Okean tagi relefi va geologik tuzilishi
Tinch okean tagi relefi va uning geologak strukturasi juda murakkab
tuzilgan. Uning relef shakllarini tarkib topishida suv osti botiqlari, chuqur
cho‘kmalari, tog‘lari, qirlari, platolar va marjon riflari ishtirok etadi. Tinch
okeanning katta qismi Shimoli-G‘arbiy, Shimoli-Sharqiy, Markaziy, Janubiy va
Bellinsgauzen botiqlari bilan band. Bulardan tashqari okeanning g‘arbida o‘rtacha
kattalikka ega bo‘lgan Filippin botig‘i, Mariana qirlari ajratib. turgan G‘arbiy .va
Sharqiy Mariana botiqlari, Eauripik qiri ikkiga bo‘lib turgan G‘arbiy va Sharqiy
Karolina botiqlari, Kapingamaranga qirlari va Gilbert tizmasi oralig‘ida
Melaneziya botig‘i joylashgan. Avstraliyadan sharq tomonda Shimoliy va Janubiy
Fidji botiqlari hamda. Tasmaniya botig‘i joylashgan. Tinch okeanning sharqiy
qismida g‘arbiga nisbatan botiqlar juda ham uchraydi. Bular Chili, Peru, Sanama
va Gvatemala botiqlaridir.
Shelflar Tinch okean havzasida asimmetrik shaklda joylashgan bo‘lib,
ularning kengligi g‘arbda - Bering, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida
700-800 km gacha chuqurligi 150-500 m gacha boradi. Sharqda esa aksincha
shelflar juda ham tarqalgan. Amerika sohillarida ularning kengligi bir necha o‘n
kilometrdan oshmaydi. Okeanning materik yon bag‘irlari aksariyat hollarda
zinapoyasimon -ko‘rinishga ega, vodiyga o‘xshash suv osti kanonlari ko‘p.
Tinch okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlaridan tortib to Yangi
Zelandiya oroligacha bo‘lgan masofada cho‘zilib yotgan yoysimon orollar yonida
ularga parallel ravishda joylashgan chuqur suv osti cho‘kmalari - Aleut (7822 m),
Kuril-Kamchatka (9783 m), Yaponiya (8412 m), Idzu-Bonin (9810 m), Volkano
(9156 m), Mariana (11022 m), Filippin (10265 m), Tonga (10882 m), Kermadek
(10047 m) kabi cho‘kmalar bor. Okeanning sharqida, Amerika sohillarida
Markaziy Amerika (6639 m), Peru (6601 m) va Chili (8180 m) cho‘kmalari
mavjud. Shulardan dunyo bo‘yicha eng chuquri Mariana hisoblanadi. Yonma-yon
joylashgan yoysimon orollar va chuqur cho‘kmalar yagona tizimga birlashib
hozirgi zamon geosinklinal mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqaning harakterli
xususiyati vulkanlarning serharaktchanligi va zilzilalarning tez-tez takrorlanib
turishidir. Okean tagidagi vulkanlarning otilishi natijasida chiqqan lavalar hajmi
materiklardagi lavalar hajmidan uch baravar ortiq.
Okeanning sharqiy qismida yirik geologik strukturalardan biri Sharqiy Tinch
okean ko‘tarilmasi joylashgan. U meridian bo‘ylab qariyb 9000 km masofaga
cho‘zilgan va bir necha joylarda ko‘ndalangiga. Galapagos, Pasxi, Chellenjer va
Menard tektonik yoriqlari bilan kesilgan. Ko‘tarilmaning eng baland nuqtasi Pasxi
orolida okean sathidan 539 m ko‘tarilib turibdi, uning etaklarida okeanning
chuqurligi 3500-4000 m ga teng. Okeanning janubiy qismida Janubiy Tinch okean
ko‘tarilmasi kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Avstraliya sohillaridan sharq tomonda meridian bo‘ylab cho‘zilgan va bir-
biriga parallel ravishda joylashgan Katta To‘siq rifi, Lord-Xau va Norfolk tog‘lari
hamda Kolvill-Lau tizmalari bo‘lib, ular okean tagi relefining murakkab
shakllaridir. Yangi Zellandiyaning sharqida Chatek suv osti balandligi va janubida
Kemyofell suv osti platosi joylashgan. Okeanning g‘arbiy qismida Shimoli-
G‘arbiy tizma, Shatskiy balandligi va Markus-Nekker tog‘i suv tagida ko‘tarilib
turibdi.
Okean tagida cho‘kindi jinslar keng tarqalgan.Ularning tarkibi tektonika va
okean tagi relefi bilan uzviy bog‘liq. Chuqur suv osti, cho‘kmalarida terrigen
yotqiziqlar, gil cho‘kindilar va ohaq jinslar uchraydi. Tinch okean g‘arbiy
qismining tagida boshqa cho‘kindilar qatori vulkan jinslari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |