O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Manba:  Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Manba: 
Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006
 
Belgilangan  funksiyaga  muvofiq  turistlarning  xorijga  safarini  tashkil  etish 
texnologiyasi bosqichma-bosqich qo‘llanadi. Ana shu bosqichlarni haraterlaymiz. 
1.  Turistik  safarni  umumiy  rejalashtirish:  yo‘nalishni  tanlash  (tashrif 
buyuriladigan  mamlakat),  turizm  turlari,  turizmning  sonli  hajmi,  safar  davomiyligi 
va  taxminiy  sanasi,  narx  darajasiga  yaqinroq  xizmatlar  to‘plami  va  klassikligi.  Bu 
ko‘rsatkichlar  bozr  konyuturasi,  maqsadli  bozor  potensialini  baholash  va  turistik 
talablarni  segmentlash  tahlili  asosida  aniqlanadi.  Bunda  yana  turoperatorning 
moliyaviy, moddiy-texnik, odamlar va ma’muriy resurslari hisobga  olinishi kerak.
 
2.  Tegishli  mamlakat  (mamlakatlar)da  mahalliy  turoperatorlar  bilan  ular 
orqali  turistlarga  xizmat  ko‘rsatish  va  qabulni  tashkil  qilish  bo‘yicha  hamkorlik 
o‘rnatish. Ular bilan qabul va xizmat ko‘rsatish aniq shartlari kelishib olinadi: 
a) qabul qilinadigan turistlarning umumiy soni, guruhlar soni va ularning son 
jihatdan tarkibi; 
b) guruhning jo‘nab ketish va yetib kelish sanasi; 
v) marshrutlar va dasturlar (turistlarning sayohat kunlari bo‘yicha); 
g)  ko‘rsatiladigan  xizmatlar  paketi  (joylashtirish,  ovqatlanish,  uchrashuv  va 
kuzatuv, ekskursiya va boshq.), ularning miqdori va sifatiy ta’rifi; 
d) xizmat paketi bahosi; 
e)  xorijiy  tomon  majburiyatlari:  viza  olishga  yordamlashish,  hisob-  kitob 
shartlari,  safarni  bronlash  va  bekor  qilish,  sotilgan  xizmatlarni  bekami-ko‘st 
bajarilishiga javobgarlik, reklamatsiya tartibi va boshqa mavjud shartlar. 
3. Xorijiy  mamlakatda turistlarga xizmat ko‘rsatish shartlarini kelishib olish 
bilan  birga  turoperator  milliy  yoki  xorijiy    tashuvchilar  bilan  guruhlarni  yoki 
individual turistlarni xalqaro tashish uchun zarur o‘rinlar bronlashtiradi. 
4. Shunday tarzda shakllangan turmahsulot (mahsulotlar)ni turoperator barcha 
vositalar  imkoniyati  bilan  chiqish  turizmning  milliy  bozoriga  chiqarish  choralarini 
ko‘radi.Shu  maqsadda  o‘z  moliyaviy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib,  u  imkoni  
bo‘lgan  potensial  haridorlar  barcha  kommunikatsiya  vositalaridan  foydalaniladi: 
ommaviy axborot vositalarida reklama sotilishni rag‘batlanitirish, jamoatchilik bilan 
aloqa,  bevosita  marketing,  taklif  qilinayotgan  turmahsulotga  potensial  haridor 
chorlashda reklama ta’sirchanligiga erishish muhim. 
5.  Bir  vaqtning  o‘zida  turoperator  o‘z  turlarini  vatandosh  turistlarga  sotish 
tizimini yaratish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak. Sotish hududi masshtabi va bozor 
talabini  segmentlashga  bog‘liq  holda  ko‘p  yoki  kam  sonda  xususiy  va  tobe 
bo‘lmagan  chakana  turagentliklaridan  foydalaniladi.  Turoperator  vazifasi  –  o‘z 
sotish  tarmog‘i  ishini  faol  ishlashga  rag‘batlantirish,  sharoit  yaratish  va  o‘z 
turlarining sotilishi ustidan doimiy nazoratni ushlab turish.
 


                      
301 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish