O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Masjid  ichkari  qismida.  Masjidning  213  ta  (o‘ra)  ustunli  ichki  maydoni 
55x45  metr  bo‘lgani  holda,  uning  balandligi  4,5  metr.  Besh  mingga  yaqin  kishi 
namoz  o‘qishi  mumkin  bo‘lgan  bu  masjidda  yog‘och  o‘ymakorligi  san’atining 
qadimgi  va  eng  chiroyli  namunalari  hozir  ham  o‘z  vazifasini  bajarib  turibdi.  Bu 
ustunlarning  ayrimlari  XIII-XV  asrlarda  ishlangan  bo‘lsa,  ko‘pchiligi  XIX-XX 
asrlarga  taalluqli.  Bugungi  kungacha  saqlangan  bu  ustunlarning  12  ta  eng 
qadimgilari  X-XII  asrlarda  ishlangan.  Ustunlarning  ko‘pligi,  ularning  ming  yil 
ichida ta’mirlanmaganligi xorazmlik yog‘och o‘ymakor ustalarining ishlariga baho 
berish imkonini beradi. Agar e’tibor qilinsa, ustundagi naqshlarning turli-tuman va 
bir-biridan  chiroyliligi  kishi  diqqatini  tortadi.  Eng  e’tiborli  tomoni  shundaki, 
ustunlar  qadimiylashib  borgani  sayin ulardagi go‘zallik ortib  boradi.  Bu  go‘zallik 
naqshlarning chuqurligi va  mayin-nafisligidadir. X-XI asrda ishlangan ustunlarga 
tarixiy  ma’lumotlar  yozilgan  bo‘lsa,  XV-XVI  asrlarda  ularga  hadislar  yozilgani 
ma’lum bo‘ladi. 
X  asrda  Xorazmga  kelgan  arab  sayyohlari  Al-Istahriy  va  Al-
Muqaddasiylarning  guvohlik  berishlaricha,  masjid  IX-X  asrlarda  bunyod  etilgan. 
Muqaddasiyning  «Ahsan  at  taqosim  fi  ma’rifat  al-Aqolim  (mamlakatlarni 
o‘rganish uchun eng yaxshi taqsimot)» asarida Xiva haqida shunday ma’lumotlar 


186 
 
keltirilgan:  «Xiva  cho‘l  chekkasida  joylashgan  azim  bir  shahardir  va  daryodan 
chiqarilgan kanal  bo‘yidadir.  Uning katta jome’  masjidi  bor». Ushbu asarda  Xiva 
haqida  berilgan  tarixiy  ma’lumot  ham  juda  qimmatlidir,  qarang  unda  yana 
nimalarga  e’tibor  qaratilgan:  «U  yerda  uzum,  ko‘plab  mayiz,  qandolat,  kunjut, 
yo‘l-yo‘l matodan tikilgan kiyimlar, gilamlar, nafis parchalar, qulflar, rang-barang 
kiyimlar,  faqat  kuchli  odamlar  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  o‘q-yoylar,  maxsus 
pishloq, suzma, baliq yetishtiriladi. U yerda kemalar quriladi». 
Ko‘pdan  beri  yashab  kelayotgan  xivaliklarning  aytishlariga  qaraganda, 
ko‘hna masjid eskirib qolgan va uning o‘rniga ikki yuz yillar oldin xuddi o‘sha reja 
asosida ancha kengaytirilgan hozirgi masjid barpo qilingan. Tarixiy ma’lumotlarga 
qaraganda masjid 1788-yilda Abdurahmon Mehtarning katta o‘g‘li Abdurahimboy 
tomonidan  qayta  qurilgan.  Masjidning  kunchiqar  tomonidagi  kichkina  maqbaraga 
Abdurahmon Mehtar dafn qilingan. 
Masjid  mehrobining  o‘rtasida  rangli  bo‘yoqlar  bilan  anor  daraxti  va  uning 
shoxlarida  pishib  yetilgan  mevalari  tasvirlangan.  Bu  rasmning  yasalishiga  sabab, 
qadimgi xorazmliklarning islomdan oldingi e’tiqodicha, ya’ni zardo‘shtiylik dinida 
anorni  qo‘liga  ushlab  turgan  Anaxita  tasviri  hosildorlik  xudosi  sanalgan.  Islom 
keyin, anor guli yoki uning mevasi ayrim joylarda yasala boshlangan. Mehrobning 
ikki yonida devorga o‘rnatilgan marmar toshlarga o‘ymakor xatlar bitilgan bo‘lib, 
xatlarning  birida  masjid  mulki  va  mablag‘i  haqidagi  vaqfnoma,  ikkinchisida  esa 
masjid tarixiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularda aytilishicha, vazir Abdurahmon 
amri  bilan  1203  hijriy  (1788)  yilda  Kuyuk  tom  (hozirgi  Qo‘shko‘pir  tumanidagi 
qishloq) va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlar ajratilganligi va daromadni 
xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish haqidagi xabarlar bor. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish