Kurash choralari. Sholi nematodasiga qarshi kurashda almashlab ekishni joriy qilish katta ahamiyatga ega; nematoda paydo bo’lgan sholipoyaga kamida to’rt yilgacha sholi ekilmasligi kerak. Sholi ekish oldidan geksaxloran solish ham yaxshi natija bersa kerak. Bu zararkunanda tuproqdan qiyinchilik bilan chiqadigan bo’lganidan, hosil yig’ishtirib olinganidan keyin tezda yerni chuqur shudgorlash kerak. Nematoda tushgan uchastkadan olingan urug’likni ekmaslik urug’ni ekishdan oldin termik usulda nematodadan tozalab olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |