O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Braziliya  yassi  tog‘ligi.  Janubiy  Amerika  platformasining  eng  yirik 

ko‘tarilmalaridan  biri  bo‘lgan  Braziliya  yassi  tog‘ligi  geostruktura  jihatdan  bir 

qator  antekliza  va  sineklizalardan  tarkib  topgan.  Bu  morfostruktura  oblastining 

relefini  shakllanishida  xuddi  Gviana  yassi  tog‘ligidagiga  o‘xshash,  uzoq  davom 

etgan  yemirilish,  peneplenizatsiya,  yotqiziq  jinslarni  yuvib  ketish,  yangi 

ko‘tarilishlar kabi jarayonlar asosiy rol o‘ynagan. Bundan tashqari Braziliya yassi 

tog‘ligining  relefini  shakllanishida  tektonik  yoriqlar,  ichki  cho‘kmalarni  dengiz, 

vulkanik  va  parchalangan  materiallar  bilan  to‘lish  jarayoni  ham  ishtirok  etgan. 

Parchalangan jinslarni yuvilib ketishi ko‘pincha yassi tog‘likning ancha ko‘tarilgan 

va nam bo‘lgan shimoliy hamda sharqiy rayonlari uchun, materiallarni to‘planishi 

esa markaziy cho‘kma rayonlari uchun harakterli. 



Braziliya  yassi  tog‘ligining  Atlantika  okeani  tomon  qaragan  sharqiy  va 

janubi-sharqiy  qismida  baland  ko‘tarilgan  uzilmalar  sohil  bo‘ylab  cho‘zilgan 

bo‘lib, ular kuchli parchalangan. Bu uzilmalar balandligi 2000-2800 m keladigan 

bir  necha  tog‘  tizmalarini hosil  kiladi.  Bular  Serra Jeral,  Serra-du-Mar,  Serra-da-

Mantikeyra, Serra-du-Yespinyasu tizmalari va Borborema platosidir. Tizmalarning 

o‘ziga  xos  cho‘qkilari  bo‘lib,  shundan  Bandeyra  okean  sathidan  2890  m,  Itambe 

2033  m,  Igreja  1808  m  baland  ko‘tarilib  turibdi.  Bandeyra  tog‘i  Braziliya  yassi 

tog‘ligining eng baland nuqtasi hisoblanadi. 

Braziliya  yassi  tog‘ligining  markaziy,  g‘arbiy  va  shimoliy  qismlari  uning 

sharqiy  va  janubi-sharqiy  qismiga  nisbatan  ancha  past.  Bu  yerda  o‘rtacha 

balandligi  500-800  m  dan  oshmaydigan  Serra-Dorada,  Serra-du-Ronnador,  Serra-

dus-Paresis,  Serra-Formoza,  Serra-du-Kashimbu  kabi  tog‘lar  va  kristall  zaminli 

Matu-Grosu platosi joylashgan. 

Janubiy  Amerika  platformasining  sinekliza  morfostruktura  oblastlari 

Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish