117
Panoramali ko‘rsatish usuli. Bu usul ekskursantlarga joyning umumiy
ko‘rinishini kuzatish imkoniyatini beradi(masalan, Samarqand viloyatidagi
«Registon» maydoni). Panoramali ko‘rsatishda maxsus maydonchalar, minoralar,
ko‘priklar va boshqa baland nuqtalar tanlanadikim, u yerdan shahar, maydon,
vodiy, daryolar xuddi kaftdek namoyon bo‘ladi. Keng manzarani ekskursantlar faol
qabul qilishi uchun kompozitsion markaz tanlanadi va guruhning diqqati unga jalb
etiladi. Panoramali ko‘rsatishning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, ekskursantlar
nigohi ko‘plab ob’ektlarga tushadi. Gid mavzuni yoritadigan ob’ektlarni,
umumiylikdan xususiylikka qarab ko‘rsatishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: