O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

AKSH  Kordilerasi.  AKSH  Kordilera  tog‘lari  landshaft  oblasti  Kaliforniya 

botig‘i  va  Katta  Xavzaning  shimoliy  qismlaridan  boshlanib  janubda  Kaliforniya 

kultigi va Meksika togligigacha davom etadi. Uning xududi subtropik kengliklarda 

joylashgan  bulib,  kuruk  iklim  va  kserotermik  sharoitda  vujudga  kelgan  landshaft 

komplekslari  bilan  Kanada  va  Alyaska  Kordileralaridan  ajralib  turadi.  AKSH 

Kordilerasi  shimoldagi  landshaft  oblastlaridan  o‘zining  xiyla  kengligi,  geologik 

strukturasi va orografik tuzilishining murakkabligi bilan xam fark qiladi. 

Bu  regionda  xam  Kordilera  tizimining  boshqa  qismlariga  o‘xshash    tog‘ 

tizmalari  va  ularni  bir-biridan  ajratib  turgan  ichki  platolar,  botiqlar  Tinch  okean 

qirg‘oqlariga  parallel  ravishda  joylashgan.  G‘arbda  soxil  bo‘ylab  o‘rtacha 

balandlikdagi  Kirgok tizmalari okean satxidan 1600-2000 metr kad kutarib turibdi. 

Bu  tizmalarning  ayrim  uchastkalari  Tinch  okeanga  kuyiladigan  daryolarning 

ko‘ndalang  vodiylari  bilan  kesilgan.  Kirgok  bo‘ylarida  yangi  tektonik  xarakatlar 

bir muncha faol bo‘lganligi sababli er qimirlashlar tez-tez takrorlanib turadi. 

Qirg‘oq tizmalaridan sharqda  Kaliforniya tog‘

 

oraligi botig‘i 



 

joylashgan. U 

shimoli-  g‘arbdan  janubi-sharqqa  qarab  submeridional  ravishda  800km  masofaga 

chuzilgan. Kengligi 40-80km va maydoni 47000 km

2

 ga yakin. Botiq yuzasi okean 



satxidan 20-160 m balandlikda joylashgan. Kaliforniya botigi kelib chikishiga kura 

tektonik  bukilma  bulib,  mezozoyda  vujudga  kelgan.  Keyinchalik  asta-sekin  juda 

katta qalinlikdagi allyuvial-prolyuvial chukindi yotkizilar bilan to‘lib borgan. 

Kaliforniya  botig‘ining  iqlimi  tipik  Urta  dengiz  tipidagi  subtropik  iqlim.  Nam 

subtropik  iqlimdan  kontenentallik  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  YOz  oylari 



issiq  bo‘ladi.  Iyulning  o‘rtacha  xarorati  shimolda  27°S  dan  janubda  35°S  gacha 

ko‘tariladi.  Bu  yunaiishda  atmosfera  yoginlari  aksincha  kamayadi.  Yilllik 

yogingarchilik mikdori shimolda 750-1000 mm ni, janubda 150-200 mm ni tashkil 

etadi. SHimoliy qismi subtropik chala chul landshaftlari bilan band. 

Kaliforniya  vodiysi AKSHning subtoripik dexkoichilik rivojlangan vodiysi 

xisoblanadi.    Bu  erda  Sakramento  va  San-Xoakin  daryolarining  suvi  bilan 

sugoriladigan  sitrusli  bog‘lar  va tokzorlar barpo etilgan. 

Kaliforniya  vodiysidan  sharkda  submeridnonal  yunalishda  750  km  masofaga 

cho‘zylgan Serra-Nevada tog‘

 

tizmasi joylashgan. Uning eng baland nuqtasi- Uitni 



tog‘i  okean  satxddan  4418  m  yukori  ko‘tarilgan.  Serra-Nevada  massivi  nevada 

burmalanish  boskichida  vujudga  kelgan,  tektonik  jixatdan  kam  parchalangan, 

granit  va  dioritlardan  tashkil  topgan.  Tizmaning  sharqiy  tik  yon  bagri  chuqur 

daralar  bilan,  g‘arbiy  kiya  yon  bag‘ri  daryo  vodiylari  bilan  kesilgan.  YOn 

barlarning yukori qismi qadimgi muzliklar bilan ishlangan. SHarqiy tog‘ etaklarida 

issik,  buloqlar  va  loyka  vulkanlar  uchraydi.  YAngi  tektonik  xarakatlar  faoliyati 

xozir xam davom etmokda. 

Serra-Nevada tog tizmasi o‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlimga ega. Uning 

g‘arbiy yon bagri nam subtropik bo‘lib, yiliga 2000 mm dan ziyod yogin tushadi. 

SHarqiy  yon  bagrining  iqlimi  aksincha  quruq  va  kontinental.  YOgin-sochinning 

asosiy  qismi  kish  oylariga  tug‘ri  keladi.  Tuprok-usimlik  koplami  balandlik 

mintakalar  buylab  joylashgan.  Kuyi  mintakada  tog‘  jigar  rang  va  kizil-jigar  rang 

tuproklar,  yukori  mintakalarda  tog 

 

kungir  va    tog  -utlok  tuproklari  rivojlangan. 



Garbiy  yon  bagrining  1000  m  balandlikkacha  bulgan  kismi  doimiy  yashil  eman 

butalari bilan, 1500 m atrofidagi balandliklar buyi 150 m ga va diametri 10 m ga 

etadigan  ulkan  sekvoyya  o‘rmonlari  bilan,  2800-3000  m  balandlikkacha  bo‘lgan 

qismi shakar qarag‘ay, sariq qarag‘ay, kedr, pixta kabi igna bargli urmonlar bilan 

koplangan. 3000 m dan yukori qismi

 

alp o‘tloqlari bilan band. SHarkiy yon bagrida 



qarag‘ay-mojjevelnikli siyrak o‘rmonlar keng tarqalgan. 

Serra-Nevada  tizmasi  bilan  Koyali  tog‘lar  oraligida  keskin  kontinental 

iqlimli  va  chala  chul  landshaftlari  keng  tarqalgan.  Kata  Xavza  yassi  tog‘ligi 

joylashgan. Uning yuzasi o‘rtacha 1200-1500 m kutarilgan. Umumiy maydoni 550 

ming  km

2

.  Katta  Xavza  xududi  shimoldan  janubga  karab  bir-biriga  parallel 



ravishda  chuzylgan  tog‘parlan,  platolardan,  botiklardan  va  chukmalardan  iborat. 

Tog‘lar  80-120  km  masofaga  cho‘zylgan,  balandligi  3000  m  dan  xam  oshadi. 

Uiler-Pik    tog‘ining  balandligi  3980  m.  Ularning  geologik  tuzilishi  oxak 

toshlardan,  kristalli  slanetslardan  tashkil  topgan.  Eng  chukur  botik  Ajal  vodiysi 

bo‘lib, okean satxidan 85 m pastda joylashgan. 

Iqlimi keskin kontinental, quruq.  SHimoliy kismi mu’tadil. o‘rta va janubiy 

kismlari subtropik iqlimga ega. YOzi issik, iyul oyiniig o‘rtacha xarorati 20-22°S 

atrofida.  Maksimal  xarorat  56,7°S  kuzatilgan.  qishi  sovuq,  yanvarning  o‘rtacha 

xarorati  0-2°S,  minimal  xarorat  -30°S,  Atmosfera  yoginlari  juda  kam  tushadi. 

Urtacha  yillik  yogin-sochin  200  mm  atrofida,  ayrim  botiqlarda  100  mm  dan  xam 

kam.  Tog‘  yon  bag‘rlarida  yogin  mikdori  500  mm  gacha  ortadi.  Gidrografik  tur 

nixoyatda  kam  rivojlangan.  Eng  katta  daryosi    Gumboltd  okean  va  dengizlarga 

oqib  chiqmay  berk  xavzada  tugaydi.  Koldikli  sho‘r  ko‘llar  ko‘p  uchraydi.  Bular 



Katta sho‘r ko‘li, Piramid, Sevir, YUta va boshqalar. Regionning katta qismi chala 

cho‘l  landshaftlari  bilan  band.  Tuprok  koplami  ko‘ng‘ir,  bo‘z,  sho‘r  va  sho‘rxok 

tuproqlardan tarkib topgan. CHala chullarda bizon uti, qora shuvoq, sho‘ralar ko‘p 

o‘sadi.  Tog‘  yon  baflarida  kingir-  kiyshik  qarag‘aylar,  mojjevelniklar  keng 

tarqalgan. Janubiy qismida kaktuslar, agavalar, yukkilar o‘sadi. 

Katta xavzaning janubi-sharqida balandliga 2000 m dan oshadigan Kolorado 

platosi  joylashgan.  Platoning  asosi  kembriygacha  bo‘lgan  metamorfik  va  kristalli 

jinslardan iborat. Ularning yuzasi paleozoy va  mezozoyning gorizontal joilashgan 

qalin  chukindi  jinslari  bilan  qoplangan.  Maydoni  300  ming  km 

2

  dan  kuprok. 



Xududining  asosiy  qismi  1800  -  2500  m  balandlikda  joilashgan.  Plato  yuzasi 

Kolorado daryosi va uning irmoqlari xosil qilgan bexisob kononlar bilan kesilgan. 

Kanonlar orasida eng yirigi va tabiatan guzali Katta Kanon bo‘lib u butun dunyoga 

mashxurdir.  Uning  uzunligi  320  km,  chukurligi  1800  m,  kengligi  platoning  yuza 

qismida  8-25  km,  daryoning  suv  satxida  1  km  atrofida.  Kononning  yon  bagri  tik 

tushgan,  kuchli  parchalangan.  Kolorado  daryosi  gorizontal  yotgan  mezozoy, 

paleozoy chukindi jinslaridan tortib to arxeyning kristall jinslarigacha chukur kesib 

utib, rang-barang gabiat obidalarini xosil qilgan. 

Platoning ayrim uchastkalarida qoldiqli tog‘lar, sungan vulkanlar va lakkolit 

massivlari ancha balandlikka ko‘tarilib turibdi. Ularning eng baland joyi Xamferis-

Pik  togidir  (3851  m).  Ikilimi  quruq,  keskin  kontinental,  subtropik.  Daryolarning 

suv  rejimi  kuchli  uzgaruvchan  va  tez  okar.  Kolorado  daryosi  Katta  Kanonning 

ayrim  joylarida  soatiga  25  km  tezlik  bilan  oqadi.  Ezda  kupchilik  daryolar  ko‘rib 

koladi  yoki  suvi  kamayadi.  Koloradoning  uzi  Koyali  tog‘lardagi  korlardan 

to‘yinadi.  Qazilma  boyliklari  ichida  uran,  vanadiy,  polimetall  rudalari  va  oltin 

konlari etakchi o‘rin egallaydi. 

Kolorado platosidan janubi-g‘arbda uncha balnad bo‘lmagan kum massivlari 

va  maydalangan  materiallar  bilan  koplangan  chuli  platolar  mavjud.  Ulardan 

Moxave  chuli  Kolorado  daryosidan  g‘arbda  va  Xila  cho‘li  undan  sharqda 

joilashgan. Moxave cho‘lining janubida joilashgan tektonik cho‘kma yuzasi okean 

satxidan 75-85 m pastda yotadi. Bu cho‘kma Imperiya vodiysi deb ataladi. 

AKSH  Kordilerasi  landshaft  oblastining  sharqni  qismi  Koyaln  tog‘lar  biln 

o‘ralgan.  Bu  tog‘lar  tik  yon  bagrlar  xosil  qilib,  shimoldan  janubga  tomon  

cho‘zilgan. Oblastning shimoliy qismida Kryali tog‘lar muzlik eroziyasi natijasida 

kuchli  parchalangan.  Platolar  yuzasi  muzlnk  ta’sirida  emirilgan  tosh    uyumlari 

bilan  koplangan,  yon  bagrlari  esa  chuqur  daryo  vodiylari  bilan  kesilgan.  Asosiy 

daryo  vodiylari Missuri daryosiga va uning irmogi Yelloustonga qaraydi. 

Qoyali tog‘larning janubiy qismi antiklinal tizmalardan tashknl toptan bulib, 

ularning markaziy kismlari kristall jinslardan, chekka kismlari cho‘kindi jinslardan 

iborat.  Koyali tog‘lar  tizmasi  orasida  eng yiriklari  Old  tazma,  Big-Xorn,  Sangre-

de-Kristo  Uind-River  tog‘lari  bulib,  ularning  balandaligi  4000  –  4300  m  dan 

oshadi. Jumladan Old tizmadagi Elbert chuqqisining balandligi 4399 m va Sangre-

de-Kristo  togidagi Blanko-Pik chuqqisining balandligi 4363 m. 

Koyali  tog‘larning  g‘arbiy  yon  bagriga  va  tog‘oraligi  botiqlariga  nisbatan 

sharqni  yon  bag‘ri  atmosfera  yoginlari  bilan  yaxshi  namlangan.  SHarkni  yon 

bag‘rida yillik yogin mikdori o‘rtacha 700-800 mm ga teng bo‘lsa,  g‘arbiy  yon  




bagrida  va togoraligi  botiqlarida  300-400  mm dan oshmaydi. Iyulning  urtacha 

xarorati shimolda 20° S dan janubda 30°S gacha kutariladi. YAnvarning o‘rtacha 

xarorati shimolda -20°S bulsa, janubda 0°S atrofida buladi. Kor chegarasi xam shu 

yunalishda  3000  m  dan  4000  m  gacha  ko‘tariladi.  Koyali  tog‘lardan  SHimoliy 

Amerikaning  yirik  daryolari  -  Missuri, Rio-Grande,  Kolorado  va  boshqa  daryolar 

boshlanadi. Ular muz, qor va yomgir suvlaridan tuyinadi. 

Koyali  tog‘darning  yon  bagrlarida  o‘rmon  massivlari  keng  tarqalgan. 

Tizmaning  shimolida  o‘rmonlar  g‘arb  tilog‘ochi,  Duglas  eli,  pixta,  el,  tuya,  suga 

kabi  daraxtlardan,  janubida  sariq  qarag‘ay,  oq,  pixta,  mojjevelniklardan  tarkib 

topgan.  SHimolda  urmonlar  xatto  vodiylarda  xam  yaxshi  usadi,  janubda  esa 

ularning urnini dasht zonasiga xos ut o‘simliklar egallaydi. 

AKSH  kordilerasi  xududida  tabiiy  landshaftlarni  va  gabiat  obidalarini 

muxofaza  qilish  maqsadida  quriqxonalar  va  milliy  parklar  tashkil  etilgan.  Serra-

Nevada  tog‘  tizmasidagi  Sekvoyya  kurikxonasi,  Yosemit  vodiysidagi  Yosemit 

kurikxonasi, Koyali tog‘ tizmasidagi Yellouston milliy parki shular jumlasidandir. 

Yelouston  milliy  parki  balandligi  2100-2500  m  keladigan  platoda  joylashgan. 

Uning  atrofi  3000  m  balandlikkacha  kutarilgan  tog‘lar  bilan  o‘ralgan.  Maydoni 

8500  km


2

.  Plato  vulkanik  materiallardan  tarkib  topgan.  Milliy  parkning  dikkatga 

sazavor obidalaridan biri-geyzerlardir. Eng yiriklaridan Ulkan (Gigant) geyzeri 40 

m balandlikgacha otiladi, suvining xarorati 94,8°. Eski xizmatchi (Stariy slujaka) 

geyzeri 42 m balandlikkacha otiladi, suvining Xarorati 90,4° ga teng. Geyzerlardan 

tashqari 1000 dan ortiq issiq  buloqlar mavjud. Kurikxonada tog‘ ko‘llari xam bor. 

Eng  kattasi  2270  m  balandlikda  joylashgan  Iellouston  ko‘lidir.  Kurikxonaning 

barcha  xududi  igna  va  mayda  bargli  o‘rmonlar  bilan  qoplangan.  O‘rmonlarda 

bizonlar, qora ayiqdar, grizli ayig‘i va bug‘ular yashaydi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish