Keytering. R.A. Braymerning «Mehmondorchilik industriyasining asosiy
boshqarishlari» nomli kitobida berilishicha, keytering – bu, ko‘p hollarda tashqarida
qilinadigan ovqatlanish korxonalari xizmatlaridir.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keytering kompleks xizmatlar majmuyini
qamrab oladi. Keytering, bino ichidagi keytering, ochiq havodagi keytering,
individual holatdagi keytering kabilar bilan farqlanadi. Sovuq ichimliklar sotishni,
sport arenalarida buterbrodlar sotishni, avtomatlardan sigaretlar, gazlangan
ichimliklar, soklarni sotishni keyteringga kiritish mumkin.
Shimoliy Amerikada umumiy ovqatlanish tarmoqlari XVII asrdayoq shakllana
boshlagan edi. 1634 yilda Boston shahrida birinchilardan bo‘lib, tavernlar ochilgan
va boy tayyor ovqatlarni taklif qilgan. O‘sha paytda va mustaqillik uchun urush
yillari davomida biznesmenlar va askarlarning uchrashuv joyi bo‘lib kelgan va
Amerika jamiyatida sezilarli rol o‘ynagan.
XVII o‘rtalarigacha cherkovlar tavernlarga panohlik qilgan va amalda ularni
boshqargan. Ammo XVII asr boshlariga kelib ularning ishtiroki saqlanib qolgan
bo‘lsada, roli sezilarli susaya borgan.
Tavernlar AQShda birinchi «Delmoniko» restoran (Nyu-York, 1832 y) paydo
bo‘lgan. Amerika restoranlar ishini yo‘lga qo‘yishda Fransiya katta ta’sir ko‘rsatdi.
Uning bilan yonma-yon (parallel) ravishda amerikaning o‘z xizmat ko‘rsatish turlari
shakllana bordi. Bugungi kundagi ko‘rinish kafeteriyasi esa 1891 yil Chikagoda
ochilgan.
199
XX asrda AQSH umumiy ovqatlanish industriyasi faol rivojlanib bordi. Bu
jarayonga kafelarda spirtli ichimliklarni yashirincha sotishni taqiqlovchi «Quruq
qonun» ham, mahsulotni qat’iy taqsimlashga majbur etgan ikkinchi jahon urushi ham
to‘siq bo‘laolmadi. Keyingi talablar savdo avtomatlarini ishlab chiqish va
foydalanishga to‘rtki berdi. Bugungi kunda ularning kompyuter texnologiyalari va
elektronika yutuqlari tatbiq etilgan beshinchi avlodi ishlayapti.
Urushdan keyingi yillarda AQShda umumiy ovqatlanish sohasida yangi
yo‘nalishlar (tendensiya)lar vujudga kelishi kuzatildi. Bu muzlatilgan mashulotlarni
tarqatish bilan bog‘liq edi. Ular restoranlar, zavod oshxonalari va kafelar, avia
yo‘nalishlarda qo‘llanila boshladi.
1970- yillar tez xizmat ko‘rsatish korxonalari belgisi ostida o‘tdi. Qo‘shimcha
texnik imkoniyatlar paydo bo‘lishi ularga taklif etiladigan taomlar assortimentini
sezilarli kengaytirishga yordam berdi. Gamburger va qovurilgan jo‘ja bilan bir
qatorda ular meksika va yevropa pazandachilik usullarini o‘zlashtirib oldilar.
Xususan hamir ovqatlar, dengiz mahsulotlari tayyorlashni o‘rgandilar. Bu davrga
kelib AQSH umumiy ovqatlanish industriyasining asosiy qirralari shakllanib
bo‘lgandi. Ko‘pchilik mutaxassislar uni jahondagi eng rivojlangan ovqatlanish
industriyasi deb hisoblaydi.
Zamonaviy AQSH umumiy ovqatlanish industriyasi mamlakat iqtisodiyotining
eng muhim sohalaridan biridir. U moddiy aktivlari kattaligi jihatidan to‘rtinchi
o‘rinni egallaydi (200 mlrd. Amerika dollariga baholanadi). Tarmoqlar o‘rtasida
bandlik bo‘yicha yetakchilik qiladi, 8 mln. kishini ishchi o‘rni bilan ta’minlangan.
«Nyusuik» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, «Mak Donalds» restoranlar tizimidagi
korxonalarda po‘lat qo‘yish kompaniyasi «Yunayted Steyte Stil» dagidan ko‘p
odamlar ishlaydi. «Makdonalds» ning «Oltin peshtoq» savdo tamg‘asi Amerika
iqtisodiyoti ramzi kabi tilga olinadi.
Xalqaro turistik ovqatlanish amaliyoti turgan gap odatda joylashtirish bilan
chambarchas bog‘liq. Uning qiymatiga yashash bilan bir qatorda mehmonxona
tariflari ham kiritilgan. Sayyoh bir mahal, ikki mahal, uch mahal ovqatlanish bilan
nomer tanlashi mumkin. Muvofiq ravishda amerika rejasi (American Plan, AP),
modifikatsiyalashgan Amerika rejasi (Modified American Plan, MAP), va qit’a rejasi
(Continental Plan) farqlanadi, yana «To‘shak va nonushta» (Bed and Brenkfast)
tilga olinadi. Ko‘pchilik otellar Yevropa rejasi bo‘yicha ishlaydi (European Plan, EP).
U o‘zida ovqatlanishni hisobga olinmagan joylashtirish qiymati asosida mehmonxona
tarifini namoyon etadi. Sayyohlar mustaqil ravishda umumiy ovqatlanish
korxonalarini, oshxona va buyutrma taomlarni tanlashadi.
Xizmat ko‘rsatish shakllarida ham farqlar bor. «Alya kart» tizimi restoran
taklif etadigan taomnomani mijoz tomonidan erkin tanlashini mo‘ljallaydi. «Tabl
dot» - hamma mijozlar uchun yagona, taomni tanlash huquqini berishmaydi, «Shved
dasturxoni» - umumiy dasturxonga qo‘yilgan taomlarni erkin tanlash va o‘ziga-o‘zi
xizmat ko‘rsatishga asoslangan. Xizmat ko‘rsatishning bu shakli ovqatni didga qarab,
xohlaganicha tanlash imkonini beradi.
Quyida jahondagi eng yaxshi o‘nta mehmonlar huzuridagi ruyxatlar keltiriladi.
Ularni har yili taniqli jurnal «Xoutelz» e’lon qiladi (jadval 13).
200
Turistlar ovqat va ichimlik bilan faqat kelgan joyidagina emas, balki havo, suv,
temiryo‘l transportlari, avtobuslarda safar chog‘ida ham ta’minlanadi. AQShda 1990-
yillar 40 % ga yaqin kema kompaniyalari umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb
etgan yoki ular bilan birgalikda teploxod bortida ovqatlanishni tashkil qilish uchun
ixtisoslashgan tarkiblar yaratgan. Bunday korxonalar, hamkorligiga «Chandris» va
«Appolo Ship Chandlers» kompaniyalari «Selebriti Kruzez» kompaniyasi
teploxodida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ta’sis «Senchera Kruiz
Savaysez» kompaniyasini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yil yakunlariga
ko‘ra uning ishi «Selebriti Kruzez» ning bortidagi eng yaxshi ovqatlanish tizimi
mukofatiga sazovar bo‘ldi. U servis xizmatini shunday darajaga ko‘tardiki, bu yutuq
hozirgacha kemalarda yetib bo‘lmaydigan darajadagi ish hisoblanib kelmoqda.
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni
tashkil etilishiga qaratilganini e’tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to‘liq
bo‘lmaydi. Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur
kaloriyali taomlar bilan ta’minlaydi, balki ko‘ngil ochish va yorqin unitilmas
taassurotlar olish imkonini ham beradi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |