Muhammad Qotong‘uning qabri oldida. Siz ko‘rib turgan qabr
Muhammad Qotong‘uning qabrlari hisoblanib, bu inson qassoblik bilan
shug‘ullanganlar, ma’lumotlarga qaraganda aynan Sherdor madrasasining
qurilishida ustalarga go‘sht ta’minotiga homiylik qilganlar. Aynan shu ishlari
sharafiga vasiyatlariga ko‘ra shu joyda ko‘milganlar. Rivoyatlarga ko‘ra bu inson
barcha qassoblarning piri hisoblanib, mahalliy aholi bu insonning qabrlari oldiga
kasalmand uy hayvonlarini olib kelib qo‘yishar, uy hayvonlari esa sog‘ayishar
ekan.
E’tiboringizni mana bu archasimon tarzda terilgan g‘ishtli yo‘lakchaga
qaratmoqchiman. XV asrda aynan shu maydondagi barcha yo‘lakchalar shu
ko‘rinishda bo‘lgan. Hozir esa siz ko‘rib turgan yo‘lakchaning bir bo‘lagi bizgacha
XV asrdan yetib kelgan.
Endi esa hurmatli ekskursantlar Sherdor madrasasining ichiga yo‘l olsak!
Marhamat!
Do'stlaringiz bilan baham: |