O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Shveysariyada to‘plangan. Ular ikki tipda: bolneologik va iqlimiy tipda joylashgan. 
Germaniyada  yuqorida  eslatilgan  Baden-Baden  va  Visbadendan  tashqari,  yaxshi 
ma’lum  balneologik  kurortlar  Badenveylar,  Vildbad  va  Bayersbronn  hisoblanadi. 
Ular Shvarsvald, Bad-Xomburg va Bad – Nauxaym tog‘ yonbag‘irilarida joylashgan 
va  Frankfurt  –  na  Mayne,  Axen  va  mamlakat  g‘arbidagi  boshqa  shaharlardan  uzoq 
emas.  Iqlimiy  kurortlar  orasida  o‘rmon  va  tog‘  (Kvedlin-burg,  Oberxof,  Fyussen), 
shuningdek  dengiz  bo‘yi  (Vangeroge,  Dame,  Travemyunde,  Xayligenxafen, 
Flensburg) kurortlari ustunlik qiladi. Nemislarning o‘zlari shimoliy dengizga nisbatan 
issiqroq  joylarda  dam  olishni  ma’qul  ko‘rishsada,  bu  sog‘lomlashtirish  maskanlari 
turistlardan  kamchilik  sezmaydi.  Germaniya  kurortlari  har  yili  1  mln.  dan  ortiq 
kishini  qabul  qiladi.  Nemis  bolneologik  va  iqlim  markazlari  taklif  etayotgan 
reablitatsiya  va  profilaktika  dasturiga  Fransiya,  Belgiya,  Lyuksemburg,  AQSH  va 
Kanada aholisi o‘rtasida talab katta. 
Avstriya haqli ravishda o‘zining ko‘psonli kurortlari bilan faxrlanadi. Ulardan 
eng mashhuri Gastayn daryosi vodiysidagi janubiy Zalsbur provinsiyasida joylashgan 
Badastayn  balneologik  kurortidir.  U  issiq  radon  buloqlari  bazasida  barpo  etilgan. 
Avstriya  balneologik  va  iqlim  kurortlaridan  tashqari,  ko‘l  bo‘yi  davolash  -  
soqlomlashtirish  turizmi  safarlarini  ham  rag‘batlantirmoqda.  Har  yili  Atterze, 
Mondze,  Ossiaxer–3e  va  Toplitsze  ko‘llari  1  mln.  turistni  jalb  etadi.  Kelayotgan 
butun turistlarning 20 % ni davolanish maqsadida kelayotganlar tashkil etadi. 
Shveysariya kurortlari soni bo‘yicha Avstriya va Germaniyadan biroz orqada 
bo‘lsada,  ammo  davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi  yo‘nalishi  bo‘yicha 
mashhurlikda  ulardan  qolishmaydi.  To‘g‘ri,  bu  mamlakatda  kurort  xizmatlari  faqat 
badavlat kishilargagina nasib etadi, ularning narxi juda qimmat. 
Shveysariyaliklar  va  xorijiy  mehmonlarda  balneologik  salomatlik  maskanlari 
(Baden,  Bad-Ragats)  va  ayniqsa  tog‘  iqlimi  kurortlari  (Aroza,  Davos,  Sankt-Morits, 
Sermatt  va  boshq.)  shuhrat  qozongan.  Shveysariya  birinchilar  qatorida  o‘t-o‘lanlar 
bilan  davolashni  tajriba  qilib  ko‘rgan.  O‘t-o‘lanlar  qaynatmalari  va  damlamalari 
organizm  himoya  qobiliyatini  mustahkamlaydi.  Ortiqcha  vazndan  xolos  bo‘lishga, 
keksayishni  sekinlashtirishga  yordam  beradi.  Markazlarda  dermatoz,  modda 
almashinuvi  buzilishi,  diabet,  bo‘g‘in  kasalliklari,  asab  buzilishlari  muvaffaqiyatli 
davolanadi. 
Janubiy  Yevropa  davolash-sog‘lomlashtirish  turizmi  bozori  asosan  Italiya 
bilan  tanilgan.  Uning  balneologik  kurortlari  mamlakat  shimoli-sharqida  Emilya-
Romanya viloyatida va nafaqat termal suvlari, balki shifobaxsh balchig‘i bilan nom 
qozongan  Iskya  orolida  to‘plangan,  Portugaliya,  Ispaniya,  Gresiya  turistlarni 
o‘zlarining dengiz  bo‘yi  iqlim  kurortlari bilan  jalb  etadi. Bu kurortlar dam  olish  va 
ko‘ngil ochish  zonalari sifatida shuhrat qozongan. Bu  mamlakatlarda ixtisolashgan 
davolash kurortlari uncha ko‘p  emas.  Umumiy  sonda bir  necha  foizni tashkil etadi, 
xolos. 
Shimoliy  Yevropada  davolash-sog‘lomlashtirish  turizmi  past  darajada 
rivojlangan.  Daniya,  Norvegiya,  Finlyandiya,  Shvesiya  va  Niderlandiya    kabilar 
dengiz  bo‘yi  kurortlari  bilan  ajralib  turadi.  Ammo  ular  ko‘proq  ichki  ahamiyatga 
egadir. 


                      
168 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish