O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Download 3,62 Mb.
bet165/237
Sana31.12.2021
Hajmi3,62 Mb.
#243443
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   237
Bog'liq
2 5406822419266538048

Mazmuni. Ertalabki gimnastika mashg‘ulot komplekslari katta guruhdagi mashqlar kompleksidan aytarli farq qilmaydi. Bunda sur’at biroz ortadi hamda umumrivojlantiruvchi mashqlar ko‘proq (6–8 marta) takrorlanadi. Yugurish jadalligi uning davomiyligini oshirish hisobiga kuchaytiriladi. Bunda yurish yugurish bilan almashtirib turiladi. Ertalabki gimnastikaning yakunida bajariladigan, turgan joyida sakrash mashqlarining soni ortadi (kamida 30 marta sakrab, biroz tanaffusdan keyin yana shu miqdor takrorlanadi), sakrashning maromlik tasviri xilma-xil va murakkab bo‘lib boradi (ikki marta pastroq, bir marta balandroq sakrash; turgan joyda 5 marta sakrab oltinchisida aylanib burilish va h.k.). Sakrash vaqtida qo‘llarning xilma-xil harakat va holatlari bajariladi. Masalan, arqonning o‘ng tomonidan va chap tomonidan sakrab o‘tish mashqlari, qo‘llarni boshdan orqaga qo‘yib sakrash mashqlari shular jumlasidandir.

Shunday qilib, umumiy ertalabki gimnastikaning funksional ta’siri kuchayadi, uning har bir mashqlar dasturi avvalgidek ikki hafta mobaynida muttasil takrorlab boriladi. Oradan birmuncha fursat o‘tgach (2–3 oydan keyin) mana shu mashqlar kompleksining o‘zini takrorlash yoki buyumlar bilan bajariladigan mashqlardan iborat mashqlar kompleksi tuzilayotganida uni asos qilib olinishi mumkin.


cho‘kkayish nafas chiqarish va hokazo) nafas chiqarish va nafas olishni moslashtirishni birnecha bor takrorlaydi. Ba’zi bir mashqlar uncha katta bo‘lmagan tabiiy zo‘r berish bilan bog‘liq. Ana shunday zo‘riqishda nafas olish qisqa vaqtga to‘xtatiladi, so‘ngra nafas chiqariladi va nafas olinadi.

Bolalarni maktabga tayyorlov guruhida ertalabki gimnastikaga tayyorgarlik ko‘rish va bolalarni to‘plashni navbatchilarga topshirish mumkin. Tarbiyachi faqat bolalarning ertalabki gimnastikaga qanday to‘planayotganliklarini kuzatib maslahatlar beradi, bolalarning yuksak darajadagi uyushqoqligiga erishish uchun qisqa-qisqa ko‘rsatmalar berib turadi. Ertalabki gimnastika 10–12 minut davom etadi.

Besh yoshga qadam qo‘ygan bolalar ertalabki gimnastikani tayyorlash va o‘tkazishda ancha mustaqilroq bo‘ladilar. Tarbiyachining taklifiga ko‘ra bolalar tezda uyushqoqlik bilan yechinadilar va mashqlarni bajarishga kirishib ketadilar. Ertalabki gimnastikani o‘tkazish vaqti kun tartibida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. U 6–8 minut davom etadi.

Ertalabki gimnastika mazmuniga yurish, yugurish va bir joyda turib sakrash mashqlari hamda yelka-o‘mrov qo‘l, bo‘yin, oyoq, qorin va bel muskullarini mustahkamlashga qaratilgan 1–5 mashq kiritiladi (1,2-rasm).










1–Ertalabki gimnastika uncha uzoq vaqt davom etmaydigan yurishdan boshlanadi. Bunday yurish bir xil va zerikarli bo‘lmasligi kerak. U turli tarzda: ketma-ket bo‘lib turib, juft- juft bo‘lib turib, tarqalib yurib va boshqa istalgan tartibda saflangan holda bajaradilar. Yurishdan asta-sekin yengil yugurishga (zal bo‘ylab 1,5–2 marta doira yasab) yugurishdan esa yana sekin yurishga o‘tiladi. Mana shu sekin yurish vaqtida qayta saflanish amalga oshiriladi.

2–Yil boshida bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun ko‘pincha davra qurib turadilar. Yilning ikkinchi yarmida ularni zvenolarga bo‘lib ham shug‘ullantiriladi.

3–Ertalabki gimnastika mashqlar kompleksidagi umumiy rivojlanish mashqlarining joylanish sxemasi avvalgi guruhlarda qanday bo‘lsa bunda ham shunday: dastlab yelka-o‘mrov va qo‘l muskullarini mustahkamlovchi mashqlar keyin esa oyoq va gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar bajariladi. Mashqlar kompleksining mazmuni bolalar shu yil yoki o‘tgan yili mashg‘ulotlarda o‘rgangan mashqlaridan iborat bo‘ladi. O‘rta guruhdagi ertalabki gimnastikada har turli dastlabki holatlar (tik turish, o‘tirish, cho‘kkalab turish) va qo‘lning har xil dastlabki holatlari (yon tomonlariga, oldinga uzatish, belga, yelkalarga qo‘yish va boshqalar) dan foydalaniladi. Mashqlar uchun mayda buyumlar (kubiklar, ro‘molchalar va boshqalar) dan tashqari o‘rtacha hajmdagi to‘plar, keglilar ham qo‘llaniladi. Turli muskul guruhlari uchun mo‘ljallangan mashqlar 4–6 martadan takrorlanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan so‘ng turgan joyda sakrash mashqlari o‘tkaziladi. Bu mashqlar tobora har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: oyoqlar kerilgan–oyoqlar juftlangan atrofga burilishlar bilan polda yotgan lenta ustidan oldinga orqaga hatlab kegli atrofida oldinga surilib sakrash kabi. Sakrash me’yori har safar 15–20 tadan. Sakrash mashqlari turgan joyda yugurish yoki zal atrofida yugurish bilan almashtirilishi mumkin. Bunday yugurishdan keyin sekin yugurishga o‘tiladi. Ertalabki gimnastikada ba’zan sakrash va yugurish o‘rniga oddiy lekin his-hayajonli ruhdagi harakatli o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ertalabki gimnastikaning har bir mashqlar kompleksi bir hafta mobaynida takrorlanadi. Ayrim mashqlarni tarbiyachining xohishi bilan almashtirish mumkin. Ertalabgi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari nafaqat bola balki katta yoshdagi kishilar uchun ham juda foydali hisoblanadi.


Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish