Buzilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlangan insonga bosh og‘rig‘i,
ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda, oshqozon va ichaklarda og‘riq, umumiy holsizlik
kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda gid quyidagilarni bajarishi lozim:
jabrlanuvchiga 3-4 stakan suv yoki och pushti rangda tayyorlangan
margansovkali eritma (KMnO
4
) berib qusish chaqirib,jarayonni 2-3 marta
takrorlash;
jabrlanuvchiga adsorbentlar (faol ko‘mir tabletkasi, smekta va h.k.)
berish;
issiq choy berish, qulay issiq sharoit yaratish;
nafas olish jarayoni va yurak urishi to‘xtasa sun’iy nafas berib, yurak
massajini o‘tkazish;
zudlik bilan yuqori saviyali tibbiy yordamni chaqirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |