O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet378/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

FOZALON, 35% em.k. (zolok, benzofosfat). Sof moddasi: 0,0-dietil-8-(6-xlorbenzoksazolinil-3-metil) ditiofosfat. U nordon va neytral muhitda turg‘un bo‘lib, ishqorli muhitda tez gidrolizlanadi. Fozalon tuproqda va o‘simlikda turli omillar ta’sirida (25 kun davomida) parchalanadi.

Fozalon ichdan hamda sirtdan ta’sir qiladigan insektitsid va akaritsiddir. Daslabki paytdan faol bo‘lib, ancha vaqtgacha samarali natija beradi. O‘simlikka ichdan (cheklangan darajada) ta’sir qiladi. O‘tkazgan tajribalarimizga qaraganda fozalon o‘simlikda pastga va yuqoriga qarab oquvchi naychalar bo‘yicha ma’lum darajada siljiy oladi. O‘simlikni shira, o‘rgimchakkana, trips, qandala kabi so‘ruvchi hamda g‘o‘za tunlami, karadrina singari zararkunandalardan himoya qilishda yaxshi natija beradi (bunda gektariga 2,5-3 l preparat sarflanadi), o‘simliklarni kuydirmaydi. Ayni vaqtda uni mevachilikda hamda sitrus o‘sim-liklar o‘stirishda ham zararkunandalarga qarshi 0,2% li quyuqlikda ishlatish tavsiya etilgan.

Dala sharoitidagi hisoblashlarga ko‘ra, fozalon bilan ishlov berilgandan keyingi dastlabki besh kunda entomofagning atigi 5% i nobud bo‘ldi, undan keyingi kunlarda esa bu xil hasharotlarning nobud bo‘lgani butunlay sezilmadi. SHuni qayd etish kerakki, fosfororganik birikmalarga chidamli o‘rgimchakkananing populyasiyalariga qarshi kurashda fozalon foyda bermaydi.

Odam va isiqqonli hayvonlar uchun fozalon yuqori darajada zaharli hisoblanadi (O‘D50 kalamushlar uchun vaznining har kilo­grammiga 108 mg ga tengdir). Teriga ta’sir qilishi va kumulyativ xususiyati sustroq seziladi. U Fransiyaning Ron-Pulenk firmasida, benzofosfat esa, mamlakatimiz sanoatida chiqariladi. Oxirgi ishlov berish hosil etilishidan 30 kun oldin to‘xtatiladi. Fozalon bilan ishlangan maydonga trixogramma 12, brakon 5 kundan keyin qo‘yiladi. Oltinko‘zga ta’sir etmaydi.

PIRINEKS, 40,8% em.k. (dursban). Sof moddasi: xlorpirifos. Zamonaviy FOB, sof holda bir qator qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatiladi. SHuningdek, sinergist sifatida sintetik piretroidga (siper-metrin) aralashtirilib (nurel-D) ishlatiladi.

Xlorpirifos issiq qonli hayvonlar uchun o‘rtacha zaharli birikma bo‘lib, atrof muhitga katta xavf tug‘dirmaydi. Pirineksni g‘o‘zada shira va tripsga qarshi (0,5-0,7 l/ga), oqqanot va o‘rgimchakkanaga qarshi (1,5 l/ga); olma daraxtlarida-mevaxo‘rga (1,5-2,0 l/ga) hamda o‘rgimchakkanalarga qarshi (2,0 l/ga) qo‘llashga ruxsat berilgan. Hosil etilishidan 30-40 kun ilgari ishlovni to‘xtatish lozim. Ayrim hollarda (yuqori harorat va namlik, eritma quyuqligi yuqori bo‘lganda) xlorpirifos nozik barg va novdalarni kuydirishi mumkin.

POLITRIN (polikron, kurakron). Sof moddasi: profenofos. O‘rtacha zaharli FOB. Juda ko‘p so‘ruvchi zararkunandalardan samarali himoya qiladi. O‘rgimchakkana, shira, trips, qandalalar, qalqondorlar va komstok qurtiga qarshi eng yuqori natija beradi. Profenofosning ijobiy xususiyatlaridan biri - foydali haharot oltinko‘zga nisbatan shafqatliligidir. 2005 yiddan boshlab kompleks zararkunandalarga qarshi samara bera-digan aralashma - Politrin-K (keyingi bo‘limlarda tavsiflangan) sinab joriy etildi.

ORTEN, 75% em.k. (lanser, 75% e.kuk.) Sof moddasi: atsefat. O‘rtacha zaharli birikma (O‘D50 866-945 mg/kg ga teng) bo‘lib, bir qator so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi yuqori darajada samaralidir. U sirtdan va ichdan ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda g‘o‘zani shira va tripsdan himoya qilish uchun (0,7 l/ga) hamda tama-kini shu hasharotlardan himoya qilish uchun (0,75 l/ga) tavsiya qilingan. Bundan tashqari, chigitni dorilab ekishga (4 kg/t) mo‘ljallangan maxsus shakllari ham mavjud: lanser, 80% n.kuk. va orten, 75% n.kuk. Kuchli hidga ega, ammo suv bilan qorishga-nidan keyin bu hid yo‘qoladi. Nisbatan tez (10 kun) parchalanib ketadi.

Sistemali ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan pestitsidlar uchun ishchi suyuqligini xajmi unchalik axamiyatga ega emas.

Fosfororganik preparatlarni sifat analizlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi.

5.1.-jadval

Fosfororganik pestitsidlarni sifat analizlari





Agregat holati rangi va xidi

Suvga bo‘lgan munosabati

Qizdirilganda o‘zgarishi

Reaksiyaning barqarorligi

Aniqlangan preparat

1.

Sarimsoq hidli jigarrang suyuqlik

Suvda erimaydi, lekin emulsiya hosil qiladi

Probirkadagi 2-n natriy gidroksidi eritmasi bilan qo‘rg‘oshin qog‘ozini qaynatilsa, (buning uchun 8.1 g qo‘rg‘oshin atsetatni 100 ml suvdagi eritmasida filtr qog‘oz ho‘llanadi) probirka ichki filtratga yangidan tayyorlangan molibden suyuqligidan 2 barobar miqdorda qo‘shiladi (1 l suvda 150 g molibden ammoniysi eritiladi va unga sekinlak bilan 500 ml konsentrlangan azot kislotasi (zichligi 1.4 bo‘lgan) va 500 ml suvdagi 300 g ammoniy nitrat eritmasi quyib aralashtirilib turish bilan tayyorlanadi). YAshil rang cho‘kma hosil bo‘ladi, qizdirganda sariq rangga aylanadi.

Metafos, emulgirlangan konsentrat

2.

SHiddatli sarimsoq hid beruvchi havorang kukun

Suvda erimaydi, lekin suspenziya hosil qiladi

SHuning o‘zi

Metafos, ho‘llangan kukun

3.

SHiddatli yoqimsiz palag‘da tuxum hidi beruvchi qo‘ng‘ir quyuqlashgan suyuqlik

Suvda erimaydi, lekin barqaror suspenziya hosil qiladi

Kolbadagi karbofosni qaytaruvchi sovitgich (60-70 sm uzunlikda probka orqali o‘tkazilgan shisha trubka) yordamida 2-n natriy gidroksidi eritmasida 30 minut qaynatilib, filtrlanadi. Filtratga mis sulfat eritmasi (1 l suvda 124-85 g) qo‘shiladi. Sarg‘ish – havorang cho‘kma hosil bo‘ladi.

Karbofos, emulgirlangan konsentrat

4.

Mayda kristalsimon modda yoki oq, och-havorang, o‘ziga xos hid beruvchi pasta

Suvda yaxshi eriydi

Probkadagi xlorofosga 2-n natriygidroksidi eritmasidan ozgina solib qaynatilganda (isitilganda) eritma sarg‘ayadi. Probirkani berkitgan ko‘k lakmus qog‘oz qizil rangga o‘tadi

Texnikaviy xlorofos

5.

Oq yoki och havorang, hid beruvchi kukun

Suvda qisman eriydi va suspenziya hosil qiladi

SHuning o‘zi

Xlorofosning ho‘llangan kukuni

6.

Och havo rangli, hid beruvchi donodorlashgan pestitsid

Suvda eriydi

SHuning o‘zi

Donodorlashgan xlorofos

7.

Sarg‘ish, oq-pushti rangga moyil oqsimon, o‘ziga xos hid beruvchi kukun

Suvda erimaydi, lekin turg‘un mustahkam suspenziya hosil qiladi

CHinni hovonchadagi tekshiriladigan moddaga 2 tomchi spirtli eritmadan tomiziladi va bu eritma quruq holatga kelguncha portlatiladi. Qolgan quruq qoldiqqa indikator aralashmadan bir tomchi qo‘shiladi (5 ml ot zardobiga 15ml suv, 0.5 ml 0.1 n natriy yodidi va 1.25 ml 0.6 li bromfenol ko‘k eritmasidan qo‘shiladi). 10 minutdan so‘ng 0.4% li atsetilxolin eritmasi qo‘shiladi va 30 minut davomida kosadagi suyuqlik rangini o‘zgarishi kuzatib boriladi. Buning uchun chinni kosaga 2 tomchi etil spirti tomiziladi va quruq holga kelgunga qadar parlantiriladi, so‘ngra yuqorida ko‘rsatilgan tartibda ish olib boriladi. Benzofosfat bilan o‘tkazilgan bu namunada suyuqlik rangi o‘zgarmaydi. Lekin kontroldagi ko‘k rangli suyuqlik asta-sekin sariq rangga o‘tadi

Benzo-fosfat ho‘llangan

8


Olcha-qizil rangli hid tarqatuvchi suyuqlik

Suvda eriydi, barqaror emulsiya hosil qiladi

SHuning o‘zi

Benzofosfatning konsentrat emulsiyasi

Fosfororganik preparatlarni qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi qo‘llash tartiblari quyidagi jadval shaklida to‘ldiriladi.

Fosfororganik preparatlarni zararkunandalarga qarshi qo‘llashda o‘ziga xos salbiy xususiyatlari bo‘lib ayniqsa ularning tabiatga, foydali hasharotlarga ta’siri barcha preparatlar bo‘yicha tahlil etiladi.

Nazorat uchun savollar


  1. Fosfororganik pestitsidlarni xossalarini aytib bering.

  2. Danadim preparatiga izoh bering.

  3. Orten preparatiga ta’rif bering.

  4. Fosfamid preparatiga izoh bering.

  5. Fozalon preparatiga ta’rif bering.

  6. Karbofos preparatiga ta’rif bering.




Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish