Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani deb Yerning materik va
orollarini o‘rab turgan payonsiz suv qobig‘iga aytiladi. Okean tushunchasi
yunonchadan tarjima qilinganda Yerni aylanib oqadigan azim daryo degan
ma’noni bildiradi. Dune okeani Yerni suv qobig‘i bo‘lib, o‘zining fizik va
kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo‘yicha
akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq va landshaft sferasining
bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda
takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo‘lib, u o‘ziga xos moda va energiya
almashinish, fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiatsiyalanish
xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |