_______________________________________________________
O‘zini saqlash ehtiyoji ( xavfsizlik, himoyalanganligi)
________________________________________________________________
Fiziologik ehtiyoj (ochlik, ishtiyoq)
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
past, eng oddiy, ibtidoiy ehtiyojidan yuqori, murakkabroq tashkil etilgan. Turistik
boshlanish har bir beshtadan ajratilgan piramidalar qatlamida ishtirok etadi.
Asosiy piramidlar boyiroq, bazaviy ehtiyojni tashkil qiladi. Ular biogen
tabiatga ega va ichki fizilogik zo‘riqish oqibati hisoblanadi. Bu iyerarxik
zinapoyaning pastki pog‘onasi dam olishga ehtiyojda joylashgan. Ishdan so‘ng inson
sarflangan energiyasini tiklash va ko‘paytirishga zarurat sezadi. Ammo uning qayta
84
ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotning turli etaplarida bir xil emas va
mehnat faoliyatining harakteriga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishda ilmiy-texnika inqilobi (revolyutsiyasi) va avtomatlashtirish
og‘ir jismoniy operatsiyalarni keskin qisqartirish bilan bir vaqtda intellektual va
hissiy zo‘riqishning kuchayishiga olib keldi. Murakkab mashinalarni ishlatish
kishidan juda katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, qo‘shimcha ruhiy energiya sarflashga
majbur etadi. Bugungi kunda mehnat jarayoni shunchalik zo‘riqish hosil qilganki, u
ko‘nikma sindromiga olib keladi. Shveysariyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,
40 % odamlar o‘z ishlarini haddan tashqari tig‘izligidan va ruhiy zo‘riqishdan
shikoyat qilishadi: 65 % so‘raluvchilar esa ish bilan bog‘liq ruhiy zo‘riqish
vaziyatlari soni yildan – yilga ko‘payotganini aytishdi. Shuni ta’kidlash joizki, bu
tashvishlantiruvchi ma’lumotlar Shveysariyada – hayot an’anaviy tarzda tinch va
xotirjam sanalgan mamlakatga xosdir.
Inson ma’naviy kuch-quvvatini holdan toydirishdan tashqari, ilmiy-texnik
progresslar boshqa salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Xavf-xatarlar
mutlaqo kutilmagan tomondan kelib chiqdi. Mehnat sharoitini yaxshilash va ish
unumdorligini oshirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish jarayonlari kutilmaganda inson salomatligiga tahdid sola boshladi.
Ular ishchilarning harakat faolligini cheklab qo‘ydi. Natijada kam seziladigan
gipodinamiyadan azob chekuvchi odamlar soni ko‘paydi. Bu XX asrda keng
tarqalgan va xavfli kasallikdir. Muskullar zo‘riqishi kamaydi. Ammo bir vaqtning
o‘zida to‘planish va zo‘riqishga chalingan asab charchoqligi o‘sdi. Albatta
charchoqni yozish qiyin kechadi va kishi organizmining funksional tayyorgarligiga
jiddiy putur yetkazadi.
Mehnat harakteri o‘zgarishi bilan dam olish muammosi ham yangicha
ko‘rinishda namoyon bo‘layotir. Endilikda ishchanlik qobiliyatining o‘sishi hayotiy
kuchni tezkor tiklashni talab qiladi. Charchoqni yozishning ma’lum usullaridan eng
yaxshisi mehnat holati va harakterini almashtirish hisoblanadi. Charchoqni yozish va
zo‘riqishni bartaraf etishda unga aqliy faoliyat va qiziqishni qo‘shish dam olish
samaradorligini oshirib, kuchni tiklash jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Agar
kishi vaqtincha doimiy yashash joyini tark etsa maksimal natijaga erishadi. Ayrim
turistik ma’muriyatlar bu holatni hisobga olishib, milliy turistik mahsulotlari
reklamasini kundalik tashvishlarga qarshi qo‘yadilar.
A. Maslou fikricha, fiziologik ehtiyojni me’yorda qondirish kishida o‘zini
saqlashga ehtiyojni faollashtiradi. Turizm sohasida bular ko‘p jihatdan turistik
safarlar geografiyasini belgilaydi. Safarlarga talab ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqaror
hududlarda juda yuqori.
A.Maslou piramidalarning uchinchi pog‘onasidan boshlab endi bazaviy
(tug‘ma) ehtiyojni emas, balki ikkilamchi yoki o‘zlashtirilgan ehtiyojni qarab chiqadi.
Ularning ruyxati ijtimoiy, ba’zan daxldor ehtiyojlar deb atalgan ehtiyojlarni ochadi.
Ularning ikkinchi nomi mazkur guruh ehtiyojlari mohiyatini aniq ifodalaydi. Ular
ma’lum guruh odamlarga taaluqli intilishlarda, ijtimoiy o‘zaro harakatda, biri-biriga
bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlanishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga
a’zo bo‘lish, do‘stona munosabatlar o‘rnatish va h.k.lar yo‘li bilan qondiriladi.
85
Bayramlarda va muloqatlarda, qarashlar va tushinishlar, suhbat va fikr
almashishga intilish odamlarga xos hislatlardir.
Turizm ana shu ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Boshqa tur madaniy
aloqalar
qatorida
u
do‘stona
munosabatlarni,
xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro ishonchli mustahkamlashga
muhim hissa qo‘shadi.
Milliy turistik ma’muriyatlar mamlakatni turistik manzilgoh sifatida
jozibadorligini yaratishda insonning ijtimoiy ehtiyojiga tayanadi.
Piramidalarning yuqori pog‘onasiga qarab chiqib borar ekan, D.Maslou ularda
qondirish oson bo‘lmagan ehtiyoj guruhlariga duch keladi. Haqiqatdan, ijtimoiy
ehtiyoj mohiyatan insonning yashash shakli bo‘lib ko‘zga tashlanadi: jamiyatda
yashab turib, undan ozod bo‘lish mumkin emas. Ehtiyojga hurmat bilan qarash-
shaxsiy yutuqlarda, muomilada, o‘zligini anglashda, atrofdagilarning tan olishi bu
boshqa gap. Afsuski hurmat qozonishga hamma vaqt hech muvaffaq
bo‘linavermaydi.
Bu guruhlar ehtiyojini qondirish kishining jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq.
Odamlar o‘zlari mansub ijtimoiy barqarorlikka xos guruhlarda, xulq-atvori va
qiziqishlari, qadriyatlar to‘g‘risida tushunchalariga muvofiq harakatlanishadi. Ular
yuqoriroq jamoatchilik maqomi sari intiladilar. Turizm esa mulkiy bahosi va nufuzi
indikatori sifatida ma’lum qatlamga daxldor o‘ziga xos ramz ko‘rinishda bu xohish-
istakni hech bo‘lmaganda dam olishda ruyobga chiqaradi.
Individlar (kishilar) sarf-harajatlar bilan hayron qoldirib, nufuzli safarlarni
sotib olishadi, ularning bunga imkoniyatlari bor. XIX asrda burjuaziya har qanday
yo‘l bilan o‘zini ko‘rsatishga uringanida xuddi shunday bo‘lgandi. Bu hodisa bizning
davrimizda ham kuzatilayapti. «O‘zini ko‘z-ko‘z qiluvchi»lar mablag‘larini katta
haridlarga sarflashayapti yoki butun jahonga mashhur kurortlar (Fransiyadagi Lazur
qirg‘oqlari va boshq.) da shahar chekkasidan qarorgohlar qurish uchun joy sotib
olishmoqda. Qishki sport turlari yirik markazlarini egallab olishayapti. Dam olish
sohasi individlarga keng erkin tanlash imkonini berayapti va ularga ishlab
chiqarishda topishga erishaolmagan omadsizliklarini to‘g‘dirayapti.
Grafik piramida cho‘qqisi o‘z ifodasida ehtiyojni qanoatlantiradi. Uning
qondirilishi shaxsni har tomonlama to‘laqonli shakllanishiga yordam beradi. Turizm
bu guruh ehtiyojlarini qondirishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. U hayotiy
dunyoqarash ufqlarini kengaytiradi. Boshqa madaniyat odamlari bilan muloqat
chegaralarini ochadi. Ko‘pgina turistik korxonalar va muassasalar o‘z faoliyatlarida
ehtiyojni qondirish va o‘zlikni anglashga e’tiborni qaratishadi.
Sayyohlarning jahon sivilizatsiyasi durdonalari bilan tanishishi, o‘zi uchun
boshqa millatlar qadriyatlari va an’analarini kashf etish, tabiiy atrof – muhit
go‘zalligidan bahra olish inson qalbi va salohiyatini boyitadi. Safar chog‘ida olingan
taasurotlar va bilimni odamlar o‘zining xilma-xil faoliyatida qo‘llaydi. Individ
hamisha ongli ravishda bo‘lmasada, turizmda shaxs sifatida o‘zini ochish,
qiziqishlarini qondirish usullarini topadi.
Iyerarxiyaning besh bosqichi alohida-alohida emas. Ular o‘rtasida ma’lum
o‘zaro bog‘liq bosqichlar mavjud. Birlamchi bosqichlarni amalga oshirishda nisbatan
kuchliroq va istiqbol zaruratlari ehtiyojlari yuqoriroq darajada namoyon bo‘ladi.
86
Negaki shaxs rivojlanishi bilan uning potensial imkoniyatlari kengayadi, chunki xulq-
atvor motivatsiyasi jarayonglari ehtiyoj orqali tuganmasdir.
A.Maslou motivatsiya nazariyasi ko‘pgina g‘arb tadqiqotchilari ishlarida
rivojlantiriladi. Ulardan ayrimlari uni dam olish sohasiga moslashtirishga intildilar.
Angliyalik rekreolog P.Pirs, A.Maslou piramidasiga o‘xshashlik bo‘yicha rekreatsion
ehtiyojning besh darajasini ajratadi (rasm 5).
Do'stlaringiz bilan baham: |