O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning  asosiy funksiyalari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

1.6 Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning  asosiy funksiyalari 
 
Asosiy  funksiyalar  va  ularning  ketma-ket  bajarilishi  xorijiy  turistlarni  qabul 
qilish bo‘yicha turoperatordan o‘z mamlakatida quyidagi sxemada amalga oshiriladi 
(6-rasm). 
Turistlarni  qabul  qilish  bo‘yicha  belgilangan  funksiyalariga  muvofiq 
turperator tanlagan xorijlik turistlar safarini qabul qilishni tashkil etish texnologiyasi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 


                      
302 
1.  Umumiy  rejalashtirish:  xorijiy  turistik  bozorni  tanlash  va  safarga  talabni 
baholash (turistlar soni, sayohatdan-maqsad, turizm mavsumi va boshq.). 
Bu  ko‘rsatkichlar  xorijiy  turistik  bozorlar  kon’yukturasini  o‘rganish  asosida 
aniqlanadi.  Marshrutlar,  dasturlar,  xizmatlar  paketi  klassligi  va  tarkibini 
rejalashtirishda  qabul  qiluvchi  firmalar  odamlar  va  moliyaviy,  moddiy  texnik 
resurslarini  hisobga  olish  zarur.  Eng  avvalo  ularni  mehmonxonada  transportda, 
ob’ektlarni  ko‘rsatishda  zarur  xizmatlarni  ta’minlay  olish  imkoniyatlari  hisobga 
olinadi. 
2.  Mahalliy  turoperator  tomonidan  turistik  mahsulotni  ular  hali  ham  xorijiy 
turistik  bozorda  sotish  va  harakatni  tashkil  etish  maqsadida  mamlakat  mamlakatlar 
bilan  hamkorlik  o‘rnatish.  Ular  bilan  xorijlik  turistlarni  qabul  qilish  va  xizmat 
ko‘rsatishning aniq shartlarini  kelishib olish, jumladan: 
a) xorijiy turistlarning umumiy soni, guruhlar soni, ular tarkibi: 
b) guruhlarning kelish va qaytish sanasi, xalqaro transport turi; 
v) xorijiy turistlarning sayohat marshrutlari va dasturlari (kunlar bo‘yicha); 
g) taqdim etiladigan xizmatlar paketi, ularning miqdoriy va sifatiy tarkibi
d) xizmatlar paketi narxi
e)  vizaviy  qo‘llab-quvvatlash  majburiyati,  hisob-kitob  sharti,  turlarni 
bronlashtirish  va  bekor  qilish,  xizmat  ko‘rsatish,  reklamatsiya  va  boshqa  mavjud 
shartlar bajarilishi uchun javobgarlik. 
3.  Qabul  qilish  bo‘yicha  turoperatorning  xorijiy  tomon  bilan  tur  shartlarini 
kelishib  olishi  va  parallel  ravishda  turistik  xizmat  yetkazib  beruvchilar  bilan  ham 
xizmat ko‘rsatish kelishib olinadi. Shu maqsadda turfirma zarur xizmatlar yetkazib 
beruvchilar bilan tegishli shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalar tuzilayotganda 
yetkazib  beruvchining  barcha  javobgarliklari  bekamu-ko‘st  xizmat  ko‘rsatish, 
xorijiy turistga yetkazilgan zarar, sog‘ligi, hayoti va mulki, daxlsizligi uchun javob 
bo‘lajagi to‘g‘risida kelishib olinadi. 
Qabul  qilish  bo‘yicha  turoperator  ayniqsa  xorijiy  turistlarga  ekskursiya 
xizmati  ko‘rsatish  uchun  gid-tarjimonlarni  taklif  etishda  e’tiborli  bo‘lishi  lozim. 
Gidlar  xorijiy  tilni  yaxshi  bilgan,  ko‘rsatiladigan  ob’ektlar,  mazkur  mamlakat 
hayoti,  tarixi  haqida  mukammal  axborotga,  bilimga  ega  bo‘lishlari  zarur.  Ular 
xorijiy  turistlar  bilan  ishonchli  aloqaga  kirishadigan,  yuksak  madaniyatli,  suhbatda 
yuqori fazilatga ega bo‘lishi kerak. 
4.  Qabul  qilish  bo‘yicha  mazkur  mamlakat  turpoperatori  xorij  bozoriga 
turlarni  sotish  reklama  kompaniyasini  o‘tkazish  boshlanishi  bilan  sotish  ustidan 
nazorat o‘rnatish kerak. Bu maqsadda xorijiy turoperator mazkur mamlakat har bir 
guruh bo‘yicha bronlashtirilgan turning sotilishi (progrecc repot) haqida muntazam 
axborot berishni o‘z zimmasiga oladi. Tomonlar shuningdek har bir bronlashtirilgan 
turistlar uchun vizaviy qo‘llab-quvvatlashni o‘z vaqtida ta’minlashlari lozim.  
5.  Xorijiy  turistlar  yetib  kelishi  arafasida  turoperator  xorijlik  sheriklariga 
avans  to‘lovlari  tushganini  o‘z  vaqtida  tekshirib  ko‘rishga  mashhur.  Bir  vaqtning 
o‘zida korxonani xorijiy turistlarni qabul – qilish va xizmat ko‘rsatishga tayyorligi 
tekshiriladi. Turistlarning mehmonxonaga kelish vaqti, ularning oxirgi soni, bir yoki 
ikki  xonali  nomerlarga  familiyalar  bo‘yicha  bronlashtirish  (rooming  list), 
ovqatlantirish  vaqti,  menyu,  (taomnoma)  avto  transport  berish,  uchrashuv  va 


                      
303 
kuzatuv,  ekskursiya,  muzey,  teatr  va  boshqalarga  bilet  borligi  kabilar  haqidagi 
axborotlar aniqlanadi. 
6.  Yetkazib  beruvchilar  bilan  xizmat  ko‘rsatish  yuzasidan  kelishilgan 
shartlarga  amal  qilinishi  milliy  turoperator  tomonidan  nazoratga  olinishi  ayniqsa 
muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  maqsadda  turfirma  o‘zining  ma’sul  xodimini 
tayinlaydi.  U  xorijiy  turistlarga  qanday  xizmat  ko‘rsatilayotganini  kuzatadi.  Agar 
kamchilik yuz bersa darhol tuzatish va yetkazilgan zararni to‘latishga harakat qiladi. 
Xalqaro  turizmda  qabul  qilingan  adolatlarga  muvofiq  xorijiy  turistlarning 
katta  qismi  xorijiy  turfirmalar  xodimlari  kuzatuvida  (tour  leader)  sayohat  qiladilar. 
Ularning  vazifasiga  xizmat  ko‘rsatish  sifatini  nazorat  qilish  va  turistik  guruh 
a’zolariga  vujudga  kelgan  muammolarni  hal  etishda  yordam  ko‘rsatish  kiradi. 
Shartnoma  shartlari bo‘yicha  turfirmalar  o‘zlarining xorijiy  sheriklari bilan  bunday 
kuzatuvchilarni  bepul  qabul  qilishga  to‘g‘ri  keladi.  Shunga  qaramasdan,  u  xorijiy 
kuzatuvchilar  bilan  hamkorlikdan  manfaatdor  bo‘lishi  kerak,  qaysikim  xorijiy 
turistlar  turfirmalarning  har  qanday  lavozimdagi  shaxsga  nisbatan  ko‘proq 
ishonishadi. 
7.  Xorijiy  turistlar  sayohati  oxirida  turfirma  tursafar  ishtirokchilariga  anketa 
so‘rovlari  o‘tkazishni  tavsiya  etadi.  Javoblar  mazkur  mamlakat  turfirmalariga 
ularning  ishi  sifatiga  ob’ektiv  baho  berish  va  bu  bahodan  o‘zining  kelgusidagi 
turmahsulotlarini  yaxshilashda  foydalanish  imkonini  beradi.  Xorijiy  turistlar 
tomonidan xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda bildirilgan shikoyatlar darhol inobatga 
olinib, tekshirib ko‘riladi va zarur bo‘lsa yetkazilgan zarar to‘lanadi. 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish