Syujetli o’yinlar- shartli real vaziyati bolaga o’ziga tanish hayotiy obrazning qayta bajarishida yordam beradi
Sport o’yinlari – bularga voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi
Tasnif – bu jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko’ra guruh va kichik guruhchilariga taqsimlanishidir.
Harakatli o’yin – bu turli emosional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir.
Sport – jismoniy mashqlarning biror turida yuqori natijaga erishishga qaratilganligidir.
Turizm – harakat ko’nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlanishiga imkon beradi.
Sur’at – harakat davri yoki harakat miqdorining vaqt birligida takrorlanish sonidir.
Ritm – mushak kuchlanishi va bo’shashining navbatma-navbat almashinuvidir.
Badantarbiya – kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |