O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Tekshirilish tarixi 

Atlantika okeani juda qadim zamondan kishilarga ma’lum bo‘lgan. U ilmiy 

tadqiqot etilishi jihatdan boshqa okeanlar o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Bunga 

asosiy  sabab  okean  sohillarida  ko‘plab  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan 

mamlakatlarning  joylashganligidir.  Qadimgi  davrdan  boshlab  okean  va  uning 

dengiz  qirg‘oqlarida  dengizda  suzishning  markazlari  Qadimgi  Gresiyada, 

Karfagenda, Skandinaviyada vujudga kelgan. 

Atlantika okeani eramizdan oldingi 2 minginchi yillarda O‘rtayer dengizidan 

keyin  dengizda  suzuvchilarning  ikkinchi  ob’ekti  bo‘lib  qoladi.  Eramizdan  oldingi 

(VI  asr)  davrlarda  finikiyaliklar,  rimliklar  okeaning  Yevropa  va  Shimoliy  Afrika 

qirg‘oqlari  bo‘ylab  suzishgan.  Marsellik  Pifey  eramizdan  oldingi  IV  asrda 

Shimoliy  Atlantika  bo‘ylab  suzishni  amalga  oshirdi.  U  suzish  paytida  bir  qator 

punktlarning  kengliklarini  aniqladi,  suvning  ko‘tarilish  jaryonini  o‘rganib,  uning 

sababini  Oy  bilan  Quyoshning  o‘ziga  tortish  qonuniga  bog‘liq  ekanini  birinchi 

bo‘lib isbotlab berdi. 1X-X asrlarda slavyan qabilalari Baltika dengizini o‘zlashtira 



boshlaganlar. X asrda Leyf Erikson Atlantika okeanini so‘zib o‘tib, Nyufaundlend 

oroli  bilan  tanishdi,  40°  shimoliy  kenglikgacha  yetib  borib  Shimoliy  Amerika 

qirg‘oqlarini tekshirdi. 

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  davrida  Atlantika  okeani  Yerning  asosiy  suv 

yo‘li  bo‘lib  qolgan  edi.  XV  asrda  Ispan  va  Portugal  dengizchilari  Hindiston  va 

Xitoyga boradigan dengiz yo‘llarini qidirib, okeanning ichkari qismlarigacha suzib 

borganlar. Shulardan  portugal  B. Diash  (1487), X.  Kolumb  (1492, 1493, 1498  va 

1502 yy), ingliz J.Kabot (1497) va portugal Vasko da Gamma (1498) sayyohotlari 

alohida e’taborga sazovor. X. Kolumb kemada suzish paytida Atlantika okeanining 

Shimoliy  ekvotorial  oqimini  birinchi  bor  tezligini  o‘lchagan,  tropik  dovul 

shamolini tafsilotini bergan, Karib dengizi orollarigacha va Janubiy Amerikagacha 

bo‘lgan  masofani  aniqlagan,  magnitning  og‘ish  anomaliyasini  toptan  va  okean 

chuqurligini o‘lchash ishlarini bajargan. 1519-1523 yillarda F. Magellan o‘zining 

dunyo bo‘ylab qilgan birinchi sayohati paytida Atlantika okeanini kesib o‘tkan. J. 

Kuk (1772), I.F. Kruzenshtern (1803), F.F. Bellinsgauzen va M.P. Lazerov (1819-

1821) sayyohatlari okean haqida ko‘plab ilmiy ma’lumotlar berdi. 

Atlantika  okeani  tabiatini  kompleks  o‘rganish  XIX  asrning  oxirida 

boshlanadi. «Chellenjer» kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi chuqurliklarni, suvning 

sho‘rligini o‘lchadi, okeanning suv massasi xususiyatlari haqida, organik dunyosi 

to‘g‘risida  materiallar  to‘pladi.  Okean  tabiatini  tadqiq  etishga  rus  va  sovet 

okeanografik  ekspeditsiyalari  ham  katta  hissa  qo‘shdilar.  Xalqaro  geofizika  yili 

(1957-1958  yy)  davrida  okean  hayotiga  va  tabiat  komponentlariga  taalluqdi  juda 

ko‘p  materiallar  to‘plandi.  Hozirgi  vaqtda  ko‘plab  mamlakatlarning  40  ta 

zamonaviy  texnika  asboblari  bilan  jihozlangan  ilmiy  kemalardan  tarkib  topgan 

ekspeditsiyasi suv massalari xususitlarini, okean tagi relefi va geologiyasini, tabiat 

zonalarini  tadqiq  kilishni  davom  ettirmoqda.  Okeanshunoslar  okean  bilan 

atmosferaning  o‘zaro  aloqadorligi  va  ta’sirini,  Golfstrim,  Shimoliy  Atlantika 

hamda Passat oqimlarning tabiatini o‘rganmoqdalar. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish