35-Laboratoriya mavzusi: Sabzavot ekinlarining kasalliklari
Kerakli jihozlar: Gerbariydan namunalari. Rangli jadvallar. Mikroskop, buyum va qoplag’ich oynachalar, lupalar.
Topshiriq: Zararlangan o’simlik a’zolarini tashqi ko’rinishiga qarab aniqlash va rasmini chizish. Preparat tayyorlash va rasm chizish. Alternarioz bilan zararlangan urug’larni analiz qilish.
1) Ko’chatlarni qora son kasalligini – Rhizoctonia solani, Olpidium brassicae zamburug’lari qo’zg’atadi. Bu kasallik asosan parniklardagi karam ko’chatlarining keng tarqalgan kasalligi bo’lib, bunda karam maysasining ildiz bo’g’zidagi to’qimalar chiriydi, qorayadi va poyasi ingichkalashib ketadi. Kuchli zararlangan ko’chatlar nobud bo’ladi. Infeksiya manbai tuproq bo’lib, bular uzoq muddat saqlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchilar sklerosiy va zoosporalar holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |