Yastiqchalarni hosil bo’lishi.Yastiqchalar zararlangan o’simlik sirtida zamburug’ning sporalar to’plami tufayli yuzaga keladi. Sporalar yetilgunga qadar sirtidan epidermis bilan qoplinib turadi, epidermis yorilib, tashqariga chiqqan yetuk sporalar shamol va yomg’ir orqali atrofga tarqaladi. Yastiqchalarni shakli xo’jayin o’simlikning xususiyatiga bog’liqdir. Yastiqchalar bilan tanishish uchun g’alla donli ekinlarning zang kasalliklari namunalarini kuzatish kerak.
O’simlik a’zolarini o’zgarishi (deformasiya). Xaltali zamburug’lar, viruslar va boshqa sabablar tufayli yuzaga keladigan o’simlik a’zolaridagi (barg, poya, mevada) o’zgarishlarini olish mumkin.
27 – Mavzu: O’simliklar kasalliklarining klassifikasiyasi. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |