Yurish va yugurish: Oyoqni sudramasdan, chamalamasdan to‘g‘ri yo‘nalishda olib yuradi; chegaralangan tekislikdan yuradi (eniga 15–20 sm); 30–40 soniya davomida aylana bo‘ylab bir tarafga yuguradi; joyida aylanadi; polga to‘lqinsimon yotqizilgan arqon ustida yuradi; 80 metrgacha sekin yuguradi.
Sakrash. Ikki oyoqda joyidan oldinga qarab sakraydi; pred- metlardan sakrab tushadi (balandligi 20–30 sm); ariqchalardan sakrab o‘tadi(kengligi 20–25 sm).
Irg‘itish va ushlab olish. Kattalarga koptogini irg‘itadi, uloqtirilgan koptokni ushlab oladi (masofa 50–100); predmetni nishonga otadi (masofa 100–120 sm); koptokni ikki qo‘llab oldinga pastdan uloqtiradi; predmetlar orasidan koptokni yumalatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |