G’uborlarning hosil bo’lishi: O’simlik kasalligini bu turi zamburug’lar uchun xos bo’lib, zararlangan barg, poya va mevalarda zamburug’ning meseliysi va sporalarning to’plami yuzaga keladi. Bu g’uborlar turli rangda bo’lib, zararlangan o’simliklar yuzasidan osonlik bilan sidiriladi. Ayrim hollarda g’uborlar to’qimalarda o’zgarishlarni vujudga keltirmaydi. G’uborning hosil bo’lishiga yaqqol misol qilib un-shudring kasalligini misol qilish mumkin. G’alla donli ekinlarning barglarida, poyasida, bodring bargi va ayrim holda mevasida oq yoki kul rangli, osonlik bilan sidiriladigan g’uborlarni kuzatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |