O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Yevropada  davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Yevropada  davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi.  Ko‘hna  dunyoda  asosiy 
davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropada,  shuningdek 
G‘arbiy  Yevropada  joylashgan  sobiq  sotsialistik  mamlakatlar  kurort  ishlarida  boy 
an’analarga va tajribaga egadirlar. Mijozlarni davolash, dam olishi, sog‘ligini tiklashi 
uchun  tabiiy  iqlim  sharoitlari,  xastaliklar  oldini  olishning  zamonaviy  usullari  va 
boshqa  keng  xizmat  sohalari  mavjud.Ular  kurort  xizmatlarini  arzon  baholab,  lekin 
yaxshi samarali davolashni yo‘lga qo‘yib yevropa davolash sog‘lomlashtirish turizmi 
bozorida ustunlikni egallab turishibdi. Ular bu bozorda katta ulushni nazorat qiladilar. 
Sanatoriya  –  kurort  davolanishiga  turistik  kelishlar  bo‘yicha  Yevropa 
mamlakatlari  o‘rtasida  yetakchilikni  Chexiya  egallab  kelayapti.  Eng  katta  va 


                      
165 
mashhur chex salomatlik maskani Karlova Vari. Chexiya milliy turistik ma’muriyati 
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jahonning 70 mamlakatidan 50 mln. dan ko‘proq kishi 
davolansh uchun, 2 mln. ekskursantlar  tashrif buyurishdi. Chexiya hududida Karlova 
Varidan tashqari yevropada eng qadimiy kurortlardan biri Teplitse, dunyoda birinchi 
radonli    sanatoriy  –  kurort  Yaximov,  Marian-Lazni  va  Frantishkavi  –  Lazni, 
Lugachovitse,  shuningdek  Yevropada  birinchi  ochilgan  Yanske  –  Lazni  bolalar 
falajini davolashga ixtisoslashgan kurortlari bor. 
Mamlakatda  keyingi  yillarda  Yevropa  davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi 
bozorida  chex  sog‘lomlashtirish  maskanlarining  mavqiyeni  oshirish  uchun  faol 
chora-tadbirlar  ko‘rilmoqda.  Kurortlarda  kamer  teatri  sahnalari,  galereya  va 
ko‘rgazma  zallari,  raqs kafelari,  o‘yin  muassasalari,  tungi  klublar ochilmoqda.  Ular 
faol dam olish uchun golf va tennis o‘ynash, surish, yaxtada sayr, otda yurish, karate, 
piyoda va velosipeda sayr singari sharoitlarga keng imkoniyat yaratmoqda. Davolash 
– sog‘lomlashtirish dasturi madaniy ko‘ngilochar va bilimni boyitish tadbirlari bilan 
qo‘shib olib borilayapti. Chexiya kurortlarida musiqiy festivallar, qo‘shiq tanlovlari, 
kurort  ballari,  aerobik  marafonlar,  savdo  ko‘rgazmalari,  folklor  festivallari 
o‘tkaziladi. Karlova Varida an’anaga aylangan xalqaro to‘liq metrajli filmlar festivali 
bo‘lib  o‘tadi.  Bu  tadbirlar  turistlarni  jalb  etish  va  ular  sonini  ko‘paytirishga,  chex 
salomatlik maskanlari shuhratini tiklash va yoyishga qaratilgan. 
Yevropa  davolash  –  sog‘lomlashtirish  turizmi  bozorida    Chexiyaning  bosh 
raqobatchisi  Vengriya  hisoblanadi.  Uni  haqli  ravishda  termal  hammomlar  (yer  osti 
issiq suvi) yurti deb atashadi. Bir sutkada quduqlar va tabiiy issiq suv manbalaridan 
yarim  million  kubgacha  termal  suvlar  otilib  oqadi.  Ularning  bir  qismi  tibbiyotda 
foydalaniladi.  XXI  asrda  Vengriya  Yevropada  cho‘milish  va  suv  bilan 
davolanishning  markaziga  aylanadi.  Bugungi  kunda  22  ta  Vengriya  shahri  va  62 
posyolkasi davolanish maskanlari sifatida rasman tan olingan. 
Balneologik  kurortlarga  tashrif  buyurish  Vengriyaga  sayohatlarning  bosh 
motivatsiyalaridan  biri  hisoblanadi.  Mamlakatga  kelgan  turistlarning  har  uchinchisi 
suvlarga borgan. Vengriya kurortlarida dam olish va davolanish ayniqsa Germaniya, 
AQSH,  Avstriya,  shuningdek  Vengriyaning  o‘zini  aholisi  o‘rtasida  juda  mashhur. 
Turistik oqimlar ikki yo‘nalish bo‘yicha Budapesht va Balaton ko‘liga qarab intiladi. 
XIX asrdayoq Vengriya poytaxti Budapesht shifobaxsh suvlar shahri maqomini olgan 
edi.  Uning  diqqatga  sazovar  joylaridan  bir  sharq  hammomlari  hisoblanadi.  U  XVI-
XVII    asrlar  –  turk  hukmronligi  davridan  buyon  saqlanib  kelmoqda  va  ishlab 
kelayapti. Davolanishni suvda dam olish bilan qo‘shib olib borishni istovchi turistlar 
Yevropadagi issiq eng katta ko‘llardan biri Balaton ko‘liga qarab yo‘l oladilar. Bu joy 
baliq  ovlash,  suzish,  yelkanli  sport,  eshkakli  qayiqda  suzish,  suv  chang‘isi  bilan 
shug‘allanish uchun eng qulay hisoblanadi. Har yili ko‘lga turli mamlakatlardan 100 
minggacha turistlar kelishadi. 
Polsha  –  davolanish  –  sog‘lomlashtirish  turizmi  bozorida  balneologik  va 
balchiq  bilan  davolash  kurortlari  –  Svinouysse,  Kamen-Pomorski,  Kolobjeg  Boltiq 
dengizi  qirg‘oqlarida  joylashgan.  Ular  chex  va  venger  kurortlariga  nisbatan  kam 
tanilgan va hozircha ular bilan raqobatalasha olmaydi, albatta. Zarur reklama yo‘qligi 
tibbiy  xizmat  darajasining  uncha  yuqori  emasligi,  shuningdek  sovuq  dengiz  polyak 
kurortlari 
imkoniyatlarini 
cheklab 
qo‘yayapti. 
Polshada 
davolanish 
– 


                      
166 
sog‘lomlashtirishning  dengiz  bo‘yi  turizmini  rivojlantirishga  huddi  uch  Boltiqbo‘yi 
davlatlari  Estoniya,  Latviya,  Litva  singari  hududdagi  noqulay  ekologik  vaziyat  ham 
salbiy ta’sir qilayapti. Dengiz qirg‘oq bo‘yi rayonlari sanoat chiqindilari va oqovalar 
bilan  ifloslanmoqda.  Ko‘pchilik  korxonalar  texnik  jihatdan  eskirgan  va  tevarak  – 
atrof  muhofazasi  talablariga  ko‘ra  yangi  texnologiyalar  bilan  jihozlanishga  muhtoj. 
Asosiy  zararli  moddalar  dengiz  akvatoriyasi  va  sharqiy  va  janubi-sharqiy  qirg‘oqlar 
bo‘ylab joylashgan shaharlar va sanoat ob’ektlaridan tushayapti. Bakterial ifloslanish 
darajasining  oshishi  munosabati  bilan  ayrim  Boltiq  bo‘yi  plyajlari  yopilayapti, 
cho‘milish  taqiqlanmoqda.  Shuning  uchun  Polshaning  dengiz  bo‘yi  rayonlariga 
turistlar kelishi keskin qisqarib ketayapti. 
Nisbatan  umidbaxsh  uyg‘otuvchi  vaziyat  tog‘li  joylarda  joylashgan  iqlimiy 
kurortlarda  hukm  surmoqda.  Ko‘p  sonli  tog‘  iqlimi  turizmi  Polshani  davolanish  – 
sog‘lomlashtirish  turizmiga  ixtisolashishida  keng  istiqbollar  ochadi.  Mamlakat  tog‘ 
iqlim  kurortlari  Sudet  va  Karpat  tog‘larida    to‘plangan.  Sondeskix  Beskid  sharqiy 
tog‘  yon  bag‘irlarida  polyak  kurortlari  marvaridi  Krinitsa  shahri  joylashgan.  Yuz 
yillar  davomida  u  o‘zining  shifobaxsh  mineral  suvlari  va  balchiqlari  bilan  mashhur 
bo‘lib  kelayapti.  So‘nggi  davrlarda  esa  tog‘  iqlim  kurorti  va  sport  markazi  sifatida 
dong taratgan. 
Chexiya,  Vengriya  va  Polshadan  tashqari,  davolanish  –  sog‘lomlashtirish 
turizmi 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish