O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

ATLANTIKA OKEANI 

Geografik o‘rni va chegaralari 

Atlantika  okeani  barcha  okeanlar  o‘rtasida  maydonining  kattaligi  jihatidan 

ikkinchi o‘rinda turadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shimoldan janubga 

qarab  juda  katta  (16  OOO  km)  masofaga  cho‘zilganligidir.  Okeanning  eng  keng 

joyi(13  ming  km)  mo‘’tadil  va  subtropik  kengliklardagi  dengizlarning  materiklar 

ichkarisiga  kirib  borgan  joylarga  to‘g‘ri  kelib,  Meksika  qo‘ltig‘ining  g‘arbiy 

qirg‘og‘idan  Qora  dengizning  sharqiy  qirg‘og‘igacha  bo‘lgan  oraliqdadir.  Eng 

qambir joyi esa 2830 km bo‘lib, San-Roke burni va Afrika qirg‘og‘i oraligidadir. 

Maydoni 91,5 mln km2 ga teng. O‘rtacha chuqurligi 3597 m. Suv hajmi 329,7 mln 

km3. Atlantika okeanini g‘arbda Shimoliy va Janubiy Amerika qirg‘oqlari, sharqda 

Yevropa va Afrika qirg‘oqlari o‘rab turadi. Janubi-g‘arbda u Tinch okeani bilan va 

janubi-sharqda  Hind  okeani  bilan  tutashgan.  Shimolda  Atlantika  okeani  Kanada 

arxipelagilari va Norvegiya dengizi orkali Shimoliy Muz okeani bilan bog‘langan. 

Janubda Antarktida bilan chegaralanadi. 

Atlantika  okeani  uzoq  yillar  davomida  turli  xil  nomlar  bilan  atalib  kelindi. 

Strabon  davridan  boshlab  Atlantika  okeani  haritalarda  G‘arbiy  okean  deb 

nomlangan.  Ruf  Fest  Aviyen  (IV  asr)  uni  Atlantika  okeani  deb  atagan. 

Arxiyepiskop  Medblanskiy  (Amvrosiy,  IV  asr)  okeanning  sharqiy,  Ispaniya  va 

Shimoliy Afrika qirg‘oqlarini yuvib turuvchi qismini Gaditan dengizi degan. O‘rta 

Osiyolik  qomusiy  alloma  Abu  Rayxon  Beruniy  (XI  asr)  Atlantika  okeanini 

«Mudhish  dengiz»  nomi  bilan  ta’riflagan  bo‘lsa,  arab  geografi  va  sayyohi  Abu 

Abdulloh  Idrisiy  (XII  asr)  "Qorong‘ilik  dengizi"  nomi  bilan  shohnoma  yozgan. 

Atlantika okeani nomi birinchi bor 1507 yilda Vald Zemyuller tomonidan to‘zilgan 

haritalarda  berilgan.  Bu  nom  o‘sha  davrdan  boshlab  barcha  manbalarda  keng 

qo‘llanilib kelinmoqda. Atlantika okeanining qirg‘oq chiziqlari shimolda, ayniqsa 

YYevropa  va  Shimoliy  Amerika  sohillarida  kuchli  parchalangan  va  murakkab 

shakllarni  hosil  qiladi.  Janubiy  yarimsharda  esa,  Afrika  va  Janubiy  Amerika 

sohillarida qirg‘oq chiziqlari ancha sodda, kam parchalangan. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish