Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari
“Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.
Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.
№
|
Mavzu savollari
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
9-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada asosiy harakatlarini rivojlantirishning ahamiyati.
1 Asosiy harakatlarning ahamiyati.
2 Siklik va asiklik tipdagi harakatlarning farqi.
3 Bolalarni asosiy harakatlarga o’rgatish va ularni takomillashtirish.
Asosiy harakatlarning ahamiyati. Inson o‘z faoliyatida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi turli hayotiy zarur harakatlarga asosiy harakatlar, deyiladi. Bu harakatlarning doimiy zarur komponenti muvozanatni his etishdir.
Asosiy harakatlar dinamik xarakterga ega. Ular ko‘p miq- dordagi muskullarni ishga soladi va barcha funksional jarayon- larni faollashtirib, organizmga yaxlit ta’sir etib, bolaning jismoniy rivojlanish va sog‘lomlashishiga yordam berib, butun organizmning hayot faoliyatini oshiradi.
Asab tizimining boshqarish faoliyati asosiy harakatlarning takomillashuvini belgilaydi. Ayni paytda teskari bog‘liqlik – mashqlar ta’sirida asab tizimi faoliyatining takomillashuvi sodir bo‘ladi.
Asosiy harakatlarning rivojlanishi maqsadni ko‘zlab rahbarlik qilingan sharoitda bilish, irodaviy, emotsional, ruhiy tarbiyalash jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Asosiy harakatlar bolada turlicha mo‘ljal olishni tarbiyalashga xizmat qiladi: fazoda – harakat yo‘nalishini, predmetlarning uzoqligini va joylashish o‘rnini, predmetlar o‘rtasidagi fazoviy nisbatlarni, ko‘z bilan mo‘ljallashni rivojlantirish; vaqtda – mashqlarni bajarish davomiyligi va uning ayrim fazalarining izchilligini, harakatlarni belgilangan yoki individual sur’atda bajarish; jamoa bo‘lib harakat qilish chog‘ida mo‘ljal olish – barcha guruh saflanayotgan va qayta saflanayotganda, tarqalib harakat qilayotganda o‘z o‘rnini topish: birgalashib harakat qilayotgandagi turli vaziyatlarda mo‘ljal ola bilish. Ularning hammasi tashqi sharoitni hisobga olish va shu asosida bir maqsadda harakat qilishga yordam beradi.
Asosiy harakatlar estetik his-tuyg‘ularni tarbiyalashda ham muhimdir: ular chiroyli, to‘g‘ri qomatning shakllanishiga, harakatlarning aniq, ifodali va uyushgan bo‘lishiga, jamoaviy harakat qila olishga va fazoda to‘la foydalanishga yordam beradi. Asosiy harakatlar siklik va asiklik turlarga bo‘lina oladi. Birinchi sikldagi harakatlarning xarakterli xususiyati butun gavda va uning alohida qismlari to‘xtovsiz ravishda dastlabki holatga (masalan, yurish, yugurish) qaytayotganda bir xil siklning doimiy bajarilishi bilan amalga oshiriladi.
Siklik tipdagi harakatlar tez o‘zlashtiriladi va avtomatlashadi. Bu sikllarning muntazam takrorlanishi bilan izohlanadi. Ular mazkur siklning harakat elementlari izchilligi tizimida mustah- kamlanadi. Harakatlarning almashinishi va ularni takrorlashda tegishli muskul sezgilari bilan sikllar takrorlanish izchilligining bog‘liqligi mazkur harakatning ritmliligini hosil qiladi.
Asiklik tipdagi harakatlar takroriy sikllarga (uloqtirish, sak rashlar) ega bo‘lmaydi. Har bir shunday harakat o‘zida harakat fazalarining muayyan izchilligini saqlaydi, ayrim fazalarni ba- jarishning muayyan ritmiga ega bo‘ladi. Asiklik harakatlar siklik harakatlarga qaraganda o‘zlashtirishning juda izchil bo‘lishini talab qiladi. Ularni bajarishda harakatlarning birmuncha mu- rakkab koordinatsiyasi, diqqatini yig‘ish va irodaviy zo‘r berish zarur bo‘ladi.
Asosiy harakatlar ta’lim va tarbiya jarayonida astasekin yu zaga keladigan shartli reflekslardir. Maktabgacha bo‘lgan davr ichida aso s iy harakatlar rivojlanadi, takomillashadi, harakat stereotiplari sifatida mustahkamlanadi.
Harakatlarning muayyan izchillikda ko‘p martalab takrorlanishi, masalan, yurish, yugurish, uloqtirish va hokazo mashqlarda alohida elementlarning har biri o‘rtasida muvaqqat bog‘lanishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki harakatni bajarishda boshlanadigan bo‘g‘im-muskul signalizatsiyasi bevosita keyingi tizimga mustahkamlanadigan, avtomatlashadigan barcha signallarni uyg‘otadi. Bolalarda shu tufayli hosil bo‘ladigan dinamik stereotiplar juda barqaror bo‘ladi.
Biroq bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatish va ularni rivojlantirishda chidamli dinamik stereotipni shakllantirish, tezda qayta qura olish, tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatiga alohida e’tibor berishni talab etadi. Bu mashqlarni turli variantlarini bajarish topshiriqlarni, harakat sur’atini ular bajaradigan sharoitni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bolalarda harakatlar sur’atining notekisligini ko‘ramiz: ular gohida tez yurib, deyarli chopib ketadilar, gohida qadamlarini sekinlatadilar. Bola ikki yoshga qadam qo‘yganida o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda yuradi. Uch yoshga qadam qo‘yganda barcha bolalarda oyoq va qo‘l harakatlarining uyg‘unligini ko‘ramiz; bolalar yurganda yo‘nalishga rioya qiladilar, yurishdan yugurishga o‘tadilar. To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolada yurishni shakllantirishning asosiy sharti maqsadga yo‘nalgan ta’limdir. Bu bolalar tomonidan yaxlit mashqlar metodi bilan to‘g‘ri yurish usullarini o‘rganish orqali o‘ziga xos o‘yin formasida amalga oshiriladi.
Bola besh yoshga qadam qo‘yganda (ayniqsa ikkinchi yarmida) ta’lim jarayonida asta-sekin to‘g‘ri qomat, qo‘l va oyoqlarni bemalol idora qilish, fazoni, yo‘nalish o‘zgarishini erkin mo‘ljalga olish ko‘nikmasini egallay boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlar sifatiga juda katta talablar qo‘yadi. Odatdagi to‘g‘ri yurish quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: gavda tik holatda tutiladi, yelkalar kerilgan, qorin chiqarilmaydi, bosh biroz ko‘tarilgan (yo‘lni ko‘rish nazorati oyoq ostidan 2–3 metr) bo‘ladi. Nafas ritmik holda burun yoki og‘iz orqali bir tekis olinadi. Barcha qadamlar bir xil, muayyan yo‘nalish va ritmda tashlanadi, qo‘l va oyoq harakatlari koordinatsiyasi to‘g‘ri bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlaridagi asosiy harakat turlari (2soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |