O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Ichki berk oqim havzalari. Yevrosiyoning katta maydonga ega bo‘lgan ichki 

ulkalaridan  suv  Dunyo  okeaniga  oqib  chiqmaydi.  Bu  ulkalardagi  daryolar  o‘z 

suvini ko‘llarga va okeanlardan ajralib qolgan dengazlarga quyadi. Natijada ichki 

berk oqmas havza hosil bo‘ladi. Ichki berk oqim havzalarida ham yirik daryolardan 

tortib  mayda  daryolargacha  uchraydi.  Berk  havzalarda  uchraydigan  eng  yirik 

daryolarga Volga, Sirdaryo va Amudaryo yaqqol misol bo‘la oladi. 



Volga  YYevropaning  eng  yirik  daryosi.  U  uzunligi  va  sersuvligi  jihatidan 

YYevropa  Daryolari  ichida  birinchi  o‘rinda  turadi.  Volganing  uzunligi  3531  km 

(ayrim  manbalarda  3700  km),  havzasining  maydoni  1360  ming  km2,  o‘rtacha 

yillik  suv  sarfi  Volgograd  shahri  yaqinida  8150  m³/sek,  Astraxan  yaqinida  esa 

8000  m.3/sek.  Chunki  daryoning  quyi  chla  cho‘l  va  cho‘l  qismida  suvning 

bug‘lanishi  juda  katta.  Volga  daryosi  Valday  Palapldiklaridan  boshlanib  Kaspiy 

dengiziga  quyiladi.  U  tipik  tekislik  daryo  bo‘lib,  boshlanish  joyining  balandliga 

228 m, quyilish joyi esa dengiz satdidan 28 m past. Volgaga 200 ga yaqin irmoqlar 

kelib  qo‘shiladi.  Shulardan  eng  yirik  o‘ng  irmoqlari  Oka,  Sura,  Sviyaga  va  chap 

irmoqlari  Kostroma,  Unja,  Vetluga,  Vyatka,  Kama,  Samara  va  Katta  Irgiz 

hisoblanadi. Yillik oqimning 60% ini qor suvlari, 30% ini grunt, suvlari va 10% ini 

yomg‘ir suvlari tashkil etadi. Maksimal suv sarfi aprel-iyun oylariga to‘g‘ri kelib, 

uning  miqdori  Volgograd  yaqinida  50000  m.3/se.k.  dan  ham  oshadi.  Yozda  va 

qishda  daryo  suvi  juda  kamayib  kegadi.  Qishda  daryoning  yuqori  va  o‘rta  qismi 

qariyb  to‘rt  oy  va  quyi  qismi  uch  oy  davomida  muz  bilan  qoplanadi.  Volga 

daryosida  Volga  (Moskva  dengizi),  Uglich,  Ribinsk,  Gorkiy,  Kuybishev, 

Volgograd kabi suv omborlari, Volga-Don kanali va GES lar qurilgan. 

Kontinental iqlimli Old, O‘rta va Markaziy Osiyo ulkalarida daryo to‘ri kam 

rivojlangan.  Bu  yerdagi  mavjud  daryolar  tog‘  muzliklaridan  boshlanadi  va 

tekisliklardagi  oqmas  ko‘llarga  quyiladi,  ba’zilari  esa  ekin  maydonlarini 

sug‘orishda  to‘liq  foydalanishadi  va  suv  havzalariga  yetib  bormaydi.  Maslan, 

Amudaryo  va  Sirdaryo  Orol  dengiziga,  Ili,  Qoratol,  Lepsa  daryolari  Balxash 

ko‘liga quyilsa, Tajan, Murg‘ob, Zarafshon, Qashdadaryo, Chuv, Talas va boshqa 

daryolar vohalarni suv bilan ta’minlab, o‘z deltalarida oqimini tugallaydi. 

Daryolarning  tuyinish  na  iqlim  tiplari.  Yevrosiyo  daryolari  turli  xil  iqlim 

minqaqalaridan  va  iqlim  tiplaridan  boshlanadi  hamda  ularning  hududidan  oqib 

o‘tadi.  Shuning  uchun  daryolar  tuynishriga  kura  xilma-  xil  va  bir-biridan  farq 

qiladi. Ular tuyinishiga ko‘ra to‘rtga bo‘linadi: yomgir suvidan,  qor suvidan, muz 

suvidan  va  yer  osti  suvidan  tuyinuvchi  daryolar.  Pekin  daryolar  kupincha  aralash 

holda tuyinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va 

yer osti suvlaridan, yomg‘ir va muz suvlaridan tuyinadi

Daryolarning  gidrologik  rejimi,  to‘yinishi  va  oqimining  yil  davomidagi 

taqsimlanishi materikning iqlim sharoitiga va yil fasllariga bog‘lik Masalan, yozda 

qurg‘oqchil joylarda tog‘lardagi  qor va muzchiklarning erishidan, musson iqlimli 

ulkalarda  yomg‘irdan,  mu’tadil  mintaqada  bahorda  qorning  erishidan  va 

yomg‘irdan,  nam  subtropiklarda  hamda  ekvotorial  mintaqada  yil  davomida 

yomgirdan suv oqadi. Shuning uchun A.I.Voyeykov, B.D.Zaykov, M.I.Lvovich va 



boshqalar  daryolarni  to‘yinish  harakteridan  tashqari  iqlim  xususiyatlariga  karab 

ham  tavsniflashtirib,  ularni  bir  necha  iqlim  tiplariga  bo‘lishgan.  Jumladan 

Yevrosiyo hududidagi daryolar quyidagi iqlim tiplariga bo‘lingan. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish