O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
 


39 
 
3 - mavzu.  EKSKURSIYA RAHBARI - GIDGA QO‘YILADIGAN  
TALABLAR 
 
3.1. Gid kasbining o‘ziga xos xususiyatlari  
3.2. Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga qo‘yiladigan talablar 
3.3. Gidning nutq madaniyati 
3.4. Gid faoliyatini tashkil etishning bosqichlari 
 
3.1. Gid kasbining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Har  bir  kasb  mehnat  faoliyati  bo‘lib,  insondan  aniq  bilim  va  mehnat 
ko‘nikmalarini  talab  qiladi.  Bu  bilim  va  ko‘nikmalar  umumiy  va  maxsus  ta’lim 
hamda ishchining kunlik amaliy faoliyati jarayonidan olinadi. 
Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh 
uchun  qiziqarli  mashg‘ulot  bo‘lgan,  xolos.  Gid  ishini  turli  soha  mutaxassislari 
o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey 
ilmiy  xodimlari,  institut  ilmiy  xodimlari  va  h.k.).  Faqatgina  bir  necha  ekskursiya 
muassasasi  va  alohida  muzeylar  shtatida  gidlar  mavjud  bo‘lgan,  xolos.  Ammo 
o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan. 
Ekskursiya  xizmati  funksiyasining  o‘zgarishi,  uning  dam  olish  shaklidan 
mehnat  jamoalarida  madaniy-tarbiyaviy  ishlarning  tashkiliy  shakliga  aylanishi, 
aholiga  xizmat  ko‘rsatuvchi  tarmoqqa  aylanishi,  yangi  mutaxassislik,  ya’ni  gid 
rolining oshishiga olib keldi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Turizm  to‘g‘risida»gi  Qonunining  3-
moddasiga  turistik  guruh  rahbari  (turlider)  va  gid  (ekskursiya  yetakchisi) 
tushunchalari  kiritilgan.  Unga  ko‘ra  «turistik  guruh  rahbari  -  turistik  faoliyat 
sub’ektlarining  vakili  bo‘lgan  va  uning  nomidan  ish  ko‘rib,  turistlarga  xizmat 
ko‘rsatish  shartnomasi  shartlarining  bajarilishini  ta’minlovchi  jismoniy  shaxs», 
«Gid  (ekskursiya  yetakchisi)  -  tur  qatnashchilariga  turistik  xizmatlar  ko‘rsatish 


40 
 
shartnomasi  doirasida  ekskursiya-axborot,  tashkiliy  yo‘sindagi  xizmatlar  va 
malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs»
2
-degan ta’riflar kiritilgan. 
Gid  kasbining  shakllanishi  murakkab  va  ko‘pqirralidir.  Unda  quyidagi  4  ta 
bosqichni ajratish mumkin: 
3.1-jadval 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish