko‘tarinki ijodiy ruh bag‘ishlovchi, Ilhom beruvchi”.
Demak, ilhom ma’lum vaziyatdan, voqea-hodisadan, yoki holat va manzara tasviridan ruhlanish va unga ishontirish ekan. Ijod qilish uchun zavq-shavq paydo bo‘lgan, ko‘tarinki ijodiy ruh kuchaygan holat. Bu daqiqalarda inson ongiga misilsiz hissiyotlar quyilib keladi. Ilhom odamning ruhiy holati, undagi barcha ijodiy kuchlarning quyilib kelishi, ruhiy jarayonlarning faollashuvi. Bunday holatda butun ruhiyat ayni bir vaqtda ishga solinadi. Ilhom paytida ilhomlanuvchi ongi tiniqlashishi kuzatiladi, fikrlash va ijodiy xayolot sermahsul bo‘ladi, his-tuyg‘ular to‘lib toshadi, e’tibor butkul ijod ob’yektiga qaratilgan bo‘ladi. Ilhomning fiziologik asosi dominanta (vaqtinchalik hukumronlik qiluvchi reflektor tizimi) hisoblanadi. Ilhomni “ilohiy ruhlanish” bilan bog‘lovchilar uni faqat badiiy ijodda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Mehnat faoliyatning har qanday ko‘rinishi ilhombaxsh va ijodiy bo‘lishi mumkin. Ilhomning paydo bo‘lish sabablari, namoyon bo‘lish shakllari xilma-xil. Barcha fan sohiblarida ilhom bo‘ladi. Ilhom ijodning qudratli omili, u ijodkorlarning hamma kuchlarini ishga soladi, ijodiy samaradorlikka yordam beradi.
Umuman, ijodkor ahli haqida adabiyotshunos olim Hotam Umurov shunday fikrlarni aytib o‘tadilar: “Ijodkor yozuvchi, shoir bo‘lishi uchun quyidagi uch xislatning egasi bo‘lishi lozim:
1.So‘z mo‘jizakorligi.
2.So‘z bashoratchisi (karomatchisi).
3.So‘z sehrgari.
Ijod – ilgariga yetaklovchi, g‘ayratlantiruvchi hayotiy kuch-quvvatdir. Ijodda shavq-u zavq bilan teranlik omuxta bo‘lgan joyda kamolot bo‘ladi. Bunday quvvat so‘z yordamida tuyg‘ularni ulg‘ayish, boyitish, e’zozlash, insoniylashtirish, hayratlantirish tarzida yaratadi. Eng asosiysi, bu haqiqat dilda yoqimlilikni, sezimlikni, lazzatlilikni yaratish, jonliligini ta’minlash orqali ro‘yobga chiqaradi. Shu xislati bilan “kir”lardan tozalaydi: mehr va muhabbatni dilxushlik va osoyishtalikni, shularga moyillikni uyg‘otadi, o‘stiradi, komillik tomon yetaklaydi”42.
Ijod jarayoni juda ma’sulyatli jarayon hisoblanadi. Ijodkor qanday bo‘lishi kerak? Nimalarga e’tibor berishi kerak? Va qanday xislatlar sohibi bo‘lishi lozim degan savollarga yechim sifatida keltirilgan bu fikrlar naqadar o‘rinli. Ijodkor sehrli so‘zning sehrini ishlata olsa, so‘zning mo‘jizakorligini namoyon eta olsa, so‘zning bashoratchiligidan xabardor bo‘lsa, buni amaliyotda, ijodida qo‘llay olsa, u haqiqiy iste’dodga ega ijodkor hisoblanadi. Ijod jarayoni shaxsni ilgariga tomon yetaklaydi, kuch beradi, ko‘ngilni g‘uborlardan tozalab, unga orom beradi, insonni komillik tomon yetaklaydi.
Ijod-yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotira, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi. Ijodni shartli ravishda ikkiga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo‘lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkor, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodiga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod jarayoni, qobiliyati rivojlangan bo‘lishi mumkin, ammo o‘sha ijodiy jarayonning asosan bir yo‘nalishidan ketadi va bu izlanishlar davomida ba’zi o‘rinlarda ikkala ijodda ham qobiliyatga egaligi namoyon bo‘ladi.
Badiiy ijod murakkab jarayon bo‘lib inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin hayol, ozod tafakkur, keng ko‘lamli tasavvur, milliy g‘urur va yuksak orzularga ega bo‘lishi kerak. Ilhom va ijod tushunchalariga batafsil to‘xtaldik, chunki she’riyat ilhom va ijod natijasidir.
Inson o‘zidagi qobiliyatni sezmog‘i va uni rivojlantirishga harakat qilmog‘i lozim. Bu borada ilmning hikmati ham katta albatta, har birimiz bilimlarni chuqur o‘rganishga intilmog‘imiz, imkoniyatlarimizni va maqsadlarimizni ilmga yo‘naltirmog‘imiz lozim. Shundagina bizda yashiringan qobiliyatni, salohiyatni yuzaga chiqishi boshlanadi. “Ilm- ikki dunyo saodatining kaliti” – deganlarida bobolarimiz nimani nazarda tutganlar? Biz bilim sabab dunyoni anglaymiz, o‘zligimizni, bu dunyoda yashashdan maqsad nima ekanligini, yashaganda ham qanday yashamoq lozimligini, halol nima-yu, harom nimaligini ham shu ilm sabab anglaymiz. Har bir inson to‘plagan bilimlari natijasida ikki dunyo saodatiga erishmoq uchun nima qilmoq lozimligi xususida xulosa chiqaradi va shunga qarab ish tutadi. Ijodkorning ilmi kuchli bo‘lsa, u yaratgan asarlar ham kuchli mazmun mohiyatga ega asarlar bo‘lib yaratiladi. Maktab o‘qituvchisining so‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi, Dorilfunun domlasining so‘zi yuzta talabaga yetib boradi, Notiqning so‘zi ming tinglovchiga yetib boradi, Qalamkashning so‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so‘zi mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir - deydi O‘tkir Hoshimov. Bu aytilgan fikr shubhasiz haq gapdir, chunki ijodkor yaratgan asar durdona asarlar darajasiga chiqa olsa, bu asar necha millionlab o‘quvchilarini topadi va qadr qimmati ortib boraveradi. O‘tkir Hoshimov maktab o‘qituvchisini, notiqni, dorilfunun domlasini, va qalamkashning berayotgan ta’limi va bilimini darajasini, mas’uliyatini juda chiroyli taqqoslab ochib bergan. Ularning ichida eng mas’uliyatlisi ham, ko‘pchilikka yetib boradigani ham qalamkashning mehnati ekan, demak, qalamkash ko‘pchilikka mos, o‘qiganda kitobxonga nimadir bera oladigan asar yozmog‘i lozim ekan.
Erkin Vohidov har bir she’rida o‘zligini to‘la namoyon qila olgan san’atkordir. Zero, she’rda o‘zlikni namoyon qila olish chin ma’nodagi individual uslubning muhim belgisi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan shoirning qaysi bir she’ri yoki dostonini o‘qimaylik unda ijodkor o‘z xalqining, millatining fidoyi farzandi ekanini isbotlaydi. Fikrimiz dalili sifatida “Ruhlar isyoni”, “Inson” qasidalarini eslasak bas. Insonning insondan, so‘zning so‘zdan farqi bor. Olim so‘zi ong va fikratga, shoir so‘zi qalb va hissiyotga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham barcha oqil so‘z she’r bo‘lmaganidek barcha she’riy so‘z hikmat bo‘lavermaydi.
Oddiy hayotiy mantiqdan farqli o‘laroq she’rning o‘z mantig‘i bor. She’riyat dargohida qadam qo‘ygan har bir havaskor o‘ziga savol berib badiiy tafakkurga moyilligini aniqlab olgani maqul. Bu xususiyatni xalqimizda “tab’i nazm” deydilar. Erkin Vohidovning yuqorida keltirilgan fikrlarida olim va shoirning eng katta farqiga e’tibor qaratib ketilgan. Chindan ham olimlar aniq faktlarga, dalillarga suyanadilar va shular asosida ongli, aniq xulosalar chiqaradilar, shoir ahli esa qalb tug‘yonlariga, hissiyotlarga tayanadi. Shu o‘rinda ijodkorning shoir va olim haqidagi qarashlarining she’riy satrlardagi ifodasini keltirsak:
Qancha ilhom kerak, ishq, orzu-tilak,
Insonni fazoga uchirmoq uchun.
Qancha bilim kerak, tafakkur kerak
Buni she’r dostonga ko‘chirmoq uchun.
Olimni band etar yulduzli osmon,
Cheksiz fazo ilmi shoir xayolin.
Ha, bu shunday zamon, ajoyib zamon,
Olimlar – shoiru
Shoirlar – olim.
Antik davrda yashab ijod etgan faylasuf Arastu olim va shoir haqida shunday mulohazalarini keltirib o‘tgan: “Tarixchi olim bilan shoir o‘z asarlarini biri vaznsiz, ikkinchisi vaznga solib yozishi tufayligina bir-biridan farqlanmaydi. Agar Gerodotning asarlari she’riy vaznga solib yozib chiqilsa ham, baribir tarixiy asarligicha qoladi.
Chindan ham olim va shoirning yozganlari faqatgina vaznga solinganligi bilan farqlanmaydi. Asardagi badiiylik, badiiylikka yo‘g‘rilgan nigoh bilan yozilgan asar haqiqiy badiiy asar bo‘ladi. Olim faktlar bilan ishlaydi. Shoirlik insonning ko‘nglidan kechgan kechinmalarni badiiy tasvir vositalari yordamida keng tasvirlaydi, ularda aniq dalillar bo‘lishi shart emas, hatto ozgina yolg‘oni bo‘lsa ham bo‘laveradi. Erkin Vohidov aytganidek: “She’riyat bo‘lmagan ishni bo‘ldirish, yolg‘onni rost qilib ko‘rsatish, andak sehrgarlik hamdir”43
Ijodkor fikrlarini davom ettirib “Anushervoni odil va shoirlar” haqidagi rivoyatni ham keltirib o‘tganlar, uning qisqacha mazmunini keltirib o‘tmoqchiman: Kunlardan bir kun Anushervoni odil barcha shoirlarni to‘playdi va bir shoirning satrlarini o‘qib, qanday qilib bunday yolg‘onni yozish mumkin, hech zamonda yorning kipriklari o‘q bo‘lib oshiqni yaralashi mumkinmi? deydi va bundan keyin yolg‘on aralashgan she’r yozishni taqiqlaydi,kimda kim taqiqni buzsa o‘lim jazosiga hukim etiladi deydi. Shundan keyin ancha vaqt hech kim she’r yozmay qo‘yadi. Ancha vaqtdan keyin bir shoir she’r yozadi:
Tong otsa yulduzlar so‘nar osmonda
Xo‘rozlar qichqirar Mozandaronda
Xalafda kechqurun quyosh botadi
Kechasi odamlar uxlab yotadi.
Uni o‘qib ko‘rgan hukumdor shoirlarga yana yolg‘on aralashgan she’rni yozishni buyuradi, chunki anglaydiki she’riyat o‘sha yolg‘oni bilan ham go‘zal ekan. Shoir “yolg‘oni” – uning badiiy tafakkuri mevasi, iste’dod nishonasi, xudodad xislat karomatidir. Shoir “yolg‘oni” chinlardan chinroq haqiqatdir. “Tanovar” ga e’tibor qaratsak:
Yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan,
Changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan.
Bir qaraganda yolg‘ondek tuyulgan satrlar go‘zal tashbehlar, mubolag‘alar bilan yanada ta’sirchan ma’no kasb etgan. Haqiqat shuki ko‘chani soch bilan supurib bo‘lmaydi, ko‘z yosh bilan suv sepilmaydi. Bu hayot haqiqatidan yiroq, lekin badiiy mantiqqa munosib aytilgan bu satrlar mehri muhabbat haqida, sog‘inch haqida bitilgan minglab to‘g‘ri deb qaralgan so‘zlardan haqqoniyroqdir. Buni kitobxon qalbi farqlab, yolg‘onlar orqali ifodalangan haqiqatni to‘g‘riligicha ham aytib qo‘ya qolsa bo‘lmaydimi deyishimiz mumkin, ammo u holda she’rning ta’sir kuchi kamayadi yolg‘onlar tashbehlar orqali berilgan ifoda ruhiyatga boshqacha ta’sir etadi.
Yana bir jihat borki, inson tabiatida zavq-shavq bo‘lmasa sa’natni asl mohiyatini his etmog‘i qiyin. She’rni bitmoq va o‘qimoq uchun, she’rni anglamoq uchun tab’i nazm muhim. Erkin Vohidovning “Shoiru, she’ru shuur” asarida shoirlik haqida, uning vazifasi, mas’uliyati, mashaqqati haqida juda qimmatli fikrlar keltirib o‘tilgan, ulardan ba’zilari bilan tanishsak:
She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda qiladi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalarni yondirolmaydi,qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday she’riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo‘q. Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She’riyat yurak sadosi bo‘lganida ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun har bir she’rni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz surur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir she’rni o‘qib xayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz. Shoirlik o‘sha tuyg‘ularining tabiiyligi va haqqoniyligiga she’rxonni ishontira olishdir. Ishontira olish qobiliyati iste’dodning mezonidir. Shoir nimaki yozsa, baxt haqida yozadi, baxtini, yoki baxt haqidagi orzusini yozadi.
Shoirlik juda mas’uliyatli va sharaflidir, har qanday inson shoir bo‘lib ketolmaydi, bunday qobiliyatni Olloh hammaga ham beravermaydi. Shoir jangchi kabi mardonavor bo‘lsa, barkamol bo‘lsa, shaxs sifatida ham barchaga o‘rnak bo‘lsa, odamlar uning faqat she’riga qarab emas, shaxsiyatiga ham havas qilsa, unga o‘xshashga intilsagina buyuk ijodkor darajasiga ko‘tarila olishini alohida qayd etishi ham bejiz emas edi.
Erkin Vohidov o‘zining adabiy-tanqidiy qarashlarida she’r, she’riyat hamda shoirlik masalalari tahliliga batafsil to‘xtalgan, ularning ayrimlarini tadqiqot ishimizda tahlilga tordik. Boshqa adabiyotshunos ijodkorlarning mulohazalari bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqdik. She’riyat va shoirlik juda mas’uliyatli va sharafli ish, mashg‘ulot ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik.
Shoirning ijod haqidagi qarashlarida mumtoz an’analarga, milliy qadriyatlarga hurmat bilan birgalikda, jahon adabiyotining etakchi tamoyillariga ham juda katta mehr bilan qaragan shaxs edi. Shuning uchun shoirlikni qismat deya e’tirof etgan va unga hamohang umr kechirgan ijodkordir.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish