Kasallikning zarari. Yevropaning ayrim, sernam mintaqalarida antraknoz bilan juda kuchli zararlanishi va hosil bermasligi tufayli ba’zi navlar ekilmaydi. Zararlangan toklarning barglari va gullari to’kilishi, novdalari o’sishdan orqada qolishi va uzum kam tugilishi natijasida, tok o’sishi va hosili pasayadi. Surunkali va kuchli zararlangan tok 3-4 yildan so’ng nobud bo’lishi mumkin. O’zbekistonda antraknozning zarari ancha katta (ammo oidiumnikidan kamroq). Sernam ob-havoda iyun oyining boshida zararlangan tokning Husayni va Qora kishmish navlari barglarining 27,9% foizini yo’qotishi mumkin. Kuchli zararlangan Husayni navi shingillarining hosili sog’lomlariga ko’ra 3-5 marta kamayadi. Tajribada o’simliklar antraknozdan fungisidlar bilan himoyalanganda bir tupdan olingan uzum hosili zararlangan nazoratdagi 9,0 kg dan 22,1-24,0 kg gacha (2,5-2,7 marta) ko’paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |