Tur- no‘xat biti- Acurthosiphon onobrychis Fonsc.
Oila bitlar- Aphididae
Turkum- teng qanotlilar- Homoptera
Qanotsiz turlari 3,5-4,9 mm, qanotli turlari esa 2,3-3,5 mm keladi. Tanasi oqish g‘uborli yashil tusda. Mo‘ylovlari tanasidan uzunroq, oyoq va shira naychalari uzun, dumi nashtarsimon shaklga ega.
No‘xat biti no‘xat, beda o‘simliklarini barglarini so‘rib zarar etkazadi. No‘xat biti tuxum va voyaga etgan partenogenetik urg‘ochi bitlik bosqichida qishlaydi.
No‘xat biti bir yilda o‘rtacha 12-15 avlod berib rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |