O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Okean tagi relefi va geologik tuzilishi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Okean tagi relefi va geologik tuzilishi 

Atlantika okeani litosfera plitalari nazariyasiga ko‘ra yosh okean hisoblanadi. 

Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan okean tagi relef shakllari geologik tuzilishining va 

tektonik  harakatlarining  muayyan  hosilasi  bo‘lib,  ularning  murakkabligi  va 

strukturasi Atlantika okeanining batimetrik haritasida to‘liq ifodasini topgan. 

Atlantika  okeani  tagi  relefining  harakterli  xususiyatlaridan  biri  -  ulkan  suv 

osti  tog‘  tizimining  mavjudligidir.  Bu  tog‘  tizimi  okeanning  o‘rta  qismida 

joylashgan  bo‘lib,  O‘rta  Atlantika  suv  osti  tog‘  tizmasi  deb  ataladi.  U  shimolda 

Islandiya orolidan boshlanib, janubda Buve oroligacha yetib boradi va okeanni ikki 

qismga  G‘arbiy  va  Sharqiy  Atlantikaga  bo‘ladi.  Tizmaning  qirralari  juda  qattiq 

tog‘ jinslaridan - bazalt va gabrolardan tarkib topgan. Eng janubda O‘rta Atlantika 

tog‘  tizmasi  Antarktida  materik  yonbag‘ridan  Afrika-Antarktida  botig‘i  orqali 

ajralib turadi. 

O‘rta  Atlantika  suv  osti  tog‘  tizmasi  ikki  qismga  -  Shimoliy  va  Janubiy 

Atlantika  tizmalariga  bo‘linadi.  Ular  bir-biridan  ekvator  kengligidagi  Lomansh 

tektonik  yorig‘i  orqali  ajralib  turadi.  Shimoliy  Atlantika  tog‘  tizmasi  yoy  shakli 

bo‘ylab  cho‘zilgan  bo‘lsa,  Janubiy  Atlantika  tog‘  tizmasi  meridian  bo‘ylab 

cho‘zilgan.  Suv  osti  tog‘lari  ko‘plab  tektonik  yoriqlar  bilan  kesilgan.  Shimoliy 

Atlantika  tog‘  tizmasi  Gibs,  Kurchatov,  Okeanografer,  Atlantis,  Keyn,  Yashil 

burun, Vima, San-Paulu tektonik yoriqlari bilan kesilgan bo‘lsa, Janubiy Atlantika 

tog‘  tizmasi  Vozneseniya,  Avliyo  Yelena,  Riu  Grandi,  Folklend  kabi  tektonik 

yoriqlar bilan qismlarga bo‘lingan. 

Okean tagi relef shakllarini tarkib topishida yirik-yirik tektonik botiqlar ham 

faol ishtirok etadi. G‘arbiy Atlantikadagi botiqlar Labrador (4180 m), Nyufaunlend 

(4685  m),  Shimoliy  Amerika  (6594  m),  Gviana  (4830  m),  Braziliya  (6059  m), 

Argentina  (6212  m)  kabilardan  iborat.  Bulardan  tashqari  uncha  katta  bo‘lmagan 




Meksika  (3822  m),  Venesuela  va  Kolumbiya  botiqlari  ham  mavjud.  Sharqiy 

Atlantikadagi G‘arbiy YYevropa (5668 m), Iberiya (5100), Kanar (6501m), Yashil 

burun (7297 m), Serra Leone (6040 m), Gvineya (5215 m), Angola (5699 m), Kap 

(5457  m)  kabi  botiqlar  juda  katta  suv  osti  makonlarini  egallab  yotibdi.  Barcha 

botiqlar bir-biridan suv osti tog‘lari, balandliklari va platolari bilan ajralib turadi. 

Atlantika  okeanida  juda  chuqur  suv  tagi  cho‘kmalari  ham  uchraydi. 

Chuqurligi  jihatdan  birinchi  o‘rinda  Puerto-Riko  cho‘kmasi  turadi.  Uning 

maksimal  chuqurligi  9207  m  bo‘lib  Miluoki  dengiz  qa’ridir.  Ikkinchi  o‘rinda

Janubiy  Atlantikadagi  Janubiy  Sanichev  (8428  m)  cho‘kmasi  turadi.  Uchinchi 

o‘rinda ekvatorga juda yaqin joylashgan Romansh (7370 m) cho‘kmasi egallaydi. 

Shuni  ta’kidlash  joizki,  Atlantika  okeanida  suv  «tagi  chuqur  cho‘kmalari»  Tinch 

okeaniga  nisbatan  juda  kam  uchraydi,  borlari  ham  okeanning  fakatgina  g‘arbiy 

qismigagina  harakterlidir.  Binobarin,  suv  tagi  chuqur  cho‘kmalarining  siyrak 

tarqalishi  okean  tagining  geologik  strukturasini  tektonik  jihatdan  nisbatan 

mo‘’tadil faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish