197
2-ob’ekt. XAZRATI IMOM MAJMUASI
Majmua qarshisida. Hurmatli ekskursantlar! Biz Xazrati Imom majmuasi
qarshisida turibmiz. Xazrati Imom yoki Xasti Imom majmuasi XVI-XIX asrlarda
shakllangan bo‘lib, uning asosini Kaffol Shoshiy maqbarasi tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida tom ma’noda yangidan ta’mirlangan yodgorliklar
sirasiga Xazrati Imom yodgorlik majmuasi obidalarini ta’kidlash maqsadga
muvofiq. Hozirgi kunda ushbu hududdagi mavjud barcha yodgorliklar: Kaffol
Shoshiy maqbarasi, Baroqxon, Muyi Muborak madrasalari, Tilla Shayx hamda
Namozgoh jome’ masjidlari to‘liq ta’mirlanib, o‘zining yangi qiyofasida namoyon
bo‘lmoqda. Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarida respublikamizdagi eng qo‘li gul
ustalari jalb etilib, yodgorliklar o‘ziga xos me’moriy obidalar uslubida qayta
ta’mirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: