Talab – bu biror bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar majmui.
Indikator – bolaning ko‘z bilan ko‘rish va o‘lchash mumkin bo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi.
1.2 “ILK qadam”dasturining yaratilishi va uning ahamiyati.
1932-yil - Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog'chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va mazmun berishga yordam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasa-sidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish ma- salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi-lan mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan-tirish, savod chiqarish bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu-rakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi.
1938-yil - Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma nashr etildi. Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi-yalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- dashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo'llanmada o'z aksini topdi.
1953-yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI - Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagiqarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta'lim - tarbiya ishlari yoritib berildi.
1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari-
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.
1978-1980-yilIar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya prog-rammasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi.
1980-1999-yillar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya pro- grammasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi.
2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan "Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi.
2018-yiI - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi
“ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv- tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3,
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar-cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan
«Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.
“Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |