Subekvatorial o‘rmonlar zonalari. Nam ekvatorial o‘rmonlarning shimoliy
va janubiy qismlarida tor polosa bo‘lib fasliy nam subekvatorial o‘rmonlar zonalari
joylashgan. Shimoliy subekvatorial o‘rmonlar zonasi shimoliy yarim sharda juda
tor polosa hosil qilib, g‘arbda Atlantika okeani va Gvineya qo‘ltig‘i sohillaridan
sharqda Albert ko‘li qirg‘oqlarigacha chuzilgan. Janubiy subekvatorial o‘rmonlar
zonasi shimolga nisbatan keng polosa hosil qilib, g‘arbda Atlantika okeani
sohilidan sharqda Tanganika ko‘ligacha cho‘zilib borgan. Bu zonalar uchun uzoq
davom etadigan nam mavsum va qiska vaqt davom etadigan quruq mavsum
harakterlidir. Quruq mavsum paytida ayrim daraxtlar bir necha haftaga bargini
tukadi. Bu zonalarda semba, danta, gildegariya, afora va boshqa darxtlar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |