Tropik mnntaqa. Bu iqlim mintaqasi materikning Osiyo qismi uchun
harakterli bo‘lib, u bir-biridan keskin farq qiluvchi g‘arbiy va sharqiy sektordan
tashkil topgan. G‘arbiy sektorda (Arabiston yarim oroli, Mesopatamiyaning
janubiy qismi, Eron tog‘ligining janubiy chekkalari) kontinental iqlim hukmronlik
qiladi. Bu iqlimning xususiyati tipik tropik cho‘l iqlim harakteriga ega bo‘lib,
yillik va sutkalik harorat amplitudasi katta. Qishda harorat 0°S gacha pasayish
mumkin. Atmosfera yog‘inlari juda kam mikdorda tushadi. Umuman namlanish
yetarli darajada smas. Sharqiy okeanbo‘yi sektori (Janubiy Xitoy, Hindixitoy yarim
orolining shimoliy qismi) nam dengaz musson iqlimga ega. Harorat yil davomida,
tog‘li rayonlardai tashqari, hamma joyda juda yuqori, yog‘ingarchilik ko‘p
yog‘adi, namlanish juda serob.
Do'stlaringiz bilan baham: |