O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

11.7. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari
 
Yuqorida aytib o‘tildi, chakana turagentlik huquqiy – tashkiliy shakllarga tobe 
bo‘lmagan  holda  turistik  industriya  korxonalari  tomonidan  ishlab  chiqiladigan, 
turoperator  tomonidan  shakllanadigan  alohida  xizmatlarni  ham,  kompleks  standart 
turlar (inklyuziv - turlar) ni sotish bilan shug‘ullanadi. 
Ko‘pchilik  xorijiy  mamlakatlarda  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  bunday 
turlarni  sotish  huquqi  faqat  chakana  turagentliklarga  berilgan.  Shuning  uchun 
mazkur  biznes  ular  uchun  asosiy  faoliyat  turi  hisoblanadi.  Ammo  turagentlar 
kompleks  turlarni  chakana  sotish  bilan  bir  qatorda  katta  miqdorda  turli  xil  turistik 
xizmatlarni  sotishda  ham  ishtirok  etadi.  Ularning  ruyxatiga  quyidagilarni  kiritish 
mumkin: 
  muzeyga ekskursiya, kartinalar galeriyasi, arxitektura yodgorliklari shahar 
tashqarisiga sayr va boshq.; 
  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  va  ijtimoiy-maishiy,  madaniy 
oqartuv muassasalariga ekskursiya
  ichki va xalqaro transport biletlarini sotib olish; 
  gid (ekskursovodlar) va gid-tarjimonlar xizmati
  mehmonxona xizmatlari va qo‘shimcha joylashtirish vositalari xizmatlari; 
  umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari; 
  avtotransport prokati; 
  xorijga chiqish vizalarini olishga so‘rovlarni rasmiylashtirish; 


                      
304 
  sug‘urta polislarini sotish
  sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlarini sotish; 
  suvenirlar,  pochta  otkritkalari,  yo‘l  ko‘rsatkichlar,  markalar  va  boshq. 
sotish; 
  valyuta almashtirish
  turistik va sport anjomlarini ijaraga olish. 
 
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:  
  turoperatorlar,  mehmonxona  va  transport  korxonalari,  ekskursiya 
byurolari,  sayr-tomosha  korxonalari  va  boshqa  turistik  xizmatlarni 
yetkazib  beruvchilar  bilan  ular  ishlab  chiqadigan  xizmatlarni  chakana 
haridorlarga  sotish  huquqini  olish  maqsadida  agentlik  munosabatlarini 
o‘rnatish; 
  o‘zining  turistik  xizmatlar  mikro  bozorida  harakatlanishni  tashkil  qilish, 
shu  maqsadda  pochta  reklamalari,  telefon  orqali  murojaat,  shaxsiy  aloqa 
va boshqalardan foydalanish
  potensial  haridorlarni  sotiladigan  xizmatlar  va  ularni  sotish  tartibidan 
xabardor qilish; 
  haridorlarni  tanlangan  turlar  (xizmatlar)  ga  talabnoma  olish  va  bu 
talabnomalarni  turoperator  yoki  boshqa  xizmatlar  yetkazib  beruvchilarga 
ularni bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish
  haridordan  tur  (xizmat)  uchun  to‘lov  haqi  qabul  qilingani  tasdig‘i 
olingacha, zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‘z vaqtida turoperatorga 
yoki  boshqa  xizmat  yetkazib  beruvchiga  tegishli  summa  o‘tkazishga 
taqdim  etiladi,  xorijga  tur  sotishda  vizani  rasmiylashtirish,  turoperatorga 
berish uchun haridorning xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi; 
  turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning 
o‘zgartirilgani  yoki  bekor  qilingani  haqidagi  ma’lumot  haridorga 
yetkaziladi; 
  haridordan  qabul  qilingan  va  turoperatorga  yoki  boshqa  xizmatlarni 
yetkazib  beruvchiga  uzatilgan  haridor  talabnomalari  o‘zgartirilishi  yoki 
sotib olingan tur (xizmat) ni bekor qilinishi
  turoperator  yoki  boshqa  turistik  xizmatlarni  yetkazib  beruvchi  oldida 
barcha amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish; 
  haridordan  sotib  olingan  xizmatlarni  bekamu  –  ko‘st  bajarilishi  bo‘yicha 
shikoyatlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi; 
  turagentlik bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va 
istaklar  to‘g‘risida  axborotlar  yig‘adi  va  ularni  turoperator  va  boshqa 
xizmat yetkazib beruvchilarga uzatadi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  xalqaro  turistik  sayohatlarni  tashkil    qilishning 
ana’anaviy  tarkibi  bilan  bir  qatorda  (turoperatorlar  va  turagentliklar)  bu  sohaga 
boshqa  soha  tashkilotlari  tobora  ko‘proq  kirib  faol  harakat  qilishayapti.  Bunda 
xalqaro  aviakompaniyalar,  mehmonxona  zanjirlari,  banklar,  sug‘urta  jamiyatlari, 
savdo uylari, o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan 
shug‘ullanuvchi savdo tarmoqlari ko‘zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya avia 
bilet  sotishda  haridorga  mehmonxona,  transfer,  boradigan  manzilda  ekskursiya 


                      
305 
bronlashtirishni  taklif  qiladi.  Bunday  tashkilotlar  uchun  umumiy  bo‘lgan  sabab 
shuki  ushbu  sohalarda  ortiqcha  kapital  hosil  bo‘lgan.  Bu  esa  xalqaro  turizmni 
rivojlantirish  uchun  ko‘p  yillar  oldin  istiqbollarini  ishlab  chiqishga  qulay  sharoit 
yaratadi. 
Turistik biznesga o‘z kapitallarini sarflar ekan, bu tashkilotlar avvaloboshdan 
turistik  bozorda  raqobat  kurashida  ustunlikka  erishish  imkoniga  egadirlar.  Chunki 
o‘z  xususiy  sotish  tarmoqlari  (chakana  sotish punkti),  masalan,  bilet  kassasi,  bank 
bo‘lish,  sug‘urta  agenti,  shuningdek  yaxshi  yo‘lga  quyilgan  avtomat  bronlashtirish 
tizimi,  qaysikim  turistik  xizmatlarni  sotish  uchun  qo‘llaniladigan  keng 
imkoniyatlarga  egadir.  Bunday  noan’anaviy  sayohat  tashkilotchilari  rolini  global 
taraqqiyot  jarayonida  oshishi,  turistik  bozorda  turoperatorlar  va  turagentlar  uchun 
murakkab vaziyatning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish