Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanilgan:
maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning demokratikligi;
bola shaxsiga yо‘naltirilganligi;
bolani sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
maktabgacha ta’limda о‘yin faoliyatining yetakchiligi;
maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.
Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qо‘ygan:
ijodkorlik, tasavvur eta olish, zukkolik;
mustaqil fikrlash layoqatiga ega bо‘lish;
muammolarni aniqlash va ularni hal etish yо‘llarini topishga intilish;
jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.
“Bolajon” tayanch dasturida har bir bolani rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanilgan:
davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bо‘lgan munosabatining kuchayganligi;
erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, о‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanayotganligi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllanayotganligi.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak maktabgacha ta’lim sohasida Quyidagilarni bajarish muhim:
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo'lib:
O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash; o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab- quvvatlash kabilarni maktabgacha ta’limda rivojlantirish kerak. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’di. Ushbu dastur asosida qilingan ishlar natijasida maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanib, yetuk barkamol avlodning poydevori qo’yilishining asosi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |