Cercospora vitis. Konidioforalar dastalarda zich joylashgan, qo’ng’ir-zaytun, ba’zan deyarli qora tusli, 50-200x4-5,5 mkm. Konidiyalari qo’ng’ir-zaytun tusli, urchuq-teskari to’qmoq shaklli, uchiga qarab asta-sekin ingichkalashgan, 4-12 hujayrali, ba’zan septalardan biroz tortilgan, 30-90x6-8 mkm. Qo’zg’atuvchilar barg va meva ustidagi dog’larda piknidalar paydo qilishi mumkinligi haqidagi xabar shubhalidir, chunki qo’zg’atuvchilar gifomiset zamburug’lar bo’lib, ular piknida hosil qilmaydi. O’zbekistonda Sirdaryo viloyatida tokda yana bitta serkosporoz kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ qayd etilgan – Asperisporium vitiphyllum (sinonim Cercospora vitiphyllum) . AQSh da mushk uzumni qo’zg’atuvchining boshqa turi (Cercospora brachypus, teleomorfasi Mycosphaerellaangulata) zararlaydi. Uning konidiyalari rangsiz, egilgan, 2-6 hujayrali, 16,8-112x2,2-3,5 mkm . Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada tokni yana bitta serkosporoz qo’zg’atuvchisi – Phaeoramularia dissiliens zararlaydi va barglarda sarg’ish yoki to’q tusli dog’lar hosil qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |