Nazorat savollari:
Defolyantlarni qo‘llashdan maqsad nima
Desikantlarga misollar toping
O‘simliklarga defolyant va desikantlar qachon qo‘llaniladi.
16–laboratoriya mashg‘uloti
O‘SIMLIKLARNI O‘SISHINI BOSHQARUVCHI MODDALAR BILAN TANISHUV (2 soat)
O‘simliklarni o‘sishini va rivojlanishini boshqaruvchi moddalarni hamdustlik davlatlarini qishloq xo‘jaligida qo‘llana boshlaganiga 50 yildan oshadi. Bu moddalar ham biologik aktiv moddalar hisoblanib xilma-xil maksadlarda qo‘llaniladi.
Tabiiy (endogen) o‘sgan boshqaruvchi moddalarga fitogarmonlar kiradi. Bu moddalar o‘simliklar tomonidan ishlab chiqilib uning barcha xayotiy jarayonlarida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Xozirgi paytda fitogarmonlar 5-guruxdan iborat. Bular auksinlar, giberelenlar, sitoksiklar, absis kislota va etilendan iborat. Duvyoda 5 minga yakin tur fiziologik faol moddalar yaratildi ulardan qishloq xo‘jaligida fakat 1% qo‘llaniladi xolos. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar g‘alla va boshka ekinlarni yopib qolishiga qarshi, meva daraxtlarini o‘sishini sekinlashtirish, ularning serhosil bo‘lishini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, gullash jarayonini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, ildizmevalarni kukarib ketishdan saklash, o‘simliklarni noxush xodisalar (sovuk urish, kurgokchilik)ga chidamlilik hosil sifati va miqdorini oshirish kabi xollarda qo‘llaniladi.
1930 yillar oxirlarida fiziologik tadqiqotlar natijasida 2-xlor etiltrimetil ammoniy xlorid va shu kabi ko‘pgina moddalarini o‘simliklarni o‘sishini sekinlashtirishi aniklangan va 1960-yillardan boshlab bu moddalar g‘alla ekinlarshsh yotib qolishini oldini olishda qo‘llanilgan. SHu davrdan boshlab bu moddalar retardantlalr nomini olib qishloq xo‘jaligida keng qo‘llana boshlagan.
Retardantlar tabiiy sharoitda g‘alla ekinlarini o‘sishiga 10-35% ga qadar to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekistonda quyidagi o‘simliklarni boshqaruvchi moddalar qo‘llaniladi.
Kampozan-m ekstra 1l 660g yoki 50% s.e. Germaniyaning xemi AG "Bitterfeld" firmasi tomonidan ishlab chikariladi. Ta’sir etuvchi moddasi etefon. Kuzgi bug‘doyga o‘simliklarning etib qolishini oldini olish uchun ekinlarga boshok olishdan 10-12 kun oldin preparatning 0,5% eritmasi purkaladi. 1 gektar dalaga 150-300 litr ishchi eritmasi sarflanadi.
G‘o‘zaning kusaklarini ochilishini tezlatish uchun 1-2 ko‘sak ochilganda purkaladi.Sarflash normasi bug‘doyda gektariga 1,0-1,5 litr g‘o‘zada 1,0-2,0 litr. Ishlov berish takroriyligi bir martadir.
Preparat odam va issiqqonli - xayvonlar uchun ham zaxarli (uning O‘D50 ning ko‘rsatgichi kalamushlar uchun 3000 mg/kg dan ortik.). Asalari va boshqa foydali xasharotlar uchun zararsiz.
Piks, 5% s.e. Germaniyaning "Basf" firmasi tavenya etgan. Ta’sir etuvchi moddasi menikvat xlorid. G‘o‘zada kusaklarni ochilishni tezlashish uchun ishlatiladi. O‘simliklarga ikki marta dastlab gullay boshlaganda keyin yalpi gulga kirganda preparatning 0,4-0,6% lik. eritmasi purkaladi.
Ishchi eritmasini sarfi gektariga 250 litr. Preparat sarfi gektariga 1,0-1,5 litr. o‘sishini boshqaruvchi moddalar bilan ishlaganda ham texnika xavfsizligi koidalariga rioya kilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |