O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 127,91 Kb.
bet8/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)

Bob bo‘yicha xulosalar:
Badiiy adabiyot yaratilibdiki, uning inson tafakkuriga, qarashlariga sezilarli ta’siri mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Buning zamiridagi qarashlarda she’riy asarning yaratilishi, vazifasi, talqin usullari haqidagi ilk qarashlardayoq badiiylik qonuniyatlari o‘rin olganligini anglash mumkin.
Adabiyotshunoslik ilmining taraqqiy etishi, uning turfa xil badiiy funksiyalarini talqini haqidagi qarashlarning shakllnishiga, yuksalib borishiga asos bo‘lganligi tahliliy xulosalar misolida asoslandi.
Ilk badiiy tafakkur mahsuli vujudga kelgan davrdan boshlab, adabiy-tanqidiy qarashlar ham shakllandiki, buning zamirida adabiyotni, umuman, san’atni anglash, his etish, uning turfa xil ohanglaridan bahramand bo‘lish jarayonlarining tahlili ham o‘rin olganligi asoslandi.
Erkin Vohidovning “Shoiru, she’ru, shuur” nomli asarida qayd etilgan badiiylik mezonlari, adabiyotshunoslikda qimmatli mulohazalarni yuzaga chiqish imkonini berganligi ko‘rsatib berildi.
Ijodkorning badiiy asar yaratish, uning qonuniyatlari, o‘ziga xos poetik talqin xususiyatlarini o‘rganish, undan kelib chiqadigan saboqlarni tahlil qilish an’anasi sifatida asarning ijodkor yoshlar o‘rganishi, tahlil etishi bir qancha tushunchalarni, badiiylik qonuniyatlarini anglash imkonini berishi ham alohida qayd etildi.
II BOB
SHE’R, SHE’RIYAT HAMDA SHOIRLIK
MASALALARI TAHLILI VA TALQINI
2.1. She’r va she’riyat haqida fikrlar. Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Ana shu so‘zni satrlarga birlashtirib, go‘zal ohangdorlik paydo qilish iste’dodli ijodkorlar zimmasidadir. Rivoyat qilishlaricha dunyodagi birinchi she’rni hazrati Odamota (Odam Ato) o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan aytgan ekan. U vaqtlarda yozuv bo‘lmagan, og‘zaki aytib yurilgan. Davrlar o‘tib she’riyat o‘ziga xos bir san’at turiga aylandi. Iqtidorli shoirlarimiz she’riyatni mukammal darajaga ko‘tardilar. Adabiyot bor ekan, ijod bor, ijod bor ekan, yozuvchi va shoirlar bor, ularning mehnati natijasida yaratilgan go‘zal she’rlar, sermazmun badiiy asarlar mumtoz adabiyotimizda ham, zamonaviy adabiyotimizda ham bisyorligi alohida qayd etilgan.
She’r va she’riyat ilmiga oid risolalar hamda tazkiralardagi adabiy-tanqidiy tafakkurga oid turli xil fikrlar va qarashlar mumtoz adabiyot taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Ta’kidlash joizki, sharqda Navoiygacha va undan keyin ham adabiyotshunoslik bobida bir qator xayrli ishlar qilinib, bir talay asarlar yozilgan. She’riyat nazariyasi va tanqidchiligiga oid fikr-mulohazalar o‘tmishdan nafaqat tazkiralarda, balki Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur kabi ma’naviyatimizning ulug‘ namoyondalari asarlarida ham keng ifoda etilganki, bu jihatdan ularning she’r va shoirlik mas’uliyati haqidagi qarashlari adabiyotshunoslik, adabiy tanqid ilmining rivojiga sezilarli ta’sir etgan. Masalan, Farobiy she’r san’ati va uning vazifasini shunday belgilaydi: “Bu san’at – biror maqsadni amalga oshirayotgan paytda yo‘ldan chiqib ketmaslikka yordam beruvchi va inson xayolini qog‘ozda namoyon etuvchi san’atdir. She’rning olti xil turi bor, shundan uchtasi yaxshi, uchtasi yomondir. Yaxshilaridan biri shuki, uning yordamida inson aqliy quvvatini mukammallashtiradi, saodatga olib boruvchi fikr oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo‘lishga ilhomlanadi, xasislik, yomonlik va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xil kishining ruhiy sezgilarini yuksaltiradi, haddan tashqari ehtiyotkorlikdan holi qiladi”21.
Erkin Vohidovning “To‘la asarlar to‘plami” ning 5-jildi “Qalb sadoqati” deb nomlanadi va unda maqolalar, adabiy o‘ylar, suhbatlar to‘plangan. Undagi “San’at va tafakkur”, “She’r qadri” maqolalari, “Shoir va she’r dunyosi”, “She’riyat-mehr demakdir”, “Talant tarbiyasi” suhbatlarida bevosita shoirlik va she’r muammolari haqidagi adabiy-tanqidiy qarashlari, mushohadalari bayon etilgan.
She’riyat haqidagi mulohazalarga to‘xtalar ekanmiz, uning zamiridagi turli tahliliy yondoshuvlarni, qarashlarni kuzatish mumkin. Erkin Vohidov “Mendan she’riyat nima deb so‘rashsa, she’riyat - go‘zal fikrning go‘zal ifodasi”- deb javob bergan bo‘lar edim, deydi. “Go‘zal fikrning - go‘zal ifodasi” bu ta’rif shuni ko‘rsatadiki, ijodkorga ilhom bergan fikr, avvalo, go‘zal bo‘lmog‘i kerak, buning uchun ijodkorning qalbi, shaxsiyati go‘zal bo‘lsagina bu ishlarni yuzaga chiqish imkoni kengayadi. Shunda go‘zal satrlar yuzaga keladi. She’riyat inson qalbidagi nozik torlarni shunday mayinlik bilan chertadiki, qalb to‘lqinlanib ketadi, agar u yaxshi yozilgan she’r bo‘lsa, kitobxon qalbini larzaga soladi, uning tushunchalarini boyitadi, didini o‘stiradi.
She’riyat haqida taniqli shoirlarimizdan biri Abdulla Oripovning fikrlariga ham diqqat qilib ketsak: “Umuman she’riyat kishi qalbiga, eng avvalo, ruhiy tashnalik, cheksiz ehtiyoj, ajib bir sehr tariqasida kirib keladi, shekilli. Shuning uchun men she’riyatni ehtiyoj farzandi, deb atayman… She’r inson ruhini birinchi g‘ayritabiiy, ayricha holatida tug‘iladiki… faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg‘u cheksiz armonga, go‘zal iztirobga, qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyoj chinakam shoirni umr bo‘yi ta’qib etadi”22.
Juda go‘zal o‘xshatish, bu tashbehni o‘qib shuurimda o‘zgacha tasavvurlar jonlandi. Shoirning qarashlarida hayotiylik mavjud bo‘lib, “Ehtiyoj farzandi” noyob topilma ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Ijodkor ilhom daqiqalarida shunday holga tushadiki, qalb tug‘yonlari she’rga ko‘chadi, ko‘chganda ham ehtiyoj natijasida farzand, ya’ni she’r yaraladiki, bu she’rning inson ruhiga, qalbiga orom berishi bilan bir qatorda, ularning talqinida insonni anglash, his etish tushunchasi o‘z ifodasini topadi. Ilhom shoir qalbidagi tuyg‘ularni she’rga ko‘chishini ehtiyoj qilib qo‘yadi. Adabiy ijod jarayonini ko‘pincha ayolning boshqorong‘i bo‘lishi, homila ko‘rishi va tug‘ilishiga o‘xshatishadi. Bunga asos bor albatta. Ijodkorning xayoliga kelgan g‘oya kunlar o‘tgan sayin mukammallashib boradi va vaqti soati yetganda yetiladi va tug‘iladi.
V.G.Belinskiy ham adabiy ijod yakuni bilan bola tug‘ilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni alohida qayd etib o‘tgan: “Ona chaqaloqni qornida paydo bo‘lishidan to oy-kuni yetguncha saqlaganidek, san’atkor ham o‘zida poetik fikrning urug‘i (homilasi)ni paydo qiladi, oy-kuni to ‘lguncha saqlaydi; ijod jarayoni bola tug ‘ish jarayoniga monanddir va bu jismoniy hodisaning ma’naviy azoblari san’atkor uchun begona emas”.23
Qayd qilingan tushunchalarda juda asosli fikrlar, mulohazalar mavjud. Buning zamiridagi qarashlarda, insonni anglashga intilish tamoyili bilan bir qatorda, uning ruhiy-ma’naviy olamini anglashga bo‘lgan ehtiyojni sezamiz. Taniqli shoirimiz Erkin Vohidovning quyidagi satrlariga diqqat qilsak:
She’rning sozi – to‘rt satr,
To‘rt ajoyib – zo‘r satr,
Shoir odam o‘zini
To‘rt satrda ko‘rsatur.24
Bu sodda quyma satrlar orqali shoir chin go‘zal she’rni bor yo‘g‘i to‘rt satrda ham ifodalay olishi mumkinligi haqida fikr yuritmoqda. Ijodkor quruq olib qochilgan, uzundan uzun she’rlardan ko‘ra, qisqa va katta mazmunni o‘z ichiga olgan ijod namunalari yaratishga barcha ijodkorlarni chaqirgandek go‘yo. Aslida she’rlardagi ta’sir kuchi, qamrab olingan mazmun mohiyat, ya’ni ilgari surilayotgan ma’noni she’rning hajmi belgilamaydi. Mahoratli shoirga kuchli ma’noni ifodalash uchun to‘rt satr ham yetadi. O‘sha to‘rt satrdan olam-olam ma’no chiqarish, yoki chiqara olmaslik shoirning mahoratiga bog‘liqligi haqida Erkin Vohidov “shoir odam o‘zini to‘rt satrda ko‘rsatur” deya, keltirgan to‘rtligi bizning ham fikrlarimizga isbot bo‘ladi deb o‘ylayman.
Ijodkor o‘zining “Erk saodati” asarida shunday yozadi: “Barcha san’at turlari kabi she’riyat ham inson qalbiga, ruhiyatiga g‘izo beradi, unga qanot bo‘lib, yuksakka ko‘tariladi. So‘z va ohanglar, mo‘yqalam va ranglar kabi qalam va so‘z ham tuyg‘ularimiz tarbiyachisi, bizlarni kamolot sari yetaklovchi ulkan qudratdir”.25
Chindan ham she’rning ta’sir kuchi katta, kitobxon ko‘ngliga yoqadigan she’rni o‘qiganida ruhiyatida o‘zgacha kayfiyat, boshqa vaqtda paydo bo‘lmaydigan hissiyotlar yuzaga keladi. O‘sha she’r kitobxonning qaysidir nozik tuyg‘ularini junbushga keltiradi, ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hatto she’rxonni xayolan parvozga chorlab, yuksakliklarga ko‘taradi. Mo‘yqalamda ranglar vositasida chizilgan manzara ham bizga shunday ta’sir etishi mumkin, shu sabab so‘z va qalamni tuyg‘ularimizning tarbiyachisi deymiz.
Ma’lumki, adabiyotimizning tasvirlash imkoniyati juda katta. Unda jamiyat hayotida birlashish yasagan katta voqealardan tortib, o‘sha jamiyat a’zolarining turmush tarzi, urf-odati, madaniyati, axloqi, psixologiyasigacha bo‘lgan holatlar aks etadi. Erkin Vohidovning bir qator she’rlari borki, ularda ba’zan oddiy, ko‘z ilg‘amas, bir qarashda uncha muhim bo‘lib ko‘rinavermaydigan turli masalalar ilgari suriladi, ba’zilarida esa o‘ta muhim jamiyat hayotining eng faol nuqtalari qalamga olinadi va badiiy-estetik tafakkur mahsuli bo‘lgan tushunchalar asosida o‘z mulohazalarini qayd qilib boradi. Ijodkorning “Shoiru, she’ru shuur” asarida she’riyat haqida juda o‘rinli mulohazalar keltirilgan, ulardan ba’zilarini keltiramiz va tahlilga tortamiz:
“She’rni hech kim birovdan o‘rganib yozmaydi, hech kim birovga she’r yozishni o‘rgata olmaydi. Lekin she’riy iqtidori bor bo‘lgan boshlovchiga mahorat sirlarini o‘rgatuvchi ustoz kerak. “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” degan xalq maqolining she’riy hunarga ham daxli bor”.26
Ijod jarayoni, uning o‘ziga xos tamoyillarining barchasida insonni anglash, bu jarayonning murakkab qirralarini his etish zarurati tug‘ilmoqda. Shuning uchun ham, ijodiy jarayonning turfa olami, uning o‘zigagina xos tamoyillari asosida nglash his etish imkonini beradi.
Jahon adabiyotining yirik vallaridan biri aleksandr Genis adabiyot haqida dahshatli fikrlarni ilgari surgan edi: “bir xillik, yakranglik kishini zeriktiradi. Bu muqarrar tarzda orginalikka ishtiyoq tug‘diradi. Shuning o‘zi o‘zicha olinganda orginallikdir. Yangi voqealarga mushtoq – belgidir. Yangi zamon belgisi”.27
Adabiiyot yangilanishga ehtiyoj sezar ekan, uning turfa olam ekanligi anglanishi, his etilishi kerak. Madh etish ham, rad etish ham she’riyat emas. El ko‘nglidagini topish va el ko‘ngliga yo‘l topish – bu she’riyat, san’at. Mana bu yo‘lda shirin jondan kechmoq kerak”. “She’riyatning mavzulari, ohanglari, ifoda uslublari har davrda o‘zgacha bo‘ladi. Lekin bir narsa hamisha ustuvor: she’riyat inson qalbining holati ekani, uning quvonchi, muhabbati, nafrati, sog‘inchi ifodasi ekani – abadiy. Ammo shu jihatlar badiiyatda turfa ohanglarda ifodalanishi lozim.
Adabiyotning yangilanishi, davrga hamohang bo‘lishi, tabiiy hol. Har bir davr o‘ qarashlarini, badiiy g‘oyalarini singdirib, yangilab boradiki, bu esa hayotdagi, insondagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘lanadi. Menimcha, an’anaviylik o‘z ichiga ko‘p tushunchalarni oladi. Masalan, g‘oyaviylik, obrazlilik, mantiqiy izchillik, ichki musiqiylik ham an’anaga kiradi.
Umuman, she’riyatning kishi qalbiga yaqinligi, inson dardi, hasrati, quvonchi ifodasi ekani ham an’anaviy hodisa. Demak an’anadan qochib bo‘lmaydi. Shakldagi, ohangdagi izlanishlar esa hamisha mavjud bo‘lgan. Yangi-yangi ifoda shakllarini izlashning o‘zi ham an’ana. Demak, an’anadan qochishga intilgan yoshlarning o‘zi an’anaviy bo‘lib chiqadi”. Ijodkor shu zamin, shu insonlar hayotiga chambarchas umrini, sarf etgan daqiqalarini aziz hisoblaydi. She’r – shoir qalbining tiniq ko‘zgusi, shoirni iztirobga solgan kechinmalar, his-tuyg‘ular, muammolar ham o‘sha she’rda mujassamdir.
Yuqorida ijodkorning mulohazalari shuni ko‘rsatadiki, shoirlik birovdan o‘rganiladigan, yoki o‘rgatiladigan kasb emas, faqatgina shoirlik iste’dodi bor yoshlar uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan ustoz zarurligini anglatadi. Bunday iqtidori yo‘q odamni tarbiyalab hech kim shoir qilib qo‘yolmaydi.
Shoirlik, uning qismat ekanligi ta’kidlagan O‘zbekiston Qahramoni, aniqli shoir Abdulla Oripov ham yuqoridagi mulohazalarimizga monand fikrlarini aytgan ekanlar, shu o‘rinda bu fikrlarni ham keltirib o‘tamiz: “Shoirlik bu – kasb emas. Bu bir taqdir deyishadi, fazilat ham deyishadi. Shoirlikka maktab ham, diplom ham yo‘q”.28
Bilamizki, she’riyatda shunday qudratli ta’sir kuchi borki u qalblarni to‘lqillantirish xususiyatiga ega, bunday ta’sir kuchi faqatgina chinakam she’rlardagina mavjud. Chunki she’r deb e’lon qilinayotgan hozirgi kundagi barcha she’rlarni o‘qiganimizda bunday to‘lqinlanish yuz beravermaydi. Shoirlikni orzu qilib, havaskorlik sabab yozilgan she’rlar vaqt sinovidan o‘tolmaydi, o‘z muxlislarini topmagach e’tibordan chetda qolib ketadi, chin ilhom natijasida tug‘ilgan she’rlar umrboqiy she’riyat durdonalari qatoridan joy oladi va zamon, vaqt sinovidan shubhasiz o‘tib o‘z o‘quvchilarini topadi.
Ijodiy jarayonning o‘zigagina xos tamoyillari mavjud bo‘lib, bu jarayonni ijod ahli anglaydi, his etadi. Shuning uchun ham, ijod murakkab bir jarayon ekanligi alohida qayd etiladi. Ijodi bilan shoir elning ko‘ngliga yo‘l topishi, qalbidan chuqur joy egallashi onson emas. El ko‘nglidagini topishchi, bu ham hamma ijodkorlarga ham nasib etavermaydi. She’r inson ko‘nglini yuksaklarga ko‘taradi, chinakam go‘zal she’rni o‘qigan yoki tinglagan qalbda ko‘tarinki kayfiyat albatta tug‘iladi va satrlar ohangi va mazmuni beixtiyor xayolini band etadi. Shoir ahli so‘zlar yordamida biror bir manzarani yoki voqeylikni chizadi, agar shoir so‘zining sehr kuchidan ustalik bilan foydalansa, ko‘ngilga shu’la tushadi. She’riyat sabab biz o‘z tuyg‘ularimizni tarbiyalab boramiz, uning tarbiyaviy ahamiyati katta, she’rning mavzusiga qarab, ya’ni unda ilgari surilgan g‘oyaga qarab o‘zimiz uchun olinadigan xulosani, tarbiyaviy maqsadni belgilaymiz.
Har bir ijodkor adabiyot haqida umuman ijod jarayoni, uning yuzaga chiqishida muhim bo‘lgan jihatlar, holatlar haqida o‘z munosabatini bildirib o‘tadi, chunki yillar davomidagi ijodidan chiqargan xulosalari istaydimi yo‘qmi qog‘ozga ko‘chadi. Ana shu xulosalar adabiy-estetik fikrlar rivojiga, adabiy- tanqidiy qarashlar rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan manbalar yig‘indisini tashkil qiladi.
Shoira Zulfiyaning ham she‘riyat haqidagi adabiy-tanqidiy fikrlari bilan tanishib, ulardan ba’zilarini keltirib o‘tsak, “Menimcha, she’riy asarning umri xuddi urug‘ning umriga o‘xshaydi. Dastlab u – fakt, kuzatish, hali fikrga aylanmagan hissiyot-u, hali hissiyot tug‘dira olmagan fikr. Urug‘ning bari tuproqqa tushadi, tuproqda yotib bo‘rtadi, bo‘lajak niholni yuzaga keltiruvchi kurtakka aylanadi. Va nihoyat, jiz etib, jindak issiq, nam, iliq havo tekkach, yerdan bosh ko‘tarib, yangi umrini boshlab yuboradi. She’r ham shunday. Buning muddatini aytib bo‘lmaydi. Chog‘imda asarning rejasi ham g‘allaga o‘xshash kuzgi va bahorgi bo‘ladi, ba’zisi tez nishona ko‘rsatsa, ba’zisining miyada qishlab chiqishi darkor bo ‘ladi. Tabiiyki, ba’zan urug‘ning ichida ham puchagi uchraydi, undan nish urib chiqqan nihol baribir ko‘karmaydi, binobarin, shoir ham xuddi dehqon kabi goh mo ‘l hosil oladi, goh oz”.29
Iste’dodli shoiramiz haqli qayd qilganidek, she’riyat bu go‘zallik, yaratuvchanlik xislatlarini namoyon qiluvchi voqealar jarayonidi. Uning qalbida ezgulik urug‘i bilan bir qatorda, inson qalbini larzaga soluvchi, tuyg‘ular g‘amini yuzaga chiqaruvchi holatlarni talqin etuvchi, eng avvolo uni his etuvchidir.
Zulfiyaning talqinida “She’r tuyg‘ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!”, “She’riyat yurakdan yurakka bormog‘i shart. Uning bu sifati har doim zamonaviydir”. “She’rning yozilishi uchun goh lahzalar, goh yillar yetmaydi”. “Har bir she’rning o‘z taqdiri bor”. Samimiy qalb tuyg‘ulari singmagan she’riyat uzoq yashamaydi”. Ijodkorning she’riyat haqidagi bu fikrlari birdaniga tug‘ilgan emas. Balki hayoti davomida, yillar davomida go‘yo she’r kabi tug‘ilgan. Tajriba ortgan sayin, shunday qalb portlashlari – bir-birini to‘ldiruvchi fikr-mulohazalar tug‘ilishiga olib kelgan. Shuning uchun ham shoira she’riyati yashayabdi, yashamoqda. Uning harorati, qalb to‘lqinlari she’riyatda o‘z ifodasini topmoqda.
Bu kabi qarashlarning barchasi o‘z navbatida she’riyatning mohiyatini chuqur anglashga yetaklaydi. She’riy asarning qudratli kuchi dillarga harorat, ezgulik baxshida etishini yorqin tushuntiradi. She’r yaratishi mashaqqati va uni yengishning yo‘llari haqida saboqlar beradi. She’r va qo‘shiq hamisha yonma-yon turishini bilamiz, quyida bu ikkisi haqidagi mulohazalarni davom etamiz. She’riyatning onasi qadim-qadimgi mehnat qo‘shiqlaridir. Ibtidoiy odam qo‘shiq bilan hayot zahmatini yengillashtirgan. Qo‘shiq nafaqat inson umri – insoniyat umriga yo‘ldosh deyish mumkin. Axir Odamatoga kuy bilan jon baxsh etilgan deb bekor rivoyat qilmaganlar. Qo‘shiqning joni kuy bo‘lsa, vujudi she’rdir”30. She’r va qo‘shiqni bir-birisiz tasavvur qila olmaymiz. She’r kuy orqali vujudimizga yanada chuqurroq kirib boradi. Musiqa va she’rni bir onaning ikki egizak qiziga o‘xshatishlari behudaga emas. Ular bir-birini to‘ldiradi, she’r kuyni, kuy she’rni boshqacha jihatlarini ochib beradi va ko‘ngillarga kirib boradi.
Qo‘shiq aytish va hirgoyi qilishning farqi bor albatta, qo‘shiqni jarangdor ovozi bor odam aytadi, hirgoyiga esa hamma qo ‘shilishi mumkin. Yaxshi she’r, yaxshi kuyga solinib, yaxshi ovoz bilan ijro etilsa uning qiymati yanada ortadi. So‘z, kuy va ijroning muvofiq bo‘lishi, ularning har uchchalasi ham baland maqomda bo‘lishi kamdan-kam yuzaga keladigan holatdir. Bu yaratuvchilar uchun ham eshituvchilar uchun ham ulkan baxtdir. Har qanday ijodkor yozganlarini kuyga solinishini, ijro etilganda ham maromiga yetib ijro etilishini orzu qiladi. Shu jihatdan ham, shoir she’riyatining o‘ziga xos taravoti yanada mayinlashadi, yanada go‘zallik kasb eta boshlaydiki, bu asarning ikkinchi umri sifatida e’tirof etiladi. Ijodkorning she’r yozish mashaqqati haqida hazil tariqasida yozilgan, ammo hazilning tagida qandaydir chin haqiqatlari mavjud bo‘lgan satrlariga e’tiborni qaratsak:
She’rim, mana bitding nihoyat,
Tunim uyg‘oq o‘tdi qoshingda,
Bitding dedim, sevinma faqat,
Qancha ish bor hali boshingda.

Hali seni tirnab-tirmashlab,


Yuz martalab o‘chirmog‘im bor.
Qayta-qayta g‘ijimlab tashlab,
Takror-takror ko‘chirmog‘im bor…

Ilhom dilga bog‘lagan qanot,


Unda-bunda tashlaymiz odim.
Bizga aylab “shirin” iltifot,
Qarshi olar adabiy xodim.

Seni asta yonimdan olib,


Qo‘rqa-pisa tutaman unga,
She’rmi, deya u qovoq solib,
Ko‘zoynagin qo‘yar burniga.

O‘qib chiqar, tortmaga tashlar,


O‘z ishini ettirar davom.
Endi, she’rim, shu kundan boshlab,
Sen meniki emassan tamom.

Hech kim seni she’r demas endi,


Hech kim demas, qo‘shiq yo g‘azal.
Sen kuy, ilhom, shavq emas endi,
Bunda sening noming “material”…

Hali seni, she’rim, necha bor


G‘urbatlarga yetaklar taqdir.
Bunda qancha… muxlislaring bor,
Hali seni qilurlar tahrir.

O‘zgaradi qancha kaloming,


O‘zgaradi qanchalar lavhang,
Yozilganda “Tong” bo‘lsa noming.
“Oqshom” bo‘lar balki sarlavhang.

So‘ng olamga yoygali qanot,


Elni o‘zga qilgali “shaydo”
Quyosh yanglig‘ bir kuni – hayhot! –
Gazetada bo‘lursan paydo.

O‘z nomimdan taniyman arang,


Lol turaman, sening qoshingda.
Navbat bilan tanqidchi akang
Yong‘oq chaqar endi boshingda…31
1961-yilda yozilgan bu hazilomuz she’rda davr bilan bog‘liq ba’zi haqiqatlarga ishora qilingan. Bundan tashqari she’rning yaratilishidagi mashaqqat, yaratilib bo‘lgach ham uni kitobxonlarga yaratilgan holida yetkazish onson emasligi ochib berilgan. She’rni yozganda shoir ilgari surgan g‘oyalar bosilib chiqqanda butunlay o‘zgarib ketishi holatlari ham kuzatilgan, bu holatlarni kinoya orqali, nozik qochirmalar bilan tasvirlagan. Tahririyatga berilgan she’rning chiqishini oylab, yillab kutishgan, chiqqanda ham uning nomi o‘zgargan, g‘oyasi o‘zgargan, shoir o‘zining nomini o‘qib she’r unga tegishli ekanini bilgan holatlar bo‘lib turgan.
Komil ishonch bilan shuni aytish joizki, Erkin Vohidov yangi o‘zbek she’riyatining ko‘rki va faxridir. Shoir asarlarini ya’ni she’riyatini ixlosmandlari qalbida uyg‘otgan kechinmalar beqiyosdir. “Erkin Vohidov haqli ravishda XX asrning so‘nggi va XXI asrning birinchi buyuk shoiridir. Bu xulosa, bu fikr zamirida ijodkorning adabiyotimizdagi o‘rniga munosib baho berilgan, chunki, ijodkor she’rlari bilan o‘zbek adabiyotini, xususan, she’riyatini yuksak pog‘onaga ko‘tarilishida beqiyos hissa qo‘shgan.
XX asrning oxirida o‘zbek she’riyati o‘z rivojida katta yutuqlarga erishdi. Bu davrda Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Xurshid Davron va boshqa ijodkorlar o‘zlarining o‘ynoqi va jimjimador, kuchli mazmun-mohiyatga singdirilgan satrlari bilan she’riyatimizni boyitdilar. Bunday ijodkorlar qatorida old o‘rinlarda tura oladigan, o‘zining sermahsul ijodi bilan kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan Erkin Vohidovni alohida ta’kidlamaslik mumkin emas.
Bilamizki, Erkin Vohidov tengdosh bo‘lgan avlod adabiyotga o‘tgan asrning 60-yillarida kirib keldi va o‘zbek she’riyatini ham shaklan, ham mazmunan qayta yangiladilar, o‘zbek she’riyatida yangicha ruh, yangicha ohanglar tarannum etila boshladi. Aynan shu yillarda qo‘liga qalam olgan shoiru yozuvchilarning yuragi erk, ozodlik tuyg‘ulari bilan to‘lib toshgan davr edi. O‘sha davrning, tuzumning ta’qiqlaridan kelib chiqib, bu davrdagi ijod ahli o‘zlarining aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini ramziy tasvir vositalari yordamida satrlar qatiga singdirib yubordilar. Erkin Vohidov bu davrdagi ijodi haqida eslarkan shunday deydi: “Mening ham o‘sha yillarga mansub she’rlarimning har uchtadan bittasida jamiyatdagi yolg‘on-u aldovlarga qarshi isyon tuyg‘usi bor”32.
Bu davrda ijod qilgan har bir ijodkor qullikka mahkum etilgan xalq o‘zining ayanchli turmushi mohiyatini chuqurroq anglasin, unga tanqidiy nuqtayi nazardan qarasin, degan qutlug‘ niyat bilan qo‘liga qalam oldi, butun adabiyot, ma’naviyat tarixida yangicha sahifalar ochildi. Ular katta qudratga ega bo‘lgan so‘z yordamida odamlarning mudroq bosgan qalbini uyg‘otdi. Shu o‘rinda bir go‘zal satrlarga diqqat qilsak va uning ohangidan dilimiz yayrasa:
Do‘stlarimni hayron qoldirar
Ba’zan ishqiy she’rlar yozganim,
Hazilkashlar qo‘ymasdan so‘rar:
“Kuylaganing qaysi nozanin?”

Yo‘q dey desam, kulgu bo‘laman,


Aldamoqni hech ko‘rmayman ep,
Ne ham derdim, hazil qilaman,
Shoir hali izlanishda deb33.
She’r shoirlarning o‘ziga xos bir xususiyati tasviriga bag‘ishlangan, bilamizki, mumtoz adabiyotimizda she’rlarda uchraydigan mashuqa timsoli majozan Ollohga ishoradir. Bu an’ana ba’zi jihatlari bilan hozirgi zamonaviy she’riyatimizga ham ko‘chgan, uning mohiyatini hamma ham tushinmaydi. Shoirlar ijod namunalarida yor haqida yozishsa, bu she’r qaysi go‘zalga atab yozilgan ekan deb shoirga murojat qilishadi, she’rni yuzaki tushunishadi. Ijodkor shu holatga atab bu quyma satrlarni yaratgan.
Erkin Vodidov iste’dodli ijodkor sifatida adabiyotni, uning mohiyatini, ijod va ijodiy jarayonini teran anglagan ijodkorlardan biri sifatida e’tirof etilishining o‘ziga xos sabablari ham mavjud. Uning ijodiy jarayon haqidagi qarashlarida davrning murakkab haqiqati mujassamlashgan. Ijodkorning she’riyat haqidagi adabiy-tanqidiy qarashlari borasidagi mulohazalarimizni shoirning quyidagi fikrlari misolida yana bir jihatini ko‘rishimiz mumkin: “Yaxshi she’r yaxshi shoir kabi noyob hodisa. Chinakam shoir har yili chiqavermaganidek, chinakam yaxshi she’r hatto eng ulkan shoirlarga ham har kuni nasib bo‘lavermaydi. Shunday she’r paydo bo‘lgan kun esa, faqat shoir uchun emas, butun she’riyat uchun bayram bo‘ladi”34
Erkin Vohidovning nazarida chinakam yaxshi she’rning yaratilishi nafaqat shoir uchun, balki butun she’riyat uchun ulkan bayram sifatida qabul qilinishi lozim, ijodkor ham shunday qabul qilgan. O‘zi yaratgan she’rni ham, boshqa ijodkorlar tomonidan yaratilgan chinakam yaxshi she’rni ham katta xursandchilik bilan qabul qilgan. Haqiqiy shoirgina shunday qabul qiladi, faqat o‘zi yozganlari bilan o‘ralashib qolmaydi. Boshqa ijodkorlar ijodi bilan ham qiziqadi, yaxshi ijod namunalari yaratilsa sevinadi.
Ijod va ijodiy jarayonniing turfa olamini anglaganligi uchun ham, uning she’riyatiga talqinlarda lirik qahramonning nidolari, tuyg‘ulari, iztiroblari mukammal tarzda mujassamlashgan bo‘lsa ajab emas.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish