99
6.2. Ekskursiya xizmatining texnologik xaritasini tuzish
Texnologik xarita- bu mazkur ekskursiyani muvafaqqiyatli o‘tkazish,
ob’ektlarni samarali ko‘rsatish, ekskursiyani olib borish uslubiyati va texnikasini
to‘g‘ri tanlashni ko‘rsatib beruvchi, gidning harakatlarini tartibga soluvchi hujjat
bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Gidga mavzuni yoritish yo‘llarini ko‘rsatishi;
Ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishning samarali usullarini
ko‘rsatishi;
Ekskursiyaning tashkiliy masalalari bo‘yicha aniq tavsiyalar berishi;
Ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoyaning bir-biriga uyg‘unligini ta’minlashi;
Ma’lum ekskursantlar guruhi qiziqishini inobatga olishi kerak.
Texnologik xarita har bir ekskursiya mavzusiga alohida tuziladi. Texnologik
xarita variantlarida ekskursantlarning yoshi, kasbi va boshqa qiziqishlari,
ekskursiyani olib borishning o‘ziga xos uslubiyati ham o‘z aksini topadi.
Texnologik xarita quyidagicha rasmiylashtiriladi: titul varog‘ida: ekskursiya
muassasasining nomi, ekskursiya mavzusi, turi, marshrut davomiyligi, masofasi
ekskursantlarning tarkibi, tuzuvchilar f.i.sh., ekskursiya tasdiqlangan sanasi
yoziladi. Keyingi sahifada ekskursiyaning maqsadi va vazifalari, ob’ektlar va
to‘xtash joylari ko‘rsatilgan marshrut sxemasi kiritiladi.
Texnologik xarita 3 bo‘limdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirish va
xulosa qismi grafalarga kiritilmaydi. Masalan, «Samarqand-Sharq gavhari»
mavzusidagi ekskursiyani tayyorlashda uslubiy ishlanmaning kirish qismida gidga
quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: eng avvalo guruh bilan tanishib olish, o‘zini
va haydovchini tanishtirish keyin esa avtobusda ekskursantlarning o‘zini tutish
qoidalari va maxsus ajratilgan vaqtdagina savol-javob qilish va taassurotlar
almashish mumkinligini aytish kerak.
Axborot qismida ekskursiyaning nomi, marshruti, ekskursiya davomiyligi
haqida ma’lumot beriladi. Bu qism ekskursantlarning mavzuga qiziqishini
100
uyg‘otadigan darajada yorqin va his-hayajonli bo‘lishi kerak. Uni quyidagicha
boshlash mumkin: «Samarqandni shoirlar, tarixchilar «Islom olamining bebaho
marvaridi», «Sharq Rimi», «Yer yuzining sayqali» deb atashadi. Samarqand 2500
yildan ziyod boy tarixga egadir. Samarqand Zarafshon daryosi vodiysida geografik
qulay joylashganligi sababli «Buyuk ipak yo‘li»ning muhim chorrahasi
hisoblangan».
Ekskursiya guruhi to‘planadigan joy buyurtmachi bilan kelishilgan holda
belgilanadi, ekskursiyaning boshlanish joyi esa texnologik xaritadan aniqlanadi.
101
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |