oqimlar ikki xil yo‘nalishda siklonal va antitsiklonal aylanma harakat qiladi. 40°
sh.k. ning shimolrog‘ida Alyaska, Aleut, Kamchatka, Kuril va Shimoliy Tinch
okean oqimlari o‘zaro tutashib qutbyoni siklonal halqasimon aylanma harakatni
hosil qiladi. Undan janubda subtropik antitsiklonal halqasimon aylanma harakat
joylashgan bo‘lib, u Tayvan, Kurosio, Shimoliy Tinch okean, Kaliforniya va
Shimoliy Passat oqimlaridan tarkib toptan.
Tinch okeanning janubiy qismidagi subtropik antitsiklonal halqasimon
aylanma harakat shimoldagi halqasimon aylanma harakatlardan bisyor katta. Bu
halqa Janubiy Passat, Yangi Gvineya, Sharqiy Avstraliya, G‘arbiy Shamollar va
Peru oqimlaridan tarkib topgan.
Jadval № 2
Do'stlaringiz bilan baham: