Gid
Ekskursantlar
Ko‘radi
Eshitadi
His qiladi
Ko‘nikmaga ega
bo‘ladi
16
(uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani
bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish
katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik
qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar
guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum
burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni
anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi
tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli
davrlardan
qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy
yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va
ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning
malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda
rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi,
maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil
his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak».
Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya
mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya
ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir.
Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning
mohiyati, fe‘l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan
olishdir.
Ekskursiya xizmatini baholash degani gidning ko‘rsatmalari yordamida
ekskursantlarning mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir.
Ekskursiya xizmatiga munosabat- bu ekskursiya xizmati mavzusida
yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir
harakatlarni his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini yaratganida uning
kayfiyatini tushunishdir.
17
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning
asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga
bo‘ysunadi.
Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay
olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor
suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar
ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan
murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun
jihatidan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni
izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik
muzeylariga namunalar yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil
ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida
umumta’limiy
maqsadlarni
belgiladi.
Tarbiyaviy
ishlarni
samaraliroq
tashkillashtirish harakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlarning biriga
aylantirdi.
Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan,
maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish
shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va
g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida
tavsiflandi. Ekskursiya xizmatining vazifasi va o‘tkazish shakllari 1.1- jadvalda
keltirilgan.
Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi
ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona binolarida,
laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda joylashgan
ob’ektlar oldindan tanlangan bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga
oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi
vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy
joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga
18
yordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his
etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri
xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining
zaruriy samaradorligiga erishiladi.
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |