O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi: 
 
Marshrut 
To‘xtash 
joyi 
Ko
‘r
sa
ti
la
di
g
an ob
’ekt
la

V
a
qt
 
Mavzuostilar va asosiy 
yoritiladigan savollar 
Tashkiliy 
ko‘rsatmalar 
 
Uslubiy ko‘rsatmalar 







Universitet  
xiyoboni 
Yo‘l- 
yo‘lakay 
Amir 
Temur 
haykali 
10 
daq. 
Sohibqiron Amir Temur 
shaxsiyati va uni shahar 
taqdirida tutgan o‘rni 
haqida hikoya qilish 
Avtobusning sekin 
harakati davomida 
hikoya qilinadi. 
Sharhlash usulidan foydalanib, 
Amir Temur shaxsiyatiga tavsif 
beriladi, hikoya va ob’ektni 
ko‘rsatish uyg‘unligiga rioya 
qilinadi. 
Ruhobod 
ko‘chasi 
Maqbara 
yonida 
to‘xtash 
Amir 
Temur 
maqbarasi 
30 
daq. 
Temuriylar sulolasi 
maqbarasi 
1) maqbara qurilishi 
tarixi; 
 
 
 
 
 
2) maqbaraning devoriy 
Guruh avtobusdan 
tushadi, maqbara 
darvozasi oldida 
yig‘iladi. 
 
 
 
 
 
Guruh ichkariga 
Shaxzoda Muhammad 
Sulton maqbara(madrasa) va 
xonaqosi so‘zli rekonstruksiya 
qilinadi. Tushuntirish usuli 
yordamida maqbara qurilishi 
tarixi haqida hikoya qilinadi. 
Tasvirlash usuli yordamida 
gumbazning ichki qismi, 
devordagi yozuvlar, qandil 
haqida hikoya qilinadi. 


102 
 
bezaklari; 
 
 
3) Temuriylar 
 maqbarasi tarixi 
kiritilib, devorlarga 
yaqin joylashtiriladi. 
 
Barcha qabrtoshlar 
ko‘rinib turishi uchun 
guruh qulay 
joylashtiriladi. 
Ekskursiya ma’lumoti usuli 
yordamida Temuriylar sulolasi 
haqida hikoya qilinadi. 
Amir Temur qabrtoshi va  
o‘g‘illari, nabiralari va ustozi 
Mirsaid Baraka qabr toshlari 
ko‘rsatiladi. 
Ruhobod 
ko‘chasi 
Maqbara 
yonida 
to‘xtash 
Ruhobod 
maqabarasi 
20 
daq. 
Shayx Burxoniddin 
Sog‘arjiy 
1) Burxoniddin 
Sog‘arjiy shaxsiyati 
Guruhni maqbara 
gumbazini ko‘rish 
mumkin bo‘ladigan 
joyda to‘planadi. 
Taqqoslash usuli yordamida 
Ruhobod va  Amir Temur 
maqbarasi taqqoslanadi. 
Burxoniddin Sog‘arjiy, xotini 
va o‘g‘illari qabrtoshi 
ko‘rsatishda ekskursiya 
ma’lumoti usulidan 
foydalaniladi. 
Registon 
ko‘chasi 
Registon 
maydoni 
yonida 
to‘xtash 
Registon 
maydoni 
45 
daq. 
Registon maydoni savdo, 
hunarmandchilik va ilmiy 
markaz sifatida 
1) Ulug‘bek madrasasi 
2) Sherdor madrasasi 
3) Tillakori majmuasi 
Guruh avtobusdan 
tushadi va maydonni 
panoramali ko‘rsatish  
uchun maxsus joyda 
yig‘iladi. Madrasalar 
quyidagi ketma-
ketlikda ko‘rsatiladi 
va hikoya qilinadi: 
1.Ulug‘bek. 
Ob’ektlarni ko‘rsatishda 
quyidagi usullardan 
foydalaniladi: maydonni 
panoramali usulda ko‘rsatiladi. 
Maydon, madrasaning 
funksional mohiyatini 
voqealarni jonlantirish usuli 
yordamida yoritiladi. 
Hikoya qilishning quyidagi 


103 
 
2. Sherdor. 
3.Tillakori 
usullaridan foydalaniladi. 
Madrasa, hujralarning tashqi 
ko‘rinishini tasvirlash usuli 
bilan hikoya qilinadi. 
Har uchala madrasaning farqli 
jihatlarini hikoya qilishda 
tavsiflash usuli yordamida 
hikoya qilinadi. 
Savol- javob usuli yordamida 
ekskursantlar  faollashtiriladi. 
… 
… 
… 
… 
… 
… 
… 


 
104 
Texnologik  xaritaning  samaradorligi  barcha  grafiklarni  to‘liq  to‘ldirilishiga 
bog‘liq.  Odatda  ishlanma  hajmi  ekskursiya  ob’ektlari  va  mavzuostilari  soni, 
davomiyligi, masofasidan kelib chiqib kompyuterda terilgan 6-12 bet bo‘ladi. 
Texnologik xaritaning ekskursiya marshruti grafasida ekskursiya boshlanishi 
nuqtasi va birinchi mavzuosti tugashi joyi yoziladi. 
To‘xtash  joyi  grafasida  marshrutda  ekskursantlarni  avtobusdan  tushishi 
rejalashtirilgan  nuqtasi  yoziladi;  avtobusdan  tushmasdan  oynadan  ob’ektlarni 
kuzatish yoki piyoda ekskursiyada to‘xtash nuqtasi yoziladi. 
Ko‘rsatiladigan ob’ektlar grafasida to‘xtash joylarida guruhga ko‘rsatiladigan 
joylar, asosiy va qo‘shimcha ob’ektlar yoziladi. 
Ekskursiya davomiyligi grafasida ma’lum ob’ektni ko‘rsatish, hikoya qilish va 
ekskursantlarning  marshrut  bo‘ylab  keyingi  to‘xtash  joyigacha  sarflanadigan  vaqt 
ko‘rsatiladi.  Bu  vaqtlar  summasi  ekskursiyaning  umumiy  davomiyligini  belgilab 
beradi. 
Mavzuostilar  va  asosiy  yoritiladigan  savollar  grafasi  qisqa  yozishmalardan 
iborat.  Birinchi  navbatda  marshrutning  shu  kesimida,  vaqtida  yoritiladigan 
mavzuosti  beriladi(uchinchi  grafada  keltirilgan  ob’ektlar  bo‘yicha).  Shu  yerda 
mavzuostini yorituvchi savollar shakllantiriladi. Mavzuostiga tegishli savollar soni 
beshtadan ortmasligi kerak. 
Tashkiliy  ko‘rsatmalar  grafasida  guruhning  harakatlanishi,  xavfsizligi, 
sanitariya  gigiyenik  talablar,  memorial,  diniy,  tarixiy,  madaniy  ob’ektlarda  o‘zini 
tutish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar yoziladi. Tabiatni asrash va yong‘in xavfsizligi 
bo‘yicha ekskursantlarga qo‘yilgan talablar ham shu yerda ko‘rsatiladi. Bu grafada 
ekskursiyani olib borish texnikasiga kiruvchi barcha masalalar kiritiladi. Masalan, 
«guruh  shunday  joylashtiriladiki,  barcha  ekskursantlar  binoga  kirish  yo‘lini 
ko‘rishsin»,  «ushbu  to‘xtash  joyida  ekskursantlarga  suratga  tushirish  uchun  vaqt 
ajratiladi».  Shahardan  tashqaridagi  ekskursiyalarda  sanitar  to‘xtashlar,  tabiatni 
asrash bo‘yicha tavsiyalar ham shu grafada yoziladi. Ishlab chiqarish korxonalarida 
tashkil  etiladigan  ekskursiyalarda  ish  joylardagi  texnika  xavfsizligi  qoidalari, 


 
105 
ekskursantlarga  qo‘yilgan  majburiy  talablar,  ob’ektni  ko‘rsatish  va  hikoyadagi 
tanaffuslar joyi yoziladi. 
Uslubiy  ko‘rsatmalar  grafasi  ushbu  hujjatning  yo‘nalishini  belgilaydi, 
ekskursiyani  olib  borish  uslubiyati  bo‘yicha  gidga  qo‘yilgan  talablarni 
shakllantiradi,  ekskursiya  jarayonidagi  hikoyasi  va  ob’ektlarni  ko‘rsatishning 
usullarini  qo‘llash  bo‘yicha  ko‘rsatmalar  beriladi.  Mantiqiy  o‘tishlar  variantlari, 
«gid portfeli» materiallarini ko‘rsatish hamda ekskursantlar harakatini yo‘naltirish 
bo‘yicha  gidga  tavsiyalar  beriladi(masalan,  «hikoya  tugaganidan  so‘ng 
ekskursantlar  ob’ektni  mustaqil  kuzatishlari  mumkin»,  «gid  .....terminlarni 
izohlashi kerak» va sh.k.). 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish