O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

www. Travelocity. com. Elektron turistik agentligi  Internet tarmog‘ida 1996 
yil bahorida “Sabre Interactive” va “Worldview Systems” kompaniyalarining say’yi 
–  harakatlari  bilan  paydo  bo‘ldi.  “Travelocity”  agentligi  kompleks  xizmatlar 
tugunidan  birida  oldindan  biletlarga,  otellarga,  avtomobillarga,  kema  sayohatiga, 
turli turistik markazlar haqida axborot berish, sayohat qiluvchilar o‘z taasurotlarini 
baham  ko‘radigan  bo‘limlarga,  shuningdek  turistik  anjomlar  elektron  magazinga 
buyurtmalar berish maqsadida tashkil etildi. Qurilgan qidiruv tizimi, masalan, narx 
bo‘yicha  otel  topish,  joylashgan o‘rni,  ma’lum  tarmoqqa  tegishligi haqida  axborot 
olish  imkonini  beradi.  Ta’kidlash  kerakki,  mazkur  server  kuchli  amerikalashgan: 
otellarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashgan. 
«Travelocity» o‘z serverini saqlash uchun million dollar sarmoya sarflaydi va 
onlayn rejimida biletlar sotish va tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan 
rejalardan  o‘zib  ketgan.  «Travelocity»  daromad  manbalari  bo‘lib  hisoblanadi:  har 
bir  buyurilgan  biletdan  aviakomaniyalar  to‘laydigan  komissionlar:  Internet  orqali 
savdo  firmasi  bilan  oldi-stodi  yakunlangach  olinadigan  to‘lovlar;  Serverda 
joylashtirilgan reklama e’lonlardan tushumlar. 


                      
275 
Uch  asosiy  reklama  beruvchilar  –  “Avis”,  “Hiltoh  Hotels”  va  “American” 
bilan  shartonomadan  tashqari,  serverning  manzillar  axboroti  sahifasida  reklama 
e’lonlarni “DoubleCli” tarmog‘ida joylashtirish yuzasidan kompaniyalar bilan bitim 
imzolangan. “Sabe ineractive” ning ham, “Worldviw Systems” ning ham biletlarni 
buyurishning  interfaol  shakli  qulayligiga  ishonchlari  komil.  “Flidhijindep”  serveri 
bo‘limidan  foydalanib  mijoz  sayohatning  boshlang‘ich  va  oxiri  sanasi,  jo‘nash  va 
kelish  punkt  kabi  axborotlarga  kiritiladi.  Bunda  u  qaysi  aviakompaniyani  ma’qul 
ko‘radi  va  bir  qator  parametrlarga  ega  bo‘ladi,  masalan,  biletning  narxi  yoki 
qunuvsiz reysni  bilib oladi. 
Foydalanuvchi  o‘zining  Web  –  sayti  yordamida  tegishli  so‘rovni  tuzadi.  U 
gipermaten  shaklida  (Hypertext  Markup  Language  -  HTML)  biletlarni 
rezervlashtirish onlayn Web –serverga kelib tushadi. Keyingi “Webtorce Challenge” 
kompaniyasining qudratli serveri “Silicon Graphies” hisoblanadi. Unga “Commerce 
Sorver”  firmasining  “Netscape  Communications”  dastur  ta’minoti  o‘rnatilgan. 
Server  “Sabre  Interactive”  kompaniyasining  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  markazi 
(Talsa, Oklaxoma) maxsus jihozlangan yer to‘la binosida joylashgan. Buyurtma bu 
yerda  transaksiya  menejeri,  so‘rovlar  menejeri  tomonidan  sinchiklab  qayta  
ishlanadi, ishlar seansi va holati monitorlarda kuzatiladi. Shuningdek mijoz ehtiyoji 
haqida  yig‘ilgan  ma’lumotlar  klassifikatsiyalanadi  va  ma’lumotlar  bazasida 
registratsiya  qilinadi.  Bu  barcha  dastur  komponentlar  kompaniyaning  o‘zi 
tomonidan  yaratilgan  va  so‘rovlar  xulosa  chiqarishga  xizmat  qiladi.  Serverga  har 
kunga  tashrif,  jumladan,  o‘ziga  xos  inter  «Oskari»  -  Webby  Award  1999  yilda 
yo‘lga  qo‘yilgan.  Sayt  provayderi  dunyodagi  yirik  turstik  konsernlardan  biri 
“Rosenbluth  lnternational”  hisoblanadi.  Ushbu  sayt  yordamida  ish  doirasidagi 
safarlar  (jumladan,  kongressli  turlar)  bronlashtiriladi,  uchrashuvlar  rejalashtiriladi, 
axborotlar  (shahar,  otellar,  retoranlar,  ob-havo  va  boshq.)  olinadi.  Saytda  ishlash 
albatta ruyxatdan o‘tishni talab qiladi. 
Irlandiya  “Gulliver”  tizimi  turizm  bo‘yicha  Irlandiya  Kengashi  va  turizm 
bo‘yicha Shimoliy Irlandiya qo‘shma korxonasi sifatida 1992 yilda tashkil etilgan. 
U global SAYTga birinchi misollardan biri bo‘ldi. 
Dastlab  faoliyat  boshlaganida  u  ham  operativlik,  ham  texnik  harakterdagi 
jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Asosiy muammo real vaqt rejimida operatsiyalar 
va  aloqa  liniyasi  ijara  narxining  yuqoriligi  edi.  Aviakompaniyalar  bronlashtirish 
sistemasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanallar orqali aloqa o‘rnatish boshlang‘ich rejada 
ko‘zda tutilmagandi. Tizim orqali oldi-sotdi hajmi va qiymati ko‘ngildagidan uzoq 
edi. 
Tizimidan  tijoriy  foydalanishga  o‘tilishi,  1997  yilda  irland  bozori 
strategiyasini  glob  tizimining  yuqori  narxlari  rasman  tanqidiy  qarab  chiqildi.  1997 
yilda  tizimilarni  muvaffaqiyatli  xususiylashtirilishi  xususiy  sektor  va  davlat 
o‘rtasida munosabatlarni o‘zgartirib, tizimda taqdim qilingan takliflarda muammolar 
paydo qilgan bo‘lsada olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. 
Hozirgi paytda “Gulliver” tizimi tijoriy korxona hisoblanadi. Asosiy aksiyalar 
egasi  yirik  irland  moliya  kompaniyasidir.  Bunda  turizm  bo‘yicha  Irlandiya 
Kengashi va turizm bo‘yicha Shimoliy Irlandiya Kengashi birgalikda 26 % aksiyaga 
egalik qilayapti. “Gulliver” tizimi barcha ma’lumotlar bazasi ana shu tilga olingan 


                      
276 
kengashlarda  joylashgan.  «“Gulliver”»  tizimi  –  ma’lumotlar  bazasi  barcha  irland 
turistik  mahsulotlari  uchundir.  Bundan  tashqari  u  bosh  aksioner  turistik 
bronlashtirish markazi faoliyatini kengaytirishni ta’minlaydi. Bu markaz mijozlarga 
asosan bepul aloqa kanallarini, qo‘shimcha turistik axborotlar olish va xizmatlarni 
bronlashtirish imkonini taqdim etadi. 
“Gulliver”  tizimi  yana  bir  necha  sohalarda  qo‘llanilmoqda.  Undan  butun 
Irlandiya  bo‘yicha  turistik  axborotlar  byurolari  foydalanmoqda,  u  spravochnik 
kioskalar  uchun  axborot  manbai  hisoblanadi,  1998  yildan  boshlab  esa  turizm 
bo‘yicha Irlandiya  Kengashining Web – sayti firmenini tashkil qiladi. Uzoq yillar 
davomida  turistik  bozor  Irlandiyaning  har  ikala  qismida  ham  siyosiy  omillar  katta 
bosimi ostida bo‘ldi. Tarixan u sezilarli darajada etnik turizmga bog‘liq edi. Ya’ni, 
tanish-bilish,  qarindosh-urug‘larnikiga  borish,  qisqa  yozgi  turistik  mavsumda  esa 
joylashish muammolarni keltirib chiqaradi. Vaziyat o‘zgardi, Dublin ham yil bo‘yi 
turistik markazlarga aylandi, qisqa muddatli tashriflar uchun mashhur bo‘lib ketdi. 
Irlandiya  turistik  bozori  uchun  kooperativ  marketing  guruhlariga  birlashgan 
juda  ko‘p  mayda  joylashish  yetkazib  beruvchilar  xosdir.  “Gulliver”  tizimi  paydo 
bo‘lgan  paytdan  boshlab,  Irlandiyada  turistik  industriya  barcha  sohalarida 
bronlashtirish  va  axborotlarni  taqsimlashning  bosh  kanali  bo‘lishi  lozim  edi. 
Birinchi  navbatdagi  vazifa  turistik  yo‘nalishidagi  global  axborot  tizimini  yaratish 
edi.  U  Irlandiyada  joylashtirish  barcha  vositalari  uchun  onlayn  rejimida 
bronlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish, avjni mavsum paytida joylashtirish vositalari 
yetishmasligi muammolarini hal etish va marketing faoliyatini ta’minlash maqsadini 
ko‘zlagandi. 
Yevropa Ittifoqi (YEI) doirasida bir necha tegishli dasturlar moliyalashtirildi, 
ayniqsa Irlandiya va Buyukbritaniya qo‘shma chora-tadbirlari rag‘batlantirildi. 
Bugungi  kunda  “Gulliver”  tizimi  butun  irland  turistik  mahsulotlari  milliy 
ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Misol uchun, u o‘ziga Irlandiyada mehmonxonalar 
barcha  provayderlari  va  boshqa  joylashishi  ma’lumotlarini  qamrab  olgan.  Ular 
ko‘ngilli  ravishda  turizm  bo‘yicha  Irlandiya  soveti  keng  klassifikatsion  resstrida 
qayd  qilingan.  Bu  baza  ma’lumotlari  asosini  “Gulliver”  ning  dunyoda  eng 
zamonaviylardan  biri  hisoblangan  Web  –  sayti  tashkil  qiladi.  Bundan  tashqari, 
“Gulliver”  tizimi  turistik  axborotlar  byurosi  (Irland  regional  turistik  tashkilotiga 
qarashli) va Irlandiyaning g‘arbida joylashgan bosh aksionerning markaziy idorasi, 
“Gulliver”ning  bronlashtirish  markazi  orqali  bronlashtirish  xizmatlari  va  axborot 
taqdim  etish  bo‘yicha  tijoriy  xizmat  hisoblanadi.  Bu  xizmat  haftasiga  yetti  kun 
ishlaydi va deyarli barcha bozorlar bilan bepul telefon aloqasiga ega. 
“Gulliver” ma’lumotlar bazasiga kiritilgan korxonalar yillik vznos to‘laydilar. 
Yana 10 % bosh xususiy aksioner foydasiga (agar bronlash bronlashtirish Markazi 
orqali  amalga  oshirilgan  bo‘lsa)  yoki  turistik  axborotlar  Byurosi  foydasiga  (agar 
bronlash  u  orqali  bajarilsa)  undiriladi.  Mijozlar  tomonidan  bronlashtirish  Markazi 
orqali  amalga  oshirilgan  har  bir  bronlashdan  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  qo‘shimcha 
belgilangan to‘lov olinadi. Joylashtirish haqida axborot tizimi orqali bronlash uchun 
maxsus  ajratilgan  nomerlar  bazasida  yoki  individual  so‘rov  bo‘yicha  beriladi. 
Avtomatik  bronlashtirish  faqat  maxsus  ajratilgan  nomerlar  bazasida  amalga 
oshiriladi.  Xususiy  ega  –  tizimi  operatori  uning  funksiyasi  kengayishi  va  umumiy 


                      
277 
ishga  doir  rejalashtirish  uchun  ma’sul.  Misol  uchun,  u  Irland  mehmonxonalar 
federatsiyasi  kabi  turli  tashkilotlar  bilan  foydalanuvchilar  birlashmasini  tuzgan 
maqsad-tizimi  taraqqiyot  rejalari  mehmonxona  industriyasi  manfaatlariga  javob 
berishi kerak. 
Milliy  turistik  tashkilot  nuqtai  nazaridan  “Gulliver”  tizim  vazifasi  (jahon 
bozorida irland turistik mahsulotlarini samarali elektron taqdimoti) o‘zgargan emas, 
lekin  tizimdan  tijoriy  foydalanishga  o‘tish,  qabul  qilingan  qarorlar  mexanizmiga 
ta’sir  etdi.  Amal  qilib  kelayotgan  yillari  davomida  “Gulliver”  tizimi  uzoq  yo‘lni 
bosib  o‘tdi  va  unga  salmoqli  mablag‘  sarflanadi.  Faqat  xususiylashtirilgandan 
keyingina  Web  –  sayt  va  bronlashtirish  tizimi  Markazini  yaratish  jahon  turistik 
bozorida  real  kattalikdagi  ish  bo‘ldi.  Ko‘rsatilganidek,  bu  an’anaviy  taqsimlash 
kanallari  tartibini  buzish  deb  hisoblangan  bahslarga  olib  keldi.  Tizimning  kelajagi 
haqida bir narsa deyish qiyin. U bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf 
etish  bilan  birga  turistik  va  moliviy  oqimlarni  taqsimlab  olishgacha  bo‘lgan 
muammolarni hal etilishiga bog‘liq. 
Axborot  texnolgiyalarining  ertangi  kuniga  keladigan  bo‘lsak,  hozirdanoq 
«klassik»ka qaraganda qiziqroq variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda VAA 
–  texnologiya  degan vosita intensiv  rivojlanayapti.  U  mobil  telefonlardan  elektron 
tijorat  uchun  foydalanish  imkonini  beradi.  “Gulliver  ANVHRE”  tizimi  xuddi 
shunday.  Uning  sharofati  bilan  Internet  hamisha  mijozning  «cho‘ntagida  turadi». 
Mobil telefoni bo‘lganda iste’molchi oldin qilingan bronlashni ko‘rishi, o‘zgartirishi 
yoki bekor qilishi mumkin. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish